Jurnalistika

ADABIY TILNING HAM ME’YORI BOR
27 Yanvar 2012 22:40
«Yaxshi bilish kerakki, qalam — o‘qlog‘i, matbuot — ketmon bozori emas. Yo‘sinsiz ravishda xotirga kelgan har bir so‘zdan jumlalar to‘qimoq fazilat sanalmaydi». Achchiq, kinoyali bo‘lsa-da, ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning bu so‘zlari gazeta, jurnallar tahririyatida ishlayotgan har bir qalam sohibini sergak torttirishi, o‘ylab, fikrlab yozishga undashi tabiiy.
to`liq
13 marta o`qilgan
OMMAVIYLIK SIRI
27 Yanvar 2012 22:25
Tajriba shuni ko‘rsatadiki gazetaning o‘qishligi, mavzular va janr­lar rang-barangligi, hayotiyligi fikrlar turli-tumanligiga bog‘liq ekan. Fikr esa har kimda har xil. Bu tahririyat ijodiy jamoasi atrofida jamoatchi muxbirlar qancha ko‘p uyushsa, uning ommabopligi ham  shuncha ortadi, degani.
to`liq
14 marta o`qilgan
22 MINGINCHI DOVON OSHIB
12 Yanvar 2012 21:48
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni, 2010 yil noyabr oyida Respublikamiz Oliy Majlisi – Parlamenti tomonidan qabul qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi» mazmun-mohiyatini targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalarining vazifalari, ularning erkin faoliyat ko‘rsatishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabi muhim omillarga katta e’tibor qaratilgan.
to`liq
33 marta o`qilgan
IMKONIYATLAR KO‘LAMI OSHMOQDA
04 Yanvar 2012 21:14
Yangi yil arafasida muhtaram Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida»gi qarorining matbuotda e’lon qilinishi, barcha soha xodimlariga, jumladan, nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan jurnalistlarga ham o‘ziga xos bayram sovg‘asi bo‘ldi, desam yanglishmagan bo‘laman.
to`liq
46 marta o`qilgan
MAQSADIMIZ — EL-YURTGA SUYANCH VA TAYANCH BO‘LISH
28 Dekabr 2011 22:08
Odatda yillar almashinayotgan paytlarda har bir insonni o‘zgacha bir kayfiyat, qalbni hayajonga soluvchi his-tuyg‘ular, o‘y-kechinmalar, orzu-umidlar chulg‘ab oladi. Yangi – 2012 yil ostonasiga qadam qo‘yayotgan ayni damlarda ham xuddi shunday holatni boshdan kechirmoqdamiz. O‘z-o‘zimiz bilan fikran so‘zlashamiz: biz oldimizga oliy maqsad deb qo‘ygan ezgu niyatlarimizga erishdikmi?
to`liq
49 marta o`qilgan
DILDAN TOSHGAN TUYG‘ULAR
28 Dekabr 2011 22:03
Asror Mo‘min, "O‘zbekiston ovozi" gazetasi bo‘lim mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist:
— Odamzot hayotida shunday yillar bo‘ladiki, umrining ziynatiga aylanadi. So‘nmas shukuhi unigina emas, avlodlarini ham hamisha ruhlantirib turadi. O‘tayotgan yil men uchun ana shunday farahbaxsh yil bo‘ldi.
to`liq
45 marta o`qilgan
«BOSHQALARDAY ISHLAYAPMAN, XOLOS...»
21 Dekabr 2011 19:28
Siz haqingizda maqola yozmoqchiman, degan taklifimga hamkasbim, tajribali jurnalist Erkin Yodgorov e’tiroz bildirdi: “Tahririyat topshirig‘ini bajarish, o‘z ustimda ishlash, izlanish, yozadigan mavzu mohiyatini puxta o‘rganish va uni o‘quvchi diqqatini tortadigan shakl topib, qog‘ozga tushirish — mening burchim. Men shuni bajarayapman boshqalarday ishlayapman, xolos!”
to`liq
41 marta o`qilgan
JURNALIST IMIJI
09 Dekabr 2011 20:08
Jurnalistika jamiyat ko‘zgusi bo‘lsa, jurnalistlarni mamlakatning qiyofasiga zeb beruvchi zargarlar, desak xato bo‘lmaydi. Bu borada o‘sha yaratuvchining imiji muhim ahamiyatga ega. («Imij» so‘zi inglizchadan olingan bo‘lib, «qiyofa» degan ma’noni anglatadi. Qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar imijga nisbatan e’tiborlilik ish samaradorligini oshiradi). Jurnalist imiji bevosita OAV turlariga ko‘ra farqlanadi: bosma OAV jurnalistikasi imiji, telejurnalist imiji, radiojurnalist imiji...
to`liq
70 marta o`qilgan
PARLAMENT VEB-SAYTI – TEZKOR AXBOROT MANBAI
09 Dekabr 2011 19:49
Internetning axborot olamida tutgan o‘rni va ahamiyatini so‘z bilan ifodalash mushkul. U qisqa vaqt ichida shakllandi va shiddat bilan butun dunyoni zabt etdi. Jamiyatning eng uyg‘oq qatlami bo‘lmish jurnalistlarning ham birinchilar qatorida internetning ulkan imkoniyatlaridan foydalana boshlashi onlayn jurnalistikaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
to`liq
53 marta o`qilgan
XOLIS, HAQQONIY VA TEZKOR
01 Dekabr 2011 18:28
Xalqaro matbuot maydonida Yaponiya ommaviy axborot vositalarining mavqei tobora mustahkamlanib bormoqda. Bunga asosiy sabab, jurnalistlarning voqea-hodisalarga xolislik bilan yondashishi, axborot uzatish tezligi va haqqoniyligi, shuningdek, maqolalarning sifati va ulardagi samimiy, ravon, sodda uslubdir. Qolaversa, nashrning o‘quvchilar qo‘liga vaqtida yetib borishi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
to`liq
68 marta o`qilgan
O‘Z SO‘ZINI AYTAR TAJRIBA
01 Dekabr 2011 17:19
Jurnalistika muntazam yangiliklarni izlab topishni, davr bilan hamnafas bo‘lishni talab etadi. Bugungi axborot asrida esa talabchan auditoriya ehtiyojini to‘liq  qondirish, gazetxon istaganidek material tayyorlash oson emas. Negaki, hozirgi zamon odamining istaklari, xohishlari bo‘lakcha.
to`liq
59 marta o`qilgan
QAYSI GAZETAGA OBUNA BO‘LDINGIZ?
01 Dekabr 2011 17:10
Bugun ijtimoiy hayotning keng jabhalarini aks ettirishda, mamlakatimizda, jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Qolaversa, axborot asrida insonlarning yangilikka, axborotga ehtiyoji tobora oshib borayotgani bor gap.
to`liq
49 marta o`qilgan
OAV: FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJI YO‘LIDA
23 Noyabr 2011 22:39
Navoiy shahrida «Axborot sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish — media tuzilmalar faoliyati samaradorligi kuchayishining muhim omili» mavzuida mintaqaviy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
to`liq
78 marta o`qilgan
YOTIG‘I BILAN AYTGANDA...
03 Noyabr 2011 19:23
Ko‘p yillar oliy o‘quv yurtida ishlagan, keyinchalik savdo sohasigao‘tib ketgantanishimning aytgan gapi qattiq ta’sir qildi. Fan nomzodi, hozir ham  o‘zini ziyoli sanab yurgan bu inson bilan uchrashib qolganimizda: “Umuman gazeta o‘qimay qo‘yganman, boshimni qotirib nima qilaman” desa bo‘ladimi?!
to`liq
81 marta o`qilgan
TAFAKKURNING UCHQUR MAHSULI
03 Noyabr 2011 18:51
O‘z vaqtida odamlarni hayratga solgan har qanday yangilik yoki ixtiro kun o‘tib oddiylik kasb etishi haqiqat. Ilk bor poezdni ko‘rib dahshatga tushgan, samolyot parvozini mo‘jizadek kuzatgan, mo‘jazgina qutichadan taralayotgan ovozni hayajon bilan tinglagan ota-bobolarimizning hayrati hamon bizni tark etganicha yo‘q.
to`liq
75 marta o`qilgan
ZAMONDOSHLAR SOG‘INCHI
26 Oktabr 2011 14:14
yoki F.Toshevning yangi asari xususida mulohazalar
Farmon Toshev yangi she’riy kitobini «Sog‘inch» deb atabdi. Muallif asar debochasida buni shunday izohlaydi: Birinchidan, dilda xayrli ishga xadsiz sog‘inch paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, zamondoshlarimiz devonni sog‘inib qoldilar. Va nihoyat, uchinchidan, sog‘inch bu — sevgi qadrini oshiruvchi tuyg‘u. Muallif yurtimizda qalam tebratayotgan faol ijodkorlardan. Muharrirlik, senatorlik, kundalik turfa yumush-tashvishlar, uzoq-yaqin safarlar... — bulardan ortib badiiy ijod bilan qizg‘in shug‘ullanib, nasrda, nazmda kitob, risolalar nashr ettirish uchun kishi eng kamida vaqt­ni qadrlash, mudom insonlarga yaxshi so‘zlar, ezgu hislar ulashish istagida yonish kabi fazilatlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
to`liq
72 marta o`qilgan
«OYDIN YO‘L»GA CHIQDIK
12 Oktabr 2011 16:52
Sirdaryo viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining nashri – “Oydin yo‘l” gazetasi 1997 yildan beri nashr etib kelinmoqda. Viloyat yangiliklari, faol ayollar hayotidan lav­halar, ijodkor ayollar qalamiga mansub she’r va hikoyalar, shuning­dek, ayollar uchun foydali maslahatlar, shifokorlar hamda hu­quqshunoslarning chiqishlari muntazam chop etib kelinayotgan gazeta keyingi yillarda birmuncha oq­sab, tiraji kamaygan, unga mushtariylar orasida qiziqish ham so‘nib qolgandek edi.
to`liq
86 marta o`qilgan
GAZETACHILIK TARIXIDAN
07 Oktabr 2011 15:34
Miloddan avvalgi 59 yil. Yuliy Sezar buyrug‘iga ko‘ra fuqarolarga muhim siyosiy va mahalliy xabarlarni yetkazib turish uchun davlat tomonidan repartyorlar (astuarii) tayinlanadi. Ular janglar, tug‘ilish, o‘lim, hukm hamda to‘y haqida axborot to‘plash bilan shug‘ullana boshlaydi.
713 yil. Xitoyda “Mixed News” chiqa boshladi. Gazeta yil nomi «Kaiyuan» deb ataldi.
to`liq
111 marta o`qilgan
BAG‘RIKENGLIKDA O‘RNAK EDI
28 Sentabr 2011 21:00
Êechagiday esimda: Universitet talabaligiga qabul qilinib, o‘qish boshlangan dastlabki kunlarning birida respublika televideniesining “Yoshlik” studiyasiga borgandim. Redaksiya deb atalmish chog‘roq xonada o‘tirganlardan biri menga, bo‘y-bastimga ma’noli razm solgach:
— Xo‘sh, xizmat? — dedi.
— Telejurnalist bo‘lmoqchiman.
to`liq
97 marta o`qilgan
SHUKUHLI KUNLAR MUKOFOTI
09 Sentabr 2011 11:39
Jurnalistika sohasidagi “Eng ulug‘, eng aziz” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Istiqlol tom ma’noda boshqa sohalar qatori OAV uchun ham rivojlanish, tizimni liberallashtirish imkoniyatini berdi. Mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarning ishlab chiqilgani jurnalistika sohasining takomillashayotganida namoyon bo‘lmoqda. Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasini beryapti.
to`liq
138 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM