Jamoat fondi loyihasi

INSON VA DARAXT
27 Yanvar 2012 22:29
Inson hayotida nabotot, xususan, daraxtlar bemisl ahamiyat kasb etadi. Masalan, qayin ruhiy charchoqni yozsa, kashtan ichki taranglikni bartaraf etadi. Keksalarimiz qo‘llarini duoga ochganlarida yoshlarga chinorning umrini, majnuntolning odobini, zardolining bardoshini, emanning mag‘rurligini tilaydilar.
to`liq
15 marta o`qilgan
SOVCHILIKDA PISHAR UMR SAVDOSI
27 Yanvar 2012 22:27
— Chaqir o‘sha sovchilaringni. Qizimning ahvolini ko‘rib qo‘yishsin.
— Sovchilarni nima qilasan? O‘zim bilan gaplashaver.
— Yo‘q, menga tog‘-tog‘ va’dalar berib, qizimni baxtsiz qilgan sovchilaringni top. Bu ishni shunday qoldirmayman!..
to`liq
10 marta o`qilgan
YOVVOYI FAUNA VA FLORA OLAMI
12 Yanvar 2012 21:06
Biz yovvoyi deb atashga o‘rgangan, ma’lum hudud va davrga oid fauna (hayvonot dunyosi), flora (o‘simliklar olami)ning qirilishi bundan bir necha asr avval boshlangan. Brakonerlar timsohning terisini, filning suyagini qo‘lga kiritish uchun ularni shaf­qatsizlarcha ovlashni odatga aylantirishdi.
to`liq
18 marta o`qilgan
MALAKALI MUTAXASSIS — DAVR QANOTI
28 Dekabr 2011 20:21
Afsonalardagi uchqur qanotli tulporlar timsoli bugun shamoldek yelib ketayotgan poezdlarga ko‘chgan bo‘lsa ajabmas. Axir ko‘z ochib yumguncha fursatda manzilingizga eltib qo‘yayotgan tezyurar poezdlar qaysi afsonaviy tulpordan kam? Insonlar uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilayotgan temiryo‘llar va ularda faoliyat ko‘rsatayogan temir yo‘lchilar mehnati bugun har jihatdan yuksak e’tibor va e’tirofga loyiq.
to`liq
20 marta o`qilgan
Archa — baxt ramzi
28 Dekabr 2011 20:08
Yangi yilni archasiz tasavvur qila olmaymiz. Asosan Yevropa qita’asining shimoliy hududlarida yashagan xalqlarning e’tiqodiga ko‘ra, archa qadim zamonlardan beri baxt keltiruvchi daraxt hisoblanib kelinadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, baxt ramzi bo‘lmish archa keyinchalik Yangi yil bayramida odamlarning uyi to‘ridan o‘rin oladigan bo‘lib qolgan.
to`liq
22 marta o`qilgan
SAMARQANDDA BIR MAKTAB BOR
09 Dekabr 2011 20:10
Samarqand shahrida o‘z faoliyati bilan e’tibor topgan nufuzli ta’lim maskanlari ko‘plab topiladi. Fizika-matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 1-maktab ham ana shunday ilm dargohlaridan biridir. Bu yerda ta’lim-tarbiya jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilayotgani bois o‘quvchilarning bilim saviyasi tobora oshib bormoqda.
to`liq
34 marta o`qilgan
YOSHLAR VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI
01 Dekabr 2011 18:18
Yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatni modernizatsiyalashda muhim jihatlardan sanalgan davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish, ko‘ppartiyaviylik tizimi yoxud parlament faoliyatini takomillashtirish kabi ko‘lamdor vazifalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani buning isbotidir.
to`liq
35 marta o`qilgan
BARCHA BIRDEK MAS’UL
01 Dekabr 2011 18:15
Keyingi yillarda xalqimiz, mamlakatimiz mehmonlari uchun juda ko‘plab qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan dunyo talablari darajasidagi yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatish tizimini yaratish bo‘yicha ko‘plab diqqatga sazovor ishlar bajarildi.
to`liq
31 marta o`qilgan
BAG‘RIKENGLIK — QALB MUSAFFOLIGI TIMSOLI
23 Noyabr 2011 21:15
Milliy g‘oyasiz har qanday davlat, jamiyat, qolaversa, maqsadsiz inson ham hayotda o‘z yo‘lini topa olmasigi muqarrar. Shu bois, ayniqsa, jamiyat taraqqiyot bosqichi sari yuz tutgan bir paytda milliy g‘oyani xalqimiz, xususan, o‘sib kelayotgan yoshlar qalbiga singdirish  bilan bog‘liq masalalar, bu boradagi keng ko‘lamli ishlar muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.
to`liq
35 marta o`qilgan
VAFO, MURUVVAT VA AHSAN (YAXSHILIK)
10 Noyabr 2011 12:43
Ota-bobolarimiz tomonidan sevib mutolaa etib kelingan «Ming bir kecha» arab tilida bitilgan «Alf Layla va Layla» deb nomlangan ertaklarning o‘zbek tiliga o‘girilganidir. Ikki jildlik ushbu kitob o‘tgan asrning 50-60 yillarida kirill alifbosida chop etilgan. Ammo  davr taqozosi bilan undagi ko‘pgina hikoyalar, sarguzasht­lar bu nashrga kirmay qolgan.
to`liq
41 marta o`qilgan
METSENATLAR
10 Noyabr 2011 12:04
Xalqimizda «olmaning tagiga olma tushadi» degan naql bor. Ammo bu naql hamisha ham to‘g‘ri chiqavermas ekan. 1920 yillarda hofiz sifatida tanilgan Mirzanosirning (1900-1968) hayoti, ijodi, shajarasini tadqiq etish jarayonida bunga ishonch hosil qildik.
to`liq
38 marta o`qilgan
YAXSHILAR BOR EKAN, YO‘QOLGAN NARSA TOPILADI
03 Noyabr 2011 18:54
Kollejni bitirgan jiyanim oliy o‘quv yurtiga hujjat topshiraman deb yurgan kunlarda to‘satdan diplomini yo‘qotib qo‘ydi. So‘rab-surishtirishlardan biror naf chiqmadi. Vaqt esa tig‘iz. Hademay hujjat topshirish muddati ham tugaydi. Endi nima qilish kerak?
to`liq
42 marta o`qilgan
MEHR BORKI, UMR MAZMUNLI
26 Oktabr 2011 20:13
Deraza roshidagi gullarni hech kuzatganmisiz? Tuvaklarni qaysi holatda qo‘ymang, biroz fursat o‘tib, gullar quyosh nurlari tushayotgan tomonga burilib oladi. Erinmasdan, yana o‘zgartirib ko‘ring-chi, tag‘in shu hol takrorlanadi. Hatto derazaga qora parda tutsangiz ham ular tirqishlardan harorat olish uchun intilaveradi...
Toshkent shahridagi “Umr” nogiron-falaj bolalar va o‘smirlarga yordam berish jamoatchilik markaziga hunar o‘rganish maqsadida qatnayotganlar o‘zlarining turmush tarzida keskin o‘zgarish paydo bo‘lganini darhol anglaydilar.
to`liq
51 marta o`qilgan
«QUYOSH»DAGI QALBI QUYOSH ODAMLAR
12 Oktabr 2011 16:45
Parkent tog‘larining feruzarang jilosi, tanga xush yoquvchi mayin havosiyu zilol suvlari ko‘pchilikni bu go‘sha tomon talpintiradi. U yerga bir marta tashrif buyurib, hordiq chiqargan, sodda, samimiy va mehnatkash odamlari bilan hamsuhbat bo‘lgan kishi, albatta, uni yana qo‘msaydi.
Tumandagi Hisorak qishlog‘i nafaqat azim viloyatning, balki mamlakatimizning eng go‘zal maskanlaridan biri.
to`liq
47 marta o`qilgan
ENG MUHIMI FAVQULODDA HUSHYORLIK ZARUR
12 Oktabr 2011 16:31
Tafakkurning uchqur otiga minib, ne-ne kashfiyotu ixtirolar qilayotgan insoniyat tabiiy ofatlar oldida baribir ojiz qolmoqda. So‘nggi yillarda Gaiti, Sumatra orollari va Yaponiyada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar keltirgan ofat ko‘lami tarix sahifalarida uzoq vaqt insoniyatni dahshatga solsa ajab emas. BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha xalqaro strategiyasi ma’lumotlariga qaraganda, keyingi 12 yilda yuz bergan tabiiy ofatlarning katta qismini yer silkinishlari tashkil etgan. Biroq odamzot ham ofat qarshisida qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Turli yo‘llar, usullar orqali zilzila qachon sodir bo‘lishini aniqlashga urinib, xavf­ning oldini olish choralarini axtarmoqda.
to`liq
58 marta o`qilgan
TOMOSHABIN TALABI
07 Oktabr 2011 15:41
Bozor iqtisodiyoti tovar va mahsulotlar xilma-xilligini talab qiladi. Bu talab, o‘z navbatida, mamlakatimiz kino sohasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda milliy kinolar soni ancha ko‘paydi, o‘zbek kino bozori xilma-xil janrdagi filmlar bilan boyib bormoqda. Masalan, 2010 yili respublikamizda 48 ta badiiy film katta ekran yuzini ko‘rdi. Ulardan 10 tasi davlat mablag‘lari hisobiga suratga olindi. 38 tasi esa xususiy studiyalarda yaratildi. Ammo son bilan sifat mutanosibligi qay darajada? Milliy filmlarning saviyasi, ularning mazmun-mohiyati talabga javob beradimi?
to`liq
47 marta o`qilgan
DIYOR ISI, YURT TUPROG‘I
17 Sentabr 2011 15:33
Yurtimizda mustaqillik shabadasi esa boshlagach, xorijda yashayotgan o‘zbeklar uchun ham ota zaminni ziyorat etish imkoniyati tug‘ildi. Bobolarim yashagan tuproqqa — ona Vatanimga ilk bor qadam qo‘yganimda ko‘z yoshlarimni tiyolmaganman. O‘sha damda ko‘nglimdan kechgan hislarni, dilimni chulg‘ab olgan tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalab bera olmayman.
to`liq
58 marta o`qilgan
ISLOHOTLAR — HUJJATLI FILMLAR KO‘ZGUSIDA
11 Avgust 2011 13:17
Istiqlolimizning 20 yillik bayrami munosabati bilan «Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturida «O‘zbekkino» Milliy agent­ligi, O‘zbekis­ton Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi oldiga talay vazifalar qo‘yilgan. Bu hujjatli va ilmiy-ommabop film­lar yaratishning o‘ziga xos maktabini shakl­lantirgan studiyamiz ijodkorlari zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklagani tabiiy hol, albatta.
to`liq
82 marta o`qilgan
YAXSHILAR TUFAYLI BOQIYDIR DUNYO
08 Iyul 2011 18:15
Bu voqea o‘tgan qishda yuz bergan bo‘lsa-da, u haqda yozmagunimcha ko‘nglim tinchimadi. Negaki, kunda-kunora uchraydigan odatiy voqeadek tuyulsa-da, aslida uning zamirida xalqimizning azaliy fazilatlari mujassam.
Xullas, dam olish kunlarining birida oilamiz bilan «Jiguli»mizda qishloqqa yo‘l oldik. Keksa ota-onamizni ziyorat qildik. Qudamiznikida mehmon bo‘ldik. Qish kunlari bir tutam emasmi, tezda shom bo‘lib qoldi. Uyga ketish taraddudiga tushib, yo‘lga hozirlandik.
to`liq
68 marta o`qilgan
TAHLIL VA NATIJA
08 Iyul 2011 17:28
Ma’lumotlarga qaraganda, 2007 yilda dunyo aholisi soni taxminan 6,7 milliardga yetgan edi. Hozir yiliga o‘rtacha 77 million kishiga ko‘paymoqda. Shuni qayd etish kerakki, jadal ravishda o‘sayotgan aholining 95 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
to`liq
74 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM