Xalqaro voqealar

ENG QIMMATBAHO KITOB
27 Yanvar 2012 22:48
XIX asr vakili amerikalik naturalist va rassom Jon Jeyms Odyubonga tegishli «Amerika qushlari» nomli kitobning birinchi nusxasi Chritie’s kim-oshdi savdosida 7,9 million AQSh dollariga sotildi. Auksion uyi uni «dunyodagi eng qimmatbaho kitob» sifatida xaridorlarga tanishtirdi. Bu haqida RIA Novosti axborot agentligi xabar berdi.
to`liq
21 marta o`qilgan
SARATONNI KELTIRIB CHIQARADI
18 Yanvar 2012 19:41
Go‘sht mahsulotlarini sevib iste’mol qiluvchilar sog‘lig‘i haqida jiddiy qayg‘uradigan vaqt keldi, shekilli. Shved olimlarining aniqlashicha, muntazam tanovul qilingan birgina sosiska yoki ikki tilim dudlangan cho‘chqa go‘shti oshqozon osti bezi saratonini keltirib chiqarish uchun yetarli ekan. Hatto kam miqdorda texnologik qayta ishlangan go‘sht mahsuloti ham «sokin o‘lim» deya atalmish o‘ta og‘ir kasallikka duchor etishi mumkin.
to`liq
37 marta o`qilgan
EGASIZ 20 KILOGRAMM OLTIN
12 Yanvar 2012 20:55
Frantsiya politsiyasi Parij shahridagi elek­tropoezdlardan birida topib olingan jomadon egasini qidirmoqda. Gap shundaki, poezd vagonlarini ko‘zdan kechirayotgan politsiya xodimi g‘isht shaklidagi 20 kilogramm oltin quymalari joylashtirilgan jomadonga duch kelgan.
to`liq
43 marta o`qilgan
“SUN’IY AQL” VA RUHIYAT
12 Yanvar 2012 20:52
Odatda, aqlli kishilarga nisbatan “kallasi kompyuter” degan iborani ishlatamiz. Ayniqsa, “a’lo” baholarga o‘qiydigan o‘quvchi, talabalar teng­qurlari o‘rtasida shunday nom qozonadi. Biz ta’lim olgan dargohda kursdoshimiz Alisherga nisbatan shu ibora qo‘llanilardi. Uning bir necha tillarni bilishi, fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi barchaning havasini keltirardi.
to`liq
45 marta o`qilgan
25 DOLLARGA KOMPYUTYER
12 Yanvar 2012 20:49
2012 yil arzon kompyuterlar davri sifati tarixdan joy oladi, shekilli. Kompyuter texnologiyalari narxi pasayib borayotgani barchaga ma’lum, ammo shunday bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib 25-35 AQSh dollariga yangi kompyuter sotib olishni xayolimizga ham keltirmaganmiz.
to`liq
38 marta o`qilgan
IKKI BOSHLI BOLA
28 Dekabr 2011 20:26
Braziliyada ikki boshli bola dunyoga keldi. 25 yoshli Mariya-de-Nazare ko‘zi yorishidan bir necha soat oldin ultratovush tekshiruvidan o‘tgach, tug‘ilajak farzandining noraso ekanidan xabar topdi. Shunday bo‘lsa-da, ona go‘dakni saqlab qolishga qaror qildi.
to`liq
67 marta o`qilgan
OSMONDA OSILGAN OFAT
21 Dekabr 2011 19:24
Al Farg`oniy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug`bek, Navoiy, Nodira, Uvaysiy... Bu ulug` nomlar qatoriga yana ikki bor Samarqand nomini ham tirkab qo`yish mumkin. Mazkur ketma-ketlikdan mantiq axtarishga shoshilmang. Agar niyatingiz sarhadlari zaminga tutash bo`lsa, suvsiz quduqqa chelak tashlagan bo`lib chiqasiz. Chunki yuqorida zikr etilgan nomlarni  cheksiz fazo birlashtiradi, xolos.
to`liq
79 marta o`qilgan
TO‘FON FILIPPINGA KATTA TALAFOT YETKAZDI
21 Dekabr 2011 19:19
Bir necha kun davom etgan va shiddatli yomg‘ir hamda suv toshqinlarini keltirib chiqargan «Uoshi» nomli tropik to‘fon Filippinning janubiy orollariga katta talafot yetkazdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat natijasida qurbon bo‘lganlar soni mingga yaqinlashib qoldi, 49 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan.
to`liq
63 marta o`qilgan
YERNING EGIZAGI TOPILDI
09 Dekabr 2011 19:53
Chet el ommaviy axborot vositalari amerikalik olimlar Yerga o‘xshash yangi sayyorani kashf etishgani haqida xabar tarqatdi. Sayyora uni izlab topishda qo‘l kelgan «Kepler-22b» teleskopi nomi bilan ataldi. Yerga qaraganda ikki yarim barobar katta bo‘lgan mazkur sayyora o‘z Quyoshiga ega ekan.
to`liq
82 marta o`qilgan
“Ta’m kuchaytirgich” mo‘‘jizaviy qo‘shimchami?
01 Dekabr 2011 17:24
To‘kin-sochinlik sharoitida yashayapmiz. Bozoru do‘konlar noz-ne’matga to‘la. Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining turi ko‘p. Kafe, restoran, choyxonalarning soni ham, tarmog‘i ham tobora kengayib bormoqda. Ularda turi milliy taomlar tayyorlanayotgani kishini xursand qiladi.
to`liq
74 marta o`qilgan
NOYOB TOPILMALAR
01 Dekabr 2011 17:21
«Interfaks» tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyaning Tobol daryosi tubida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida ko‘plab qadimgi hayvonlar suyaklari topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, g‘ovvoslar suv tubidan bir necha yuz kilogramm mamont, bizon, ot va boshqa hayvonlarning suyaklarini olib chiqishgan.
to`liq
75 marta o`qilgan
HOLIGA MAYMUNLAR YIG‘LADI
23 Noyabr 2011 22:23
Braziliya­lik Joao Leyte dos Santosning holiga maymunlar yig‘ladi. Gap shundaki, u hayvonot bog‘idagi maymunlarning jig‘iga tegdi. Natijada qo‘lining bilak va panja qismlaridan jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Voqea kuppa-kunduzi, hayvonot bog‘i odamlar bilan gavjum paytda sodir bo‘ldi.
to`liq
85 marta o`qilgan
QUYOSH DOG‘LARI»NING TA’SIRI
10 Noyabr 2011 12:47
«Pulsar» portalida xabar qilinishicha, quyoshdagi kuchli portlash oqibatida yuzaga kelgan va «quyosh dog‘lari» deya nom olgan ulkan jismlarning yaqin kunlarda Yer sayyorasi tomon yopirilish ehtimoli bor. Buning oqibatida sayyoramizda kuchli magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin.
to`liq
101 marta o`qilgan
QULUPNAY AROQXO‘RLAR JONIGA ORO KIRADI
03 Noyabr 2011 18:39
So‘nggi yillarda olimlarning izlanishlari natijasida tibbiyot sohasida insoniyat uchun foydali bo‘lgan yangiliklar hayotga tatbiq etildi. Yaqinda Italiya, Serbiya va ispaniyalik olimlar qulupnay alkogol iste’mol qilish natijasida oshqozon shilliq pardasiga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytiradi, degan hulosaga kelishdi.
to`liq
90 marta o`qilgan
YETTI MILLIARDINCHI INSON SAFGA QO‘SHILDI
03 Noyabr 2011 18:37
Nihoyat, dunyo ahli yetti milliardinchi inson qayerda tug‘ilar ekan, degan savolga javob izlab turgan bir paytda uning Rossiyada dunyoga kelgani haqida xabar tarqaldi. Sababi BMTning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, aynan 31 oktabr kuni sayyoramiz aholisi rasman yetti milliard kishiga yetishi kutilayotgandi. Albatta, bularning barchasi nisbiy xarakterga ega.
to`liq
102 marta o`qilgan
ZILZILA: OLAM TASHVISHI
26 Oktabr 2011 14:04
11 mart — Yaponiya, 20 iyul — O‘zbekiston, Qirg‘iziston, 23 avgust — Sumatra oroli, 18 sentyabr — Hindiston, 14 oktyabr — Rossiya, 19 oktyabr — Eron, Sharqiy Timor, 20 oktyabr — Qirg‘izis­ton, 21 oktyabr — AQSh, Yaponiya, Argentina, 23 oktyabr — Turkiya...
Sezib turganingizdek, bu birgina joriy yilning o‘zida yer yuzining turli hududlarida sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishlarning eng qisqartirilgan ko‘rinishi. Agar zaminning har bir  tebranishi Rixter shkalasi bo‘yicha qayd etib borilsa, 365 kunda mingdan, yiriklari esa yuzdan oshsa kerak.
to`liq
118 marta o`qilgan
QALLOBLARNING NIQOBI YIRTILDI
26 Oktabr 2011 13:56
Jinoyatchilar AQShning avvalgi prezidenti Jorj Bush qiyofasidagi niqob ostida Sietl shahridagi bankka hujum uyushtirishdi. Voqea Washington Federal moliya idorasi bo‘limlaridan birida sodir etildi. Politsiya xodimi bergan ma’lumotlarga qaraganda, qurollangan ikki yosh yigit bank binosiga bostirib kirib, xodimdan pul talab qilgan. Jinoyatchilar talabi qondirilgach, «Bushlar» voqea joyidan qochib, berkinishgan. Yetkazilgan zarar miqdori hozircha sir saqlanmoqda. O‘g‘rilar esa hali ham qidiruvda.
to`liq
97 marta o`qilgan
ENG OMMABOP MAHSULOT
12 Oktabr 2011 17:00
Butun dunyo ahliga tanilib, muallifiga bir tiyin ham foyda keltirmagan ixtirolardan biri amerikalik Jon Stis Pembertonga tegishli. U 1886 yilning 8 mayida Atlanta shahrining Mariet ko‘chasida joylashgan uyining orqa hovlisida o‘zi yaratgan bosh og‘rig‘i tushkunlik va vasvasani daf etuvchi yangi ichimlikdan tatib ko‘radi. Mis qozonchada qaynatib tayyorlangan qo‘ng‘ir sirop Pembertonga yoqib qoladi. Ana shu oddiygina ichimlik bugun barchaning chanqog‘ini qondirayotgan «Coca-Cola» edi.
to`liq
135 marta o`qilgan
VENERADA OZON QATLAMI TOPILDI
12 Oktabr 2011 16:33
(«Isarus» jurnali)
Olimlar «Venus Express» apparati yordamida Venerada ozon qatlami borligini aniqlashdi. Bungacha esa ushbu qatlam Yer sayyorasidan tashqari Marsda ham kuzatilgan edi. «Icarus» jurnalida shu haqda maqola chop etilgan.
to`liq
123 marta o`qilgan
Ziddiyat avj olmoqda
07 Oktabr 2011 15:45
Zerkalo.az», Ozarbayjon)
Yevropa Ittifoqi Rossiya orqali yetkazib beriladigan Ozarbayjon va Turkmaniston gazini qo‘lga kiritishning uddasidan chiqolmayapti. Shu bois, YEI Rossiyaga energiya ta’minoti yuzasidan tobe bo‘lib qolish ehtimoli kuchaymoqda.
Energetika masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Gyunter Ottinger bugungi kunda Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar har yili 500 milliard kubometr gaz iste’mol qilishi va bu ko‘rsatkich 600 milliard kubometrga ortishi bashorat qilinayotgani haqida ma’lumot berdi.
to`liq
116 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM