Muammo va tanqid

HIKOYA VA BADIIY PUBLISISTIKANING CHEGARASI QAYERDA?
27 Yanvar 2012 22:54
Barcha yozuvchilar avvalgi salaflari yaratgan an’analarni ko‘p jihatdan yangilab, fikrlar, hislar tasvirini tamoman o‘zgacha usulda ifodalashadi. Asarlari uslubiga ko‘ra yangiligi, tilining o‘ziga xosligi, qahramonlar xarakterining yorqinligi bilan nom qozona olganlargina e’tirofga sazovor bo‘ladi. Shu tarzda ular adabiyot deb atalmish ulug‘ makondan muqim joy oladi.
to`liq
30 marta o`qilgan
BESHIK TO‘YI
12 Yanvar 2012 21:16
— Otangga ayt, beshik to‘yi qilsin!
Qaynonasining kutilmagan iddaosidan Zamira kalovlanib qoldi.
— Axir... — deb og‘iz juftlagandi, qaynonasi bobillab berdi.
— Mendayam orzu-havas bor. Bugun bor  bo‘lsam, ertaga... Salima opadan qayerim kam, udli-shudli to‘rt o‘g‘lim bor...
to`liq
36 marta o`qilgan
MULTFILMLAR KIMLAR UCHUN?
04 Yanvar 2012 21:51
«Oynai jahon»da multfilm namo­yish etilmoqda. Lekin uning tomoshabini – kichkintoy boshqa mashg‘u­lot bilan band-u, kattalar esa multfilmni qiziqib tomosha qilishmoqda. Nega shunday? Chunki bugungi multfilmlarning aksariyati go‘yo kattalar uchun yaratilayotganday.
Darhaqiqat, multfilmlar kimlar uchun yaratiladi? Bugun ularni kimlar tomosha qilmoqda? O‘nlab telekanallarda namo­yish etilayotgan multfilmlarni ko‘rar ekanmiz, miyamizda shunday savollar charx uraveradi.
to`liq
51 marta o`qilgan
KITOBLARGA DO‘KON BO‘LSA...
04 Yanvar 2012 21:49
Ulug‘larning nomi hamisha e’zozda. Buyuk bobokalonimiz, o‘zbek she’riyatining sultoni Alisher Navoiy hazratlarining mangu so‘nmas ijodi butun ellarni, dilxush ko‘ngillarni zabt etgan. Ul zotning muborak nomlari bilan ataluvchi shoh ko‘cha poytaxt Toshkentga zeb berib turibdi. Yaqinda bu ko‘chada Yurtboshimizning sa’y-harakatlari bilan shunday bir koshona — “Ma’rifat markazi” qad rostladiki, bunday go‘zal binoning yaqin va uzoq mamlakatlarda tengi yo‘q.
to`liq
39 marta o`qilgan
YETISHMAYOTGAN “TO‘RT DAQIQA”
04 Yanvar 2012 21:05
Ikki ko‘p tarmoqli xususiy firmaning ish boshqaruvchilari shartnoma tuzish uchun uchrashuv belgilashdi. Telefon orqali kelishuvga ko‘ra, ular idorada emas, belgilangan ob’ektga borib ko‘rishadigan bo‘ldilar. Aytilgan vaqtdan bir daqiqa ham kechikmay kelgan birinchi ishbilarmon sherigini roppa-rosa o‘n daqiqa kutdi.
to`liq
40 marta o`qilgan
IFODALASH HAM G‘ALABALARGA MOS BO‘LSA...
21 Dekabr 2011 19:33
Yurtimizda barcha sohalar qatori sportning jadal rivojlanayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Ayniqsa,  nufuzli xalqaro musobaqalarda o‘z qobiliyati va salohiyatini  namoyish etib, millatimiz g‘ururi va sha’nini munosib himoya qilayotgan sportchilarning soni kundan-kunga ko‘payib borayotgani quvonarlidir.
to`liq
51 marta o`qilgan
G‘IYBAT HAQIDA “G‘IYBAT”LASHAMIZ
21 Dekabr 2011 19:30
Ko‘pincha qulog‘imizga chalinib qoladigan g‘iybatomuz gaplarga e’tibor qilmaymiz. Aslida e’tiroz bildirgimiz keladi. Ammo og‘iz ko‘pirtirayotgan o‘sha odamga razm solib, bundaylarga pand-nasihatlar kor qilmasligiga amin bo‘lamiz. G‘iybat insonga xos bo‘lmagan illat sifatida azaldan qoralangan.
to`liq
51 marta o`qilgan
SO‘ZNING OHORI TO‘KILMASIN
09 Dekabr 2011 20:03
Bayram bahona bir tibbiyot muassasasiga taklif qilindik. Ijod mahsuli o‘rtamiyonaroq bo‘lgan shoir ham bizga hamroh bo‘ldi. Bir payt davrani olib borayotgan shifokor ayol:
— Endi so‘z Andijon shahrining buyuk shoiri ...ga! — deb qolsa bo‘ladimi?!
to`liq
76 marta o`qilgan
TOMOSHA “QOLDIRILDI”!
01 Dekabr 2011 18:33
Xonadonimizdagi televizor mabodo buzilib qolgudek bo‘lsa, o‘zimizni qo‘yarga joy topolmay qolamiz. Ayniqsa, sifati kafolatlanmagan televizorlarni sotib olganlar bu holga ko‘p tushishadi. Chunki, ko‘pchilik televizor xarid qilayotganda arzon narxga uchadi-yu, uning sifatiga kafolat beruvchi tegishli hujjatlari bilan qiziqib ko‘rmaydi. to`liq
93 marta o`qilgan
QOG‘OZBOZLIKMI, E’TIBORSIZLIK?
10 Noyabr 2011 11:38
Hurmatli tahririyat xodimlari! Yoshim 75 da. Nafaqadaman. Vaqtim bemalol bo‘lgani bois shaharni tomosha qilib yurishni yaxshi ko‘raman. Poytaxtimiz ko‘chalari, xiyobonlari kundan-kunga go‘zallashib borayotganini ko‘rib quvonaman. Ammo hayotimizda ba’zi-ba’zida ko‘ngilni xira qiladigan voqealar ham uchrab turadi.
to`liq
104 marta o`qilgan
BAYONOTLAR BILAN AMALIY ISHLAR
03 Noyabr 2011 19:59
BIR-BIRIGA ZID KELGANDA
“Xovar” agentligi 2011 yil 26 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi hukumatining Rog‘un GESi qurilishidagi ishlarning borishiga oid rasmiy bayonotini e’lon qildi.
to`liq
108 marta o`qilgan
KASB MADANIYATI
03 Noyabr 2011 19:10
Xizmat taqozosi bilan turli joylarga borishimizga, turfa tabiatli, har xil kasb egalari bilan muloqotda bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi. Ularning fikr-mulohazalarini tinglaganingizda, biz — jurnalistlarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni ko‘rib xursand bo‘lasan kishi.
to`liq
107 marta o`qilgan
«HAYOT» DEGAN SO‘ZDA HAM HAYO BOR
26 Oktabr 2011 20:03
«Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi, ismingiz nima?», «Kechirasiz, nofeletingiz bormi?». Bu kabi hazilomuz murojaatlarni ko‘cha-ko‘yda ko‘p eshitamiz. Tabiiyki, yigitlarning bunday qochirimlariga javoban qizlar uyalganidan yerga qarashadi. Ammo yaqinda o‘g‘il bolalarga gap «otadigan» qizlar ham borligiga guvoh bo‘lib, yoqamni ushladim.
to`liq
120 marta o`qilgan
O’YNAB GAPIRSANG HAM O’YLAB YOZ
12 Oktabr 2011 16:39
O‘zbek tilining davlat tili maqomiga ko‘tarilishi ona tilimizning ijtimoiy hayotdagi qo‘llanish doirasini keskin darajada kengaytirdi: mahalladan tortib Oliy Majlis yig‘ilishlarigacha davlat tilida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Radioeshittirishlar, teleko‘rsatuvlarning deyarli hammasi davlat tilida olib borilmoqda, gazeta va jurnallarning aksariyati o‘zbek tilida chop etilayotir. Eng muhimi, davlat tili haqidagi qonun bizga o‘zligimizni to‘la anglash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
to`liq
127 marta o`qilgan
JINOYATCHILIK PSIXOLOGIYASI
12 Oktabr 2011 16:29
yoki korrupsionerlar qanday paydo bo‘ladi?
Har qanday jinoyatga qarshi kurashda uni sodir etganlarning shaxsini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Kriminologiyada jinoyatchi shaxsi ikki aspektda – ijtimoiy munosabatlar va ta’sirlar ob’ekti hamda maqsadga yo‘naltirilgan, takrorlanuvchi faol fao­liyat sub’ekti sifatida o‘rganiladi.
to`liq
140 marta o`qilgan
TANQIDIY MAQOLA GAZETADA BOSILMADI, AMMO...
07 Oktabr 2011 17:31
Farg‘ona viloyati Quva tumani Qoraqum mahallasida yashovchi Xolmatovlar oilasi avtotransport oldi-sotdisi yuzasidan besh yil avval qilingan nohaqlik qurboniga aylangani, muammoni hal etishda chorasiz qolishgani xususida bundan ikki oy muqaddam tahririyatimizdan yordam so‘rab murojaat qilgan edi. O‘sha paytning o‘zida muammo nega o‘z vaqtida hal etilmaganini bilish, masalaga oydinlik kiritishni so‘rab, Farg‘ona viloyati IIB YHXB rahbariyatiga xat jo‘natildi
to`liq
116 marta o`qilgan
MANQURT
07 Oktabr 2011 15:42
Iymonning asosi sabr va shukurdir, deb bayon qilingan muqaddas kitoblarimizda. Biroq jinoyat ko‘chasidan yurib, terrorchilik, qotillik, qo‘poruvchilik, tovlamachilik, qalloblik kabi jirkanch ishlar bilan shug‘ullanib kelgan bu notavon kimsalarda iymon ne qilsin? Demakki, qanoat ham, shukronalik ham ular uchun begona edi. Vaholanki, ayni damda odil sud hukmiga shay turgan bu oltovlon bir paytlar tilda Olloh nomini zikr etgan holda islom dinini niqob qilib sajdaga bosh qo‘ysalar-da, har bir razillik uchun u dunyoyu bu dunyoda qat’iy jazo muqarrarligini bilish­masmidi?
to`liq
118 marta o`qilgan
RUHIYATGA TUSHGAN RAXNA
28 Sentabr 2011 21:32
Xavfsizlik va ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikka rahna soluvchi illatlardan bo‘lgan odam savdosi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Har yili dunyoda taxminan 3 millionga yaqin kishi odam savdosi qurboniga aylanadi, ushbu jinoyat orqali olinayotgan yillik noqonuniy daromad esa 10 milliard AQSH dollaridan oshib ketadi. Afsuslanarlisi shundaki, odam savdosidan jabrlanganlarning aksariyat qismini ayollar va voyaga yetmagan shaxslar tashkil etmoqda.
to`liq
134 marta o`qilgan
DAFTAR O‘QUVCHIGA MOS BO‘LSA...
22 Sentabr 2011 18:35
Yurtimizda biz, yoshlarga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bundan unumli foydalanishimiz, a’lo o‘qishimiz, yaxshi xulq­li bo‘lishimiz, ongimiz va tafakkurimizni boyitmog‘imiz, mus­taqil, ozod Vatanga sodiq farzand bo‘lib voyaga yetmog‘imiz kerak. Maktabda a’lo baholarga o‘qish esa darsliklarimiz, daftar va bosh­qa o‘quv qurollarimiz bilan chambarchas bog‘liq. Biroq...
to`liq
143 marta o`qilgan
AXBOROT OQIMI, OGOHLIK ZAMONI
17 Sentabr 2011 15:15
Hozirgi davrda inson ma’naviyatiga qarshi qaratilgan turli xavf-xatarlarning ma’no-mohiyati, ularning salbiy ta’sir darajasi, vayronkorlik ko‘lamini anglab yetish va shu asosda doimiy kurashga tayyor turish uchun qanday bilim va tajribalarga, zarur fazilatlarga ega bo‘lish lozimligini bilib olishdan avval, birinchi navbatda, bugun biz yashayotgan zamon haqida, uning asosiy ustuvor xususiyatlari xususida yetarlicha tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘lishimiz darkor.
to`liq
180 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM