Ko‘chada qolgan VAQT

Shu yilning 1 avgust kuni uyimizga 1 kilometr qolganda bizni to‘xtatishdi. Ichki ishlar xodimi “Orqaga qayting, bu yoqqa yo‘l yo‘q” dedi. 

Read more...

“BIZ NIMA, DEVONAMI?”

ELLIKBOSHI: — So‘zim shulki, sovchigarchilik olug‘-solug‘i so‘ylashilmasa, chunki kuyov bo‘lmish yigit o‘zingizg‘a ma’lum, yetim, ham kambag‘al. Yana olug‘-solug‘ shari’atda yo‘q gap. Olug‘-solug‘ qilinsa, kuyovdan ko‘b oqcha olinsa, qarzdor bo‘lub qolsa, yaxshi emas, deyman. Keraklik narsalarg‘a ozroqqina oqcha olub, nikohlab bersangiz, shari’atdagi ish bo‘lur edi.

FAYZIBOY: — Olug‘-solug‘ bo‘lmasa, to‘y — to‘y bo‘ladimi? Mening ham boshimda bir qizim bor, orzu-havaslik dunyo, yaxshilab orzu-havas qilsam, degan niyatim-da bor. (Domlaga qarab) Taqsir, bu kishining so‘zlari durustmi?

DOMLA-IMOM: — Bu kishining aytkanlaridek qilsangiz xalqqa kulgi bo‘lasiz. Olug‘-solug‘ qilinmasa bo‘lmaydur. (Ellikboshiga qarab) Olug‘-solug‘ yurtning rasmi, buni qilmang demoqingiz ayb gap! 

...To‘yg‘a ketkan oqchani Xudo o‘zi yetkuzadur, qarzdor bo‘lsa bo‘lar. Qarz uzilar, xotun yonga qolar,..

 

Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasidan olingan mazkur lavha sizga yaxshi tanish bo‘lsa kerak. Ochig‘ini aytganda, bu kabi savol-javoblar ko‘pchiligimizning boshimizdan o‘tgan. Fayziboy aytgandek, har birimizning orzu-havasimiz bor. Qolaversa, g‘ururimiz tog‘dek, birovdan kam bo‘lgimiz kelmaydi. 

Behbudiy bobomiz bundan bir asr muqaddam “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida: “Biz na uchun xudo va rasul so‘zig‘a va o‘zimizni naf’imizga amal qilmaymiz. Biz nima devonami?” deya kinoya qiladi. O‘ylab qaralsa, to‘y-ma’rakalarimizda qilayotgan ishlarimiz shunga o‘xshaydi. O‘zi zo‘rg‘a kun ko‘rsa-da, millionlab qarzga to‘y qilib, o‘zi och qolsa. Bu qaysi aqlga sig‘adi? Bunday misollar kundalik hayotimizda ko‘plab topiladi. Afsuski, bugun to‘y qilishda turli ortiqcha dabdabalar ortib borayotir. Hatto tug‘ilgan kun yoki biror bahona bilan kichik yig‘inlarimizga ham shohona tus berayotirmiz.

Bu mavzuda “Hurriyat” gazetamizda uzoq yillardan beri ko‘plab tanqidiy maqolalar chop etilgan. Ammo hech kimdan sado chiqmasdi.  Bu masala hozir ham dolzarb.

Yaqinda bir tanishimiz tug‘ilgan kuniga qancha odam kelganiyu, qancha aroq ichilganini maqtanib gapirdi. Mana sizga hozirgi kishilarimizning ma’naviy saviyasi. Yegan-ichgan bilan ham maqtanib bo‘ladimi? Bunday tor fikrlaydigan, dabdabaga o‘ch kishilar oramizda ko‘p uchraydi. Buning bir tomoni ilmsizlikka, ma’naviyatning sayozligiga borib taqalmaydimi?! Alisher Navoiy bobomiz o‘z asarlarida bir kun kelib jamiyatda ilmu-ma’rifat, tafukkur g‘alaba qozonishini orzu qilganiga 500 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Ammo o‘sha tafakkur g‘alabasiga erishish qiyin kechayotir. Hayotimiz to‘kin-sochinu hamma sharoitlar bor bo‘lsa-da, imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, ilm olishu savob ishlardan ko‘ra, behuda kayfu safoyu isrofgarchilikni xush ko‘rayotganga o‘xshaymiz. Buning bosh nuqtasi esa to‘ylar bo‘layotir.

Bugun to‘y qilish xursandchilik qilishdek tuyuladi. Ammo kamxarj oila uchun g‘am-tashvishdan boshqa narsa emas. O‘zingga to‘q, bir-ikki so‘ming ortib turgan bo‘lsa, muammo yo‘q. Ammo mullajiringdan qiynalib qolgan bo‘lsang, to‘y qilish azobdan boshqa narsa emas. Bir kunlik orzu havas, boringni supurib ketadi. Ham cho‘ntaging quriydi, ham sho‘ring. Iqtisodi tarang oilalarni esa bo‘ynigacha qarzga botirishi hech gapmas. Afsuski, bu illatlar necha asrlardan bo‘yon bizni ta’qib etib, ko‘plab yurtdoshlarimizga aziyat yetkazmoqda.

Shu kunlarda hamma to‘ylarni ixchamlashtirish haqida gapirsa, ayrim saytlar aktrisalarning xorijda qilgan to‘ylarini reklama qilish bilan ovora. Bu to‘ylarni ko‘rgan har qanday yosh o‘rnak olishi tayin. Bunday orzu havas kimga qimmatga tushadi. Albatta ota-onaga. Ayniqsa, otaga. Chunki to‘yning bor sarf-xarajati ular zimmasida. Bu yo‘lda esa ular ne-ne chig‘iriqlardan o‘tishga to‘g‘ri kelmoqda... 

Shu o‘rinda Chinozda bo‘lgan bir voqeani keltirsam. Xullas, qizgina oq otliq sarkardasini uzoq kutdi. Bu yog‘i vaqt ham to‘xtab turmaydi. Yoshi ham bir joyga boryapti. Nihoyat, kutilgan kun keldi. To‘y bo‘ladigan el oldidan o‘tadigan payt kelganda qizgina xarxasha qilishga tushdi. Vaholanki, mahalla-ko‘y kelishib to‘yni restoranda emas hovlida o‘tkazishga kelishilgandi. Kelin bo‘lmish to‘yimga falonchi artistni olib kelasiz deb turib oldi. Avval tushuntirildi. Keyin tartibga chaqirildi. Ammo qizning ko‘zida uzoq  kutilgan baxti ko‘rinmaydi. Bir kunlik to‘y-tomoshaning dovrug‘i bilan boshi garang. Hech narsa eshitmaydi. Hech gapga tushunmaydi. Nima balo bo‘lgan o‘zi. Ota-onaning bag‘ri qon, mahalla-ko‘y hayron...

 Yana bir voqea, yaqinda Samarqand viloyatining olis bir qishlog‘ida ayanchli voqeaga guvoh bo‘ldim. 

Erta tong. Qishloqni “Voy, otam-ay, voy, akam-ay” degan ovoz tutdi. Bu tovushlar sahardan hammani g‘amga cho‘ktirdi. Qishloq ahli azaning xabarini uch kun oldin eshitgandi. “Kechasi olib kelishibdi-da, Rossiyadan. Bechora Sobit arzimagan pulni deb o‘lib ketdi-ya, shu yoqlarda”. Butun qishloqning og‘zida shu gap. 

Mahalladoshlarining aytishicha, marhum bundan bir yarim yil oldin qiziga to‘y qilaman deb, sudxo‘rdan bor-yo‘g‘i bir million ikki yuz ming so‘m qarz olgan. Uni vaqtida qaytarolmaganidan foiz qo‘shilib, o‘n milliondan oshgan ekan. U ro‘zg‘orga qarasinmi, yo qarzini to‘lasinmi, xullas, dehqonchilikdan topganidan orttirib qarzni qutulishga ko‘zi yetmay, bahorda bir-ikki qishloqdoshi bilan majbur Rossiyaga jo‘nabdi. Afsuski, u yoqlarda ham ishi yurishmay, och-nahor qiynalib, uyga qaytishga zo‘rg‘a pul qiladiyu, qaytishiga biri-ikki kun qolganda sog‘lig‘i ko‘tarolmay olamdan o‘tadi. Mana sizga to‘yning kasofati. Bu kabi ayanchli taqdirlar ko‘rib turganingizdek, Qodiriy bobomiz keltirganday bugun ham bor. 

Bu o‘rinda “taqdir ekan, ajali yetibdi-da, hammasi xudodan” deb o‘zimizga tasalli beramiz. Ammo Yaratgan bizga taqdir berishi bilan birga aql, tafakkur ham  berib qo‘yibdi-ku. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib qo‘yibdi. Biz-chi, nimalar qilyapmiz? Qay biriga amal qilyapmiz? Boshimizga og‘ir kun tushsa o‘zimizdan emas, balki Xudodan deb bilamiz. Ammo unga o‘zimiz sababchi emasmi?

To‘y qilaman deb qarzga botib, kosasi oqarmay olamdan o‘tib ketsa. Yuraging achishadi. Chunki Vatandoshing. Behuda odatlar deb hayotdan erta ketdi sho‘rlik. Shu o‘rinda so‘dxo‘rning ishini ham oqlab bo‘lmaydi. “O‘zi oldi-da, men majburlaganim yo‘q” deyishi mumkin. Ammo birovning tang ahvolidan foydalanib, boylik orttirish qaysi mezonlarga to‘g‘ri kelarkin. Sudxo‘rlarda vijdon, insoniylik degan tuyg‘ular bormikan, deb o‘ylab qolasan kishi. 

– Alloh taolo insonni azizu mukarram qilib yaratgan, shuning uchun ham uni turli zararli illatlardan qaytargan, – deydi Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov. – Sudxo‘rlik gunohi kabiralardan bo‘lib, uning jazosi nihoyatda og‘irdir. Alloh bay’ni (savdoni) halol qilgan bo‘lsa, riboni harom qilgan va bandalarini ribo yeyishdan qattiq qaytarib, ularga qiyomat kuni beriladigan azoblar juda qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Hadislarda shunday keltiriladi: Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam riboxo‘rni, uning yediruvchisini, kotibini va ikki shohidini la’natladilar va: «Ular barobardirlar», dedilar» (Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyati). Ko‘rib turganingizdek, dinimizda sudxo‘rlik nihoyatda qoralanib, uning beruvchisi ham, oluvchisi ham, guvohlar ham gunohkor bo‘lishligi ta’kidlanadi. Afsuski, bugun kishilarimiz orasida aholining tang vaziyatidan foydalanib boylik orttirayotganlar yo‘q emas. Albatta buning oxiri yaxshilikka olib kelmasligi tayin.

Bugun yuqoridagi kabi ayanchli voqealarning kelib chiqishiga yoki to‘ylarimizning dabdabayu isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilayotganiga faqat bir yoki ikki kishini ayblash noo‘rin. Chunki bugun yurtimizda minglab mahalla yig‘inlari, imom-xatiblaru qishloq faollari ish yuritmoqda. Agar ular o‘z vaqtida bir tanu jon bo‘lib, turli dabdababozlik, isrofgarchilik, to‘y-ma’rakalardagi turli irim-sirim, bid’atlarga qarshi turishganida edi, o‘ylaymanki, ko‘plab isrofu noxush holatlarning oldi olingan bo‘lardi. O‘ylab qaralsa, xalqqa eng yaqin kishilar ham ular. Shunday ekan, nahotki, o‘z mahallasida so‘zini o‘tkazish qiyin bo‘lsa. Shunisi aniqki, bugun o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaraydigan, faqat hisobot to‘ldirishdan nari o‘tmaydigan mahalla faollari yoki to‘yda nikoh va ma’rakada janoza o‘qishdan boshqa ish qilmayotgan imom-xatiblar ham yo‘q emas. Ular o‘sha mahalla, qishloq ahlining vijdoni, ma’naviyat-ma’rifat targ‘ibotchisi bo‘lishi kerak emasmi?! Avvalo ular uyg‘oq, sergak bo‘lib, zamon bilan hamnafas bo‘lib, “shu mahallaga, qishloqqa men mas’ulman” deb daxldorlik, fidoyilik tuyg‘usi bilan qaraganida, yurtimizda namunali mahalla, oilalar soni yana ham ortgan, turli dabdababozligu illatlar ham tomir yoyib ketmagan bo‘lardi. Shular haqida yozarkansan, qalaming beixtiyor ushbu kalomni bitishga chog‘landi! “Biz nima, devonami?” 

 

Bobur MUHAMMADIYEV

 

 

TEKINGA OFTOBGA CHIQQAN MUSHUK yoxud internet do‘konlarda nima gap?

“Savdoning boshida shayton turadi”, degan gap bor xalqimizda. Yoki shaytonning uyi — bozor, deyiladi hadislarda. Chunki aldov ham, odamlar haqqiga xiyonat qilish ham, tuhmat ham — xullas, aksar illatlar makon topgan bu “go‘sha”da! Mahsulotini sifatli, asl deb yoki kilogrammini falon, deb xaridorning ko‘ziga tik boqib, chuv tushira oladi ba’zi nobop sotuvchilar. Aybini aytib shikoyat qilib borgudek bo‘lsangiz, o‘zingizni yer bilan bitta qilib, izza qilishga ham qodir ayrimlari. Vaholanki, unda siz sotuvchi bilan yuzma-yuz turib aldangan, ismini bilmasangiz-da, tashqi qiyofasi, hech bo‘lmaganda savdo rastasini eslab qolgan bo‘lasiz. Biroq endikilikda barcha g‘alvalardan nari  sotuvchisining na o‘zi, na manzili ma’lum internet-do‘konlari tobora ommalashib bormoqdaki, ularga qaysi nuqtai nazardan qarashni, qanday ishonish mumkinligini bilmaymiz, hatto.

Read more...

ZO‘RAVONLAR QAYERDAN PAYDO BO‘LMOQDA?

Poytaxtning Chorsu bozori avtoturargohi. “Jiguli” avtomashinasi egasi ulovini o‘rtaga qo‘yib ketgan. Uning dastidan boshqa ulovlar chiqolmay halak. Ancha vaqtdan so‘ng yosh yigit ulovga yaqinlashdi. Boshqalar, ya’ni o‘zidan 10-15 yosh kattalar unga dakki bermoqchi bo‘lib:

Read more...

Qovurg‘angiz sinsa og‘rimaydimi?

Bozor... Dehqon bozor, kiyim bozor, ulgurji bozor... Xullas, bu charxi dunyoda bozordan ko‘pi yo‘q. Biroq yigirma birinchi asrga kelib, barcha sohalar o‘zgarib, rivojlanib, texnika taraqqiyoti davri boshlanishi bilan bozorlar nomi ham kengaydi. Endilikda “mardikor bozori” degan atama ham tilimizdan keng o‘rin oldi. Negaki, bunday bozorni bugun istagan tumandan topa olasiz. Deylik, qaysidir hududda kutubxona yo xiyobon bo‘lmasligi mumkin, ammo mardikor  bozor albatta, topiladi.

Read more...

Qurishga mahkum bog‘lar yoxud «tilla baliqchalar»ga suv kerak

Tilla baliqcha haqidagi ertak yodingizdami? To‘rga tushgan baliqcha choldan uni suvga qo‘yib yuborishi evaziga xohlagan tilagini bajo keltirishini aytib, iltijo qiladi. Chunki suvsiz tilla baliq ham hech qanday karomat ko‘rsatolmasligi tayin. Aslini olganda, yer yuzidagi barcha yaratiqlar uchun suv birdek aziz. Sayyoramizning 70 foizi mana shu bebaho ne’mat bilan qoplangan. Inson tanasida ham shuncha  miqdorda suv bor. Tabiiyki, suvsiz odamzod  ham halokatga yuz tutadi. Gapni bu aziz ne’mat haqidagi ertak va raqamlardan boshlashimizga sabab bor.

Read more...

«TANQID QILMANG, «LITSENZIYAMIZ» BOR!»

Gazetada kommunal soha faoliyati tanqid qilindi. So‘nggi paytlarda aholidan tez-tez murojaat tushayotgan holat edi. O‘sha tizim rahbari bilan bir tadbirda uchrashib qoldik. Muomalasi sovuqqina.

Read more...

Jurnalist gazeta ...o‘qimasa... kasb bayramimiz arafasidagi o‘ylar

Shu yil bahorda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining mediamarkazida “Muloqot vaqti” ruknidagi ko‘rsatuvni yozib olishda g‘aroyib hangomalar bo‘ldi. Albatta, 45 daqiqalik ko‘rsatuv uchun 2-3 soatlik harakat bo‘ladi, keyinchalik montaj jarayonida noqulay yozuv bo‘laklari qaychilab tashlanadi. Lekin aytilgan so‘z — otilgan o‘q deganlaridek, studiyada yangragan gaplarga befarq bo‘lolmas ekansiz.

Read more...

Bizga rejissyor kerakmi, O‘ZI?!

Dabdurustdan bunday savol qo‘yish g‘alatiroq tuyulishi tabiiy. Bugun tomosha degani ko‘paygandan ko‘payib, san’at nariroq tursin, ne-ne ma’naviy bang, oldi-qochdi kino, spektakl, serial, klip, shou va hokazolar uchun ham rejissyor degani talabgir bo‘lib turgan paytda bunday savol qo‘yish, albatta, noo‘rindek. Ammo, ne ajabki, bugun bizga rejissyor kerak emas ekan, chog‘i. Aniqrog‘i, o‘z ishini puxta biladigan, spektakl degan hodisani miridan sirigacha yuragidan o‘tkazib, uni rosmana san’at o‘laroq jamiyatga taqdim etadigan yuksak prfessional san’atkor rejissyor kerak emas ekan.

Read more...

QATARdagi XATAR

Yaqinda Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari qo‘shni Qatar davlati bilan diplomatik aloqalarni uzishlarini e’lon qildi. Birinchi bo‘lib Qatar bilan aloqalarni Bahrayn uzdi. Rasmiy Manama Qatarni mamlakat ichki ishlariga aralashishda ayblab chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Manama yonidan Ar-Riyod, Qohira va Abu-Dabi joy oldi. Keyinroq ularga Mavrikiy, Maldiv, Liviya, Yaman qo‘shildi. 6 iyunda esa Iordaniya Qatar bilan diplomatik aloqalar darajasini pasaytirishini ma’lum qildi. Jumladan, Iordaniya o‘z hududida Qatarning “Al-Jazira” telekanali faoliyatini taqiqladi.

Read more...

“Yusell, allo, antiynangiz bor joyga chiqing?!”

Chortoq tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh qishloqlarida mobil aloqa sifati talab darajasida emas. Bu yerda istiqomat qiladigan oqsoqollar kengashib, o‘z vakilini YuSYeLLning Namangandagi ofisiga yuborishdi. Ahvolni o‘rganish uchun yuborilgan kompaniya xodimlari shikoyatni tasdiqlashdi.

Read more...

Poytaxt markazidagi bir binoga olti izoh

Read more...

YIGITDA MAS’ULIYAT BO‘LSIN

Xalqimizda go‘dakligidanoq o‘g‘il bola tarbiyasiga ayricha yondashiladi. Hayotning achchiq-chuchugini his qilib ulg‘ayishi uchun qattiqqo‘llik qilinadi. Murg‘ak vujudiga yigitlik burchlari singdirib boriladi. Ba’zan joni og‘rib turganda ham “O‘g‘il bola yig‘lamaydi” deb dashnom beriladi. Yutug‘ini ko‘rganda esa “Ota o‘g‘il!” deya rag‘batlantiriladi. Ha, yigitlar bor uy tinch, qo‘rg‘on mustahkam. Yigitlar bor xonadonda baraka, shodlik, baxt bo‘ladi.

Read more...

TUNGI MUXBIR REPORTAJI yoxud “ommaviy madaniyat” tomirini oziqlantirayotgan go‘shalar

Yarim tun. Manzilimga tezroq yetib olish uchun taksiga o‘tirdim. Mashinada ikki ayol bor edi. Ularning suhbatini eshitib, “obbo, hazilkashlar-e...”, dedim beixtiyor. Asta-sekin bu hazillar o‘rnini kurakda turmaydigan ehtirosli so‘zlar egalladi. Erkaklardan andisha qilmay aytilayotgan gaplar, og‘zidan anqiyotgan aroq hididan ularning “shaytonlar makoni”(tungi klub)dan qaytayotganini sezish qiyin emas edi.

Read more...

Bola “bola”ligini qilsa...

Odatdagidek, har shanba bog‘chaga boruvchi bolalar uchun “erkinlik kuni”. Bugun ham ko‘p qavatli uyning hovlisi qaqajonlar bilan gavjum. O‘g‘lim ham qo‘shnining ikki bolasi bilan yetaklashib, pastga o‘ynagani tushgan. Barcha uy bekalariga tanish holat: bu paytda qo‘li bo‘shagan aksar onalar uy yumushlarini tezgina bajarib olishga kirishadi.

Read more...

Darveshning choponi

Bugun xalq manfaati oliy qadriyat sifatida ulug‘lanayotgan davrda yashayapmiz. Demakki, elning og‘irini yengil qilish, joylardagi muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish har bir soha mas’ullariga taalluqli. Jumladan, viloyatlardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, o‘ta nosozlarini qayta qurish ham muhim masala. Shu ma’noda biz bir necha yillardan buyon yechimini kutib turgan muammoga e’tibor qaratmoqchimiz.

Read more...

Esdan chiqqan eski gaplar

Gazetamizning 2014 yil 29 yanvar sonida “Yangiobod bozorida...” sarlavhasi ostida maqola chop etilgan edi. Unda poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan “Yangiobod ilgari foydalanishda bo‘lgan mol-mulkni sotishga ixtisoslashgan bozori”dagi behayo disklar sotilayotgani haqida fikr va mulohazalar bildirilgandi. Buni qarangki, oradan uch yil o‘tib yana o‘sha bozorga yo‘limiz tushdi. Ahvol o‘sha-o‘sha. Behayoligu axloqsizlikni targ‘ib qiluvchilar hanuz o‘zlaridan ko‘payib yotibdi.

Read more...

Ham vaqtingizni, ham baxtingizni o‘g‘irlatmang!

Odamzodga berilgan ne’matlar ichida eng buyugi, bebahosi shubhasiz, vaqtdir. Ammo shu buyuk ne’matni foydasiz, koni zarar o‘yin-kulgilaru, nafs istaklariga baxshida etish umrni bekorga sovurish demakdir.

Read more...

“DAVR MEZONI”DA MEZON BORMI?

 

Matbuotimizda fikr o‘g‘irlash, jumla ko‘chirish kabilar odatiy holga aylanganini bilamiz. Ammo kimningdir mehnatini boricha o‘zlashtirib olish birovning tahoratiga namoz o‘qishdek gap, deya tahririyatimizga Surxondaryo viloyati Termiz shahridan yo‘llangan maktub e’tiborimizni tortdi.

Read more...

Ona bo‘lish azobi yoxud tarki odat amri maholmi?

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev shu yilning 5 yanvar hamda 7 fevral kunlari mamlakatimizdagi tibbiyot tizimi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi salomatligini muhofaza qilishga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan zarur fikr-mulohazalar va takliflarni bildirgan edi. Prezidentimizning ushbu soha rahbarlari bilan bir oy mobaynida ikki marta uchrashib, tizimdagi ahvolni keskin tanqid qilgani ko‘pchilikda bundan buyon bu yo‘nalishda ijobiy o‘zgarishlar yuz berishiga ishonch uyg‘otgan edi. Biroq hali ham joylarda bugungi davr talabini chuqur his qilmay, eskicha ishlash uslublaridan voz kecholmayotgan shifokorlarning borligi hayron qoldiradi.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.