UYQUDAGI GO‘ZALLAR MEHMONI
27 Yanvar 2012 22:41
O‘lim haqida ko‘p o‘ylash o‘limga eltadi, deydilar. Ajab, chindan ham shundaymi?! Lekin nima bo‘lganida ham bu sinoatli dunyoda hammaning taqdiri har xil intiho topadi. ...1899 yilning 11 iyunida yapon oilalaridan birida Yasunari ismli chaqaloq dunyoga keldi. U o‘zining ikki yoshga kirishini otasining o‘limi bilan qarshiladi. to`liq
20 marta o`qilgan
|
MITTI GIYOH MO‘‘JIZASI
18 Yanvar 2012 19:48
So‘nggi paytlarda quloqlarim ostida o‘z-o‘zidan g‘alati ovoz eshitiladigan bo‘lib qoldi. U hech kutilmagan damda jaranglaydi. Atrofimga alanglab, diqqat bilan tinglayman: ovoz bor, ammo hech kimni ko‘rmayman. O‘zimga tanishday tuyuladi bu sas, biroq eslolmayman. Bu sado kimdan, qayoqdan kelyapti, deya hayron bo‘laman. to`liq
27 marta o`qilgan
|
MILLIY MULTFILMLAR BOLALAR UCHUN
12 Yanvar 2012 22:13
Gazetamizning 2012 yil birinchi sonida chop etilgan muallif Vosit Ahmatxonovning «Multfilmlar kimlar uchun?» maqolasi gazetxonlar, xususan, multfilm ijodkorlari e’tiborini tortganidan mamnunmiz. Zotan, haqiqat jamoli bahs va munozaralar ko‘zgusidagina yorqinroq namoyon bo‘ladi. to`liq
33 marta o`qilgan
|
XAYOL KEMASIDA KEZAR YOLG‘IZ OY...
12 Yanvar 2012 20:59
Uni ilk bor adabiyot kitobimdagi surati orqali taniganman. Ma’nodor yirik-yirik ko‘zlariyu do‘ppisi tagidan chiqib turgan jingalak sochlari rahmatli bobomni eslatar edi. Oybekning nigohi boshqa adiblarning qarashlariga sirayam o‘xshamasligini o‘sha damlarda anglayolmagan bo‘lsam-da, nimagadir ko‘nglimga o‘tirishib qoldi. to`liq
30 marta o`qilgan
|
MARKESNING IQRORLARI
04 Yanvar 2012 21:09
Yozuvchining hayoti, dunyoqarashi, ijodiy laboratoriyasi hamisha o‘quvchilarni qiziqtirib kelgan. Ayniqsa, adabiyot ixlosmandlari o‘zlarining sevimli adibi haqida barcha ma’lumotlarni bilishni istaydi. Quyidagi suhbat matni Rossiyada chop etiladigan “Lotin Amerikasi” jurnalining 1980 yilgi 1-sonidan qisqartirib olindi. Unda o‘zining “Buzrukning kuzi”, “Yolg‘izlikning yuz yili” romanlari bilan o‘zbek o‘quvchisiga ham yaxshi tanish bo‘lgan Gabriel Garsia Markes bilan asarlarining yaratilish tarixi, yutuq va kamchiliklari, umuman, adabiyotni tushunish xususida so‘z yurititiladi. to`liq
32 marta o`qilgan
|
SAHNADA SAYQAL TOPGAN ISTE’DOD
28 Dekabr 2011 22:06
O‘zbek kinosi va teatri tarixida o‘z o‘rniga, yuksak mavqega ega bo‘lgan bu aktyorning ijro etgan rollari judayam rang-barang. Garchi ularning aksariyati salbiy obrazlar bo‘lsa ham, kuchli dramatizmga boyligi, mohirona ijrosi bilan ajralib turadi. Masalan, birgina “O‘tkan kunlar” filmidagi Homid obrazini olaylik. U kamgap, chuqur mulohazali, ayni paytda o‘ta makkor, qasoskor odam. to`liq
43 marta o`qilgan
|
NAVOIY ASARLARIDA ADOLAT MEZONI
28 Dekabr 2011 20:11
Jahon tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan Sharq madaniyati, falsafasi, ma’naviyati, ma’rifati, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri azal-azaldan adolat, ezgulik, tenglik, haqiqat mezonlariga tayanib rivoj olgan. Chunki adolat inson hayoti, uning qadr-qimmatini belgilovchi, ulug‘lovchi o‘lchov. to`liq
45 marta o`qilgan
|
BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFASI
21 Dekabr 2011 21:06
Har qanday bayram kishilarga xursandchilik, yaxshi kayfiyat va ko‘tarinki ruh ulashadi. Shundan bo‘lsa kerak, bunday kunlarni odamlar intiqlik bilan kutishadi. Ayniqsa, bayram kunlari bolajonlarning shodligiga shodlik, quvonchiga quvonch qo‘shiladi. Chunki ular shodiyonalar arafasida ota-onasidan, yaqinlaridan turli xil sovg‘alarni oladi. Eng asosiysi, ko‘plab madaniy tadbirlarda, har xil ko‘ngilochar tomoshalarda ishtirok etishadi. Bu esa bir umr ularning jajji qalblarida muhrlanib qoladi. to`liq
42 marta o`qilgan
|
QAHKASHONGA KO‘Z TIKKAN DAHO
21 Dekabr 2011 19:26
Bundan salkam 5 yil muqaddam, aniqrog‘i, 2007 yil 19 aprel kuni Afrika qit’asining shimoliy sharqida joylashgan — Qohirada butun jahon ahli uchun unutilmas voqea yuz berdi. Buyuk ajdodimiz Ahmad al-Farg‘oniy sharafiga haykal o‘rnatildi. to`liq
49 marta o`qilgan
|
HUQUQIY TARBIYA POYDEVORI
09 Dekabr 2011 20:00
Hozirgi kunda ijtimoiy hayotimiz, ongu tafakkurimiz, kundalik faoliyatimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan «huquqiy tarbiya» tushunchasini shakllantiradigan omil va mezonlar haqida turli manbalarda turlicha fikrlar, turlicha qarashlar ilgari suriladi. to`liq
54 marta o`qilgan
|
MILLIYLIK YO‘QOLMAYDI
01 Dekabr 2011 18:21
Ancha vaqtdan beri shuurimdan ketmayotgan —“Milliylik hech qachon yo‘qolmaydi. Zamon qanchalik rivojlanmasin, munosabatlar nechog‘li ko‘rinish olmasin, odamlar baribir, milliylikni sog‘inib, qadrlab yashayveradilar”, degan fikr tinchlik bermayotgandi. to`liq
64 marta o`qilgan
|
MEHR VA RAHM
01 Dekabr 2011 18:19
Har bir mo‘min inson o‘zining xayrli ishlarini gohida oshkora, gohida dilda “Bismillohir rahmonir rahiym, ya’ni “Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan” deb boshlaydi. Bu gap har birimizning tilimizdagi eng birlamchi qutlug‘ kalomdir. to`liq
60 marta o`qilgan
|
UMRI UZUN NAQLLAR
23 Noyabr 2011 21:21
Osmondan tushgan har bir meteorit bizga olis va notanish dunyolar haqida xabar va ma’lumot bergani singari ijodkorning har bir asari — xoh u nazm, xoh nasr bo‘lsin — muallifning aqlu tafakkuri, qalb va sezgisi, idroki, orzu-armonlari to‘g‘risida bizni ogoh etadi. U nainki ijodkorning o‘zi, balki u yashab turgan davr haqida ham ma’lumot beradi, taassurotlar uyg‘otadi. to`liq
68 marta o`qilgan
|
KELAJAKKA INTILGAN O‘TMISH
10 Noyabr 2011 12:01
Moddiy va ma’naviy yodgorliklar kelajakni o‘tmish bilan bog‘lovchi vositalar sanaladi. Ularni jamlab, avlodlarga yetkazishda esa muzeylarning o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi shunday mo‘‘tabar maskanlardan biridir. to`liq
101 marta o`qilgan
|
«QO‘RG‘OSHIN»
10 Noyabr 2011 11:58
«Yovuzlik imperiyasi» nomi bilan dunyoni titratgan sho‘rolarning siyosatbardorlaridan biri Iosif Stalin bir kuni o‘z amaldorlariga xalqni boshqarish san’atidan saboq bermoqchi bo‘libdi. Imperiyaning kazo-kazolari o‘tirgan xonaga jo‘ja olib kelishibdi. Birinchi shaxs beparvogina parrandaning patlarini yulib, uni sal nariga irg‘itibdi. to`liq
91 marta o`qilgan
|
JANOB TARBIYA
10 Noyabr 2011 11:46
«Ta’lim» va «tarbiya» tushunchalari hech qachon bir-biriga zid qo‘yilmagan, qolaversa, ular o‘rtasidagi chegara ham nisbiy. Aksariyat hollarda hayotda ta’lim muhim, savodsiz yashab bo‘lmaydi, degan mulohazalarga ham duch kelasiz. Ammo negadir hech kim «tarbiyasiz yashab bo‘ladi» deb dangal ayta olmaydi. to`liq
89 marta o`qilgan
|
TASALLI
03 Noyabr 2011 19:05
Uyqusi qochgan mo‘ysafid to‘shakda o‘zini o‘zanda qolgan baliqday his qilsa-da, yonida yotib uxlagan nabirasining oromini o‘ylab qimir etmas, xayolini o‘g‘li Sulton band etgan edi. «Bugungi qilig‘ing yuragimga og‘ir botdi, bolam. Seni shu umidda katta qildimmi, o‘qitdimmi? to`liq
81 marta o`qilgan
|
KO`NGIL MARVARIDLARI
03 Noyabr 2011 18:49
Qadimgi tasavvurlarga ko‘ra, nayson yomg‘iridan dengizlar tubida marvaridlar paydo bo‘larmish. Yaxshi she’r o‘qilishidan tug‘ilgan tuyg‘uni ham nayson yomg‘iriga mengzash mumkin: yaxshi niyat bilan olam nazarini poklamoq va bokira tuyg‘ularni tafakkur dengiziga singdirmoq qalblarda ma’no durdonalarini hosil etajak. to`liq
94 marta o`qilgan
|
ISTE’DOD DARYOSIDAN SUV ICHGAN CHAMAN
26 Oktabr 2011 14:17
San’at olami bamisli cheksiz osmon. Undagi yulduzlar turfa xil yog‘du taratadi. Qay biri kutilmaganda chaqnab chiqadi-yu, tez so‘nadi. Kimgadir taqlid qilib yaratilgan, ya’ni mazmuni emas, balki to‘ybopligiga katta ahamiyat qaratilgan qo‘shiqlarning umri qisqa bo‘lishi tabiiy. Shu bilan birga tarbiyaviy ahamiyatga ega, kishini mushohadaga chorlovchi qo‘shiqlar ham borki, ular necha zamonlar o‘tsa-da, o‘z sehri va ohanrabosini yo‘qotmaydi, qalblarga mangu muhrlanadi. Bir necha yillardan beri o‘zining shirali ovozi bilan qo‘shiq shinavandalarining muhabbatiga, olqishiga sazovor bo‘lib kelayotgan xonanda Shuhrat Yo‘ldoshev bugun sahifamiz mehmoni. to`liq
97 marta o`qilgan
|
DO‘ST TUTINING, KITOB XIYONAT QILMAYDI
26 Oktabr 2011 14:08
Taniqli ingliz olimi Frensis Bekon “Kitoblar zamon to‘lqinlarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir”, deya juda chiroyli ta’rif bergan. Ha, kitob hayot yo‘limizni yoritib turuvchi sehrli chiroq. Yaxshi kitobni o‘qish bilan odam o‘zini yanada kuchli, bilimli, bardam his qiladi. Hayotning hamma qiyin daqiqalarida ham kitobga ishonsa bo‘ladi, u hech qachon xiyonat qilmaydi. to`liq
91 marta o`qilgan
|