Befarqlik kulfat keltirmasin

Yong‘in xavfsizligi kunlari doirasida “O‘ztransgaz” aktsiyadorlik kompaniyasi ham zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ma’lumki, qishning sovuq kunlarida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham yuqori bo‘ladi. Bunday paytlarda avvalo tabiiy gazdan xavfsiz va oqilona foydalanishga e’tiborni qaratish talab etiladi.

Read more...

Niqob ortidagi yovuzlik

Aholini, ayniqsa, yoshlarni turli zararli oqimlar ta’siridan asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar osoyishta va farovon turmushimizning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Read more...

“Sizning televizoringiz”da nimani ko‘rsatishayapti?!

“Odobnoma” o‘qituvchimiz: “Hali katta bo‘lsalaring, oldilaringdan ikki yo‘l chiqadi: biri to‘g‘ri, biri egri. Sizlar to‘g‘ri yo‘lni tanlashlaring kerak”, deya nasihat qilardi. O‘shanda inson aqlli bo‘la turib nega qing‘ir yo‘lni ko‘rmas ekan, deya o‘zimga savol berardim. Endi bilsam, sinovli dunyoda nima to‘g‘ri-yu, nima egriligi haqida kishining vijdonigina hukm chiqararkan. Tanlagan yo‘ling esa sening axloqing, ma’naviy qiyofang orqali belgilanarkan.

Bugun butun dunyoni o‘rgimchak to‘ridek qamrab olayotgan internetga kirganimizda ham oldimizdan yana o‘sha ikki yo‘l chiqadi. Birinchisi, xatarli bo‘lib, unda oltinga teng vaqtingdan ham, qiynalib topgan naqdingdan ham ayrilasan. Ikkinchisi esa ezgu bo‘lib, bu yo‘lda olgan bilimlaringiz o‘zingizga bir kun kelib boylik bo‘lib qaytadi. U axborot olishu ilm egallash uchun katta imkoniyatlar maydonidir. Kishi ongini zaharlovchi axborotlar esa vaqtingni oladi, xolos. Masalan, videomateriallar taqdim etuvchi Youtube sayti. 

Ma’lumki, inson ko‘rish orqali eng katta axborotni oladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda internetda turli videosaytlarning ko‘payishi, videolavhalarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda. Shu kunlarda uz domenidagi saytlarda ma’lum darajada cheklovlarning borligi bois insoniylikka zid turli axborotu videolarni deyarli uchratmaymiz. Biroq shuni tan olib aytish joizki, bugun aksariyat internet ishqivozlari som, ru kabi xorij domenlarini ma’qul ko‘radi. Chunki ularda to‘siq yo‘q. Hammasi oshkora. Biroq o‘sha “oshkoralik” to‘g‘ri kelgan narsani joylash deganimikan? 

Youtube  (inglizcha so‘z bo‘lib, you – sen yoki siz, tube – truba, quvur degan ma’noda qo‘llaniladi. Axborot uzatish ma’nosida esa televizor deganidir.) videomateriallar xostingini taqdim etuvchi Googlening yordamchi dasturidir. Youtubedan foydalanish qulay va ko‘rish osonligi tufayli juda ham mashhur va ko‘ruvchilar soni ko‘pligi bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinda turadi. Uni kuniga 2 milliarddan ortiq kishi tomosha qiladi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etiladi. 2005 yil 15 fevraldan  buyon mashhur video ulashuvchi  vebsayt bo‘lib, unda foydalanuvchilar tasvirlarni  yuklashi, tomosha qilishi va bir-biri bilan baham ko‘rishi mumkin. 

Albatta, buning uz domenidagi muqobili ham ishga tushgan. Bu Mytube.uz saytidir. Biroq u xorijning “yutub”lari bilan raqobatlasha olmayapti-da. Ayniqsa, Youtube.som bilan. Ushbu saytda har qanday mavzudagi videorolikni uchratish mumkin. Kishilarning yegani, ichgani, boqqani, tuqqani, borgani, ko‘rgani, yiqqani, tergani, urgani, xullas, unda joylanmagan ishning o‘zi yo‘q. Har kim o‘zi xohlagan kino, klipiyu hayotiy tasvirlarini joylashi mumkin. 

So‘nggi yillarda bu saytda yurtdoshlarimiz anchagina faollashdi. Ular har soat, har kuni videolarni yangilab borishadi. Aksariyati shov-shuvli yoki yasama videolardir. Ayniqsa, u shou-biznesga aloqador shaxs haqidagi tasvirlar bo‘lsa, bir pasda keng tarqaladi. 

Yutubda to‘ylardagi turli “prikol”larni joylash ham moda tusiga kirmoqda. Hatto xorij to‘ylaridagi ayrim voqealarni ham o‘zimizniki qilib ko‘rsatayotganlar bor. Bularni joylashdan maqsad nimaligini anglash qiyin. Qolaversa, har bir viloyatning o‘ziga xos odati, raqslari bor. Shuningdek, to‘yda turli voqealar bo‘lishi tabiiy. Biroq buni butun dunyoga jar solib ko‘rsatishning nima keragi bor? Bunday tasvirlarni joylashdan maqsad, internetdagi “do‘st”lar oldida ochko to‘plashmi yoki eng ko‘p “layk”ka ega bo‘lishmi? Bundan ham yomoni yutubda o‘ta shaxsiy yoki yashirincha olingan tasvirlarning keng tarqalayotganiyu turli kishilarning so‘kishdan tortib behayo qiliqlarigacha uyalmay joylashtirishlaridir. 

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, internetda turli vahshiylik yoki terrorizmni targ‘ib qilayotgan lavhalar ham talaygina. Misol uchun, yaqinda bir tanishimning aytgan gapi lol qoldirdi. U telegram guruhidan kelgan dahshatli videoni hech qanday hayajonlarsiz gapirib berdi. Qaysidir davlatda mushuklarni urib o‘ldirib, qonini ichish odat ekan. Uning gaplarini eshitib, etim junjikib ketdi. Biroq u hech qanday ta’sirlanmadi ham. Afsuski, bu kabi vahshiyliklarni targ‘ib qilayotgan videolar internet tarmog‘ida kun sayin ortib bormoqda. Yana ham achinarlisi, o‘sha videolar telefonimizda telegram orqali ko‘p sonli kishilarni o‘ziga jalb qilayotir. Bu esa bora-bora jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tayin. Bir paytlar vahshiy kinolarni kattalar “yoshingga to‘g‘ri kelmaydi” deb ko‘rsatishmasdi. Endi kinolar ortda qolib, hayotiy videolar keng tarqalmoqdaki, bu yosh avlodning miyasini zaharlayotgani ayanchlidir. Bu fikrlarimiz bilan saytni butunlay yomonga chiqarib tashlamoqchi emasmiz. Balki unga nimadir joylashdan oldin ommaga qay tarzda ta’sir qiladi. Shu haqda ham o‘ylab ko‘rsak, yomon bo‘lmasdi. 

Bugungi kunda ommani o‘ziga qamrab olayotgan telegram tarmog‘i nafaqat muloqot, balki ayrimlar uchun hayot mazmuniga ham aylanganki, kechayu kunduz uning ichida yashayotganlar ham bor. Bunga esa undagi keng imkoniyatlar sabab bo‘lmoqda. 

Keling, shu o‘rinda internetga tegishli ayrim ma’lumotlarni ham keltirib o‘tsak. Mutaxassislar qirq olti mamlakatda ellik ming kishi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazishgan. Unga ko‘ra Yaqin Sharq, shuningdek, Xitoyda internetdan foydalanuvchilar rivojlangan mamlakatlar aholisidan o‘zib ketishgani ma’lum bo‘lgan. Misr va Saudiya Arabistonining ellik besh foiz aholisi internetga “sho‘ng‘igan”. Birorta Yevropa mamlakati o‘ntalik ro‘yxatga kira olmadi. Rivojlangan mamlakatlar aholisi internetda, asosan do‘stlari bilan suhbatlashadi. Janubiy Amerika, Yaqin Sharq va Xitoyda esa foydalanuvchilar haftada besh soatdan ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi. Qolgan to‘rt soat esa elektron pochta orqali xat jo‘natishga sarflanadi. Rivojlangan mamlakatlarda, aksincha, asosiy e’tibor elektron pochta orqali muloqotga qaratilar ekan. Ijtimoiy tarmoqdan eng ko‘p foydalanadiganlar malayziyaliklar bo‘lib, har bir foydalanuvchining o‘rtacha ikki yuz o‘ttizdan ko‘p virtual do‘stlari bor. Malayziyadan keyingi o‘rinni braziliyaliklar egallab turibdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham axborot texnologiyalari tez sur’atlarda rivojlandi. Aksariyat aholi telefonida internet bor. Shunday ekan, keling, faqat yaxshi axborotu videolarni bir-birimizga ulashaylik. Qaysidir san’atkor yoki birovning qilmishini muhokama qilmasdan, bola-chaqa, yoshlarimiz kelajagi haqida bosh qotirsak, foydali bo‘larmidi?! 

Har qanday ishga kirishmaylik, miyamizda ikki – to‘g‘ri va egri yo‘l turadi. Qay birini tanlash esa insonning ixtiyorida. Tanlov orqali biz kelajagimizni, ertangi taqdirimizni belgilaymiz. Internetdagi ulkan ma’lumotlar bazasidan faqatgina aqliy salohiyatimiz, dunyoqarashimizni kengaytiraylik, azizlar. 

 

Bobur MUHAMMADIEV

FAN BIZNESMI YOKI ILM?

Bu maqolani yozishdan avval ko‘p o‘yladim, shuni yozishim kerakmi yoki yo‘q, degan savolga javob topish oson bo‘lmadi. Oxiri andishaning otini qo‘rqoq qo‘ymaslik lozim, degan dono xalqimizning maqoli ustunlik qildi.

Read more...

BIZ QAYOQQA QARAB KETMOQDAMIZ?

(INTERNET SAYTLARI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MAVZUGA OID FIKRLARNI O‘QIB PAYDO BO‘LGAN  MULOHAZALAR)

Read more...

Tahririyatdan

Oddiy xabardan mualliflarning yurak dupuri sezilib turgan publitsistik maqolalargacha — har bir materialning gazetada chop etilishidan aniq maqsad ko‘zlanadi: biror mavzu yoki masalaga jamoatchilik e’tiborini qaratish, muammolar bo‘lsa, uni xalqona qilib aytganda, bir yoqadan bosh chiqarib, bartaraf etish. Shu bois o‘quvchilar e’tiborini qalblarimizni bezovta qilayotgan biror og‘riqli jihatga qaratar ekanmiz, avvalo, ulardan fikr-mulohaza, munosabat kutamiz.

Read more...

“KO‘CHIRNALISTIKA”: PRESS-RELIZ KO‘CHIRIB OLINGANDA...

Yaqinda Amerikada jamoatchilik bilan aloqalar jamiyati tomonidan ommaviy axborot vositalarining 130 nafar xodimi ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi. Maqsad jurnalistlarning press-relizdan qay darajada foydalanishlarini o‘rganib chiqish edi.

Read more...

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati va OAV: HAMKORLIK, YUTUQ VA MUAMMOLAR

2016 yilning 9 noyabr kuni  O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning huquqiy asoslari va amaliyot:  OAVning rolini oshirish istiqbollari” mavzuida  davra suhbati  tashkil etildi. Davra suhbatini O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi  raisi vazifasini bajaruvchi O‘.Mirzayorov  olib bordi.

Read more...

KAMCHILIKLARGA MUROSASIZ BO‘LAYLIK

Qo‘shiqchilik sohasidagi kamchiliklar yuzasidan matbuotimiz vaqtida munosabat bildirib kelyapti, bu mavzuda joylarda davra suhbatlari, amaliy anjumanlar, tadbirlar o‘tkazilyapti, teleko‘rsatuvlar tayyorlanayapti.

Read more...

Odam savdosi — olam muammosi

Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri bo‘lish bilan bir qatorda, ayrim jiddiy global muammolari bilan bashariyatni xavotirga solayotgani sir emas. Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur o‘ylangan amaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Read more...

“NAG‘MACHILAR” TEGIRMONIGA KIM SUV QUYMOQDA?

Ish vaqtim soat 9:00da boshlanadi. Lekin har hafta payshanba kuni soat 7:00da korxonamiz ostonasidan hatlab o‘tishga odatlanganman. Sababi bitta. Stolim ustida taxlab qo‘yilgan “Hurriyat” gazetasini ikki soat davomida hijjalab o‘qiyman. To‘g‘risini aytsam, o‘sha kuni xushnud kayfiyatda yuraman.

Read more...

Do‘ppidaygina maqola

Yerto‘ladagi eski sandiqni kovlay turib, xuddi bolalik xotiralarimni bir-bir varaqlayotganday bo‘ldim. Unda oyoq-qo‘llari singan “soldatim”, jonajon hushtagim, dadam olib bergan charm to‘pim, yo‘qotib quygan soqqalarim ham bor ekan. O‘h-hu, butun boshli yoshligim shu sandiqqa jo bo‘lgandek go‘yo. Shunda qo‘limga chang bosgan, eski do‘ppim ham ilinib qoldi. Uni ko‘rdim-u, ortimdan bukchaygan belini ushlagancha yuzida tabbasum bilan “do‘ppimni ber, shumtaka”, deya quvlayotgan bobom yodimga tushdi.

Read more...

BERUNIY ESHITMAGAN NAG‘MALAR

O‘zbek san’ati o‘ziga xosligi, ildizi chuqur va mustahkamligi bilan dunyo san’at muxlislari e’tirofini qozongan. Birgina “Shashmaqom” ohanglarini olaylik. Uni tinglaganda Sharqu o‘arb xalqlari birdek mutaassir bo‘ladi. Bu nimadan? Nega “Munojot”ni tinglagan frantsiyalik muxlisning ko‘ziga yosh keladi? Yoxud “Cho‘li iroq”ni olaylik. Nega u yangray boshlasa, millati, tili va e’tiqodidan qat’i nazar, kishilar o‘yga toladilar? Ularni ijro etadigan xonandayu sozandalarning mahorati o‘z yo‘liga. Hamma gap san’atning o‘tmish bilan nechog‘lik aloqadorligida, asrlar silsilasida rivojlanib, sayqallanib kelganligida, uning sohibi bo‘lmish millatning buyuk qalbida bo‘lsa kerak.

Read more...

KO‘RMAY YOZMANG

“Hurriyat”ning 2016 yil 12 oktyabr sonida bosilgan “O‘ylamay gapirgan...” sarlavhali luqmani o‘qidim-u, darhol munosabat bildirishga o‘tirdim. Chunki So‘fi Olloyor jamg‘armasi raisi Ravshan hoji Mirzaevning Surxondaryo viloyat televideniesiga e’tirozlarini tan olgan holda, unga va luqma muallifi Mahmud Abulfayzga aytadigan gaplarim bor.

Read more...

Ixcham va mazmunli o‘tkazaylik

“Hurriyat” gazetasining 2016 yil 12 oktyabr sonida e’lon qilingan A.Azimovning “Aytilayotganu amal qilinmayotgan gaplar” maqolasini qiziqish bilan o‘qib chiqdim.

Read more...

Muammoga xolis yondashuv


Hisob-kitob, mablag‘ aylanishi tizimini tartibga solishda qo‘l keladigan plastik kartochkalar, ularning afzalligi haqida ko‘p gapirildi, yozildi. Yildan-yilga hayotimizga chuqurroq singib borayotgan ushbu muomala vositasi atrofida yechimini kutayotgan muammolar hali yetarli. Oylik maoshlar, pensiya va nafaqalar nega endi yuz foiz kartochkaga o‘tkazilyapti, bozor-o‘char uchun naqd pul ham kerak-ku, degan savolga deyarli har kuni duch kelamiz. Gap shundaki, plastik kartochkaning muomalaga kiritilishi nafaqat naqd pulsiz hisob-kitobni amalga oshirishni, balki mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, moliyaviy tizimni mustahkamlash, inflyatsiyaning oldini olish, naqd pulning bank orqali aylanishini ta’minlashni ham nazarda tutadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I. Karimovning “2011–2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 26 noyabrda qabul qilgan qarori ham mazkur dolzarb vazifalarni bajarishga qaratilgan va shu asosida qayd etilgan yillarda plastik kartochkalar sonini 1,5 baravar ko‘paytirish belgilangan. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashuvi shu yurt fuqarolarining farovon hayoti uchun muhim. Farovon turmush esa osongina osmondan tushmaydi, o‘tish davrining o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bo‘ladi. Iqtisodiy mustaqillikka erishgan davlatlar necha yillik tarixga ega va boshidan nimalar kechirganini yodga olish kifoya. Buni har birimiz to‘g‘ri anglashimiz lozim. Ayni vaqtda yuqoridagi savol ham o‘rinli. Negaki, plastik kartochkada pul bo‘lsayu terminal bo‘lmasa, bu ham ko‘zlangan maqsadlarga ertaroq erishishga monelik qiladi. Axir, ko‘p hududlarda terminalsiz ishlayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari anchagina. Yoki terminalni ishlatish vaqti-soatini belgilab olgan puxtalar ko‘paygan. Uzoqqa bormaylik, Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi hamkasbimizning aytishicha, ishdan qaytayotib kunlik xarid qilinadigan mahsulotlarni olmoqchi bo‘lgan. Ammo plastik kartasida uch million so‘m puli bo‘laturib hech vaqo ololmagan. “Atrofimizdagi nechta do‘konni aylandim, – deydi u. – Birida terminal yo‘q, birida boriyam ishlamayapti, menda esa naqd pul yo‘q. Shuncha pulim bo‘lsayu kerakli narsani ololmasam, deb diqqat bo‘ldim”.

Read more...

ODAM SAVDOSI —QULLIK BALOSI

—Arzimagan sariq-chaqa uchun ertayu kech yelib-yugurish jonga tegdi, xorijga ketaman. Ana mahalladoshim bir yilda o‘zini tiklab oldi. Yana katta-katta to‘ylar qilib, el oldidan o‘tdi. Bugun tagida mashinasi bor...

Read more...

Dunyoni xavotirga solayotgan illatlar

Bashariyatni tashvish va xavotirga solayotgan illatlar borki, o‘z aholisi salomatligini, uning taqdiri va ertangi kunini, ayniqsa, yosh avlod kamolini o‘ylagan har bir mamlakat ularga qarshi kurashni eng dolzarb va global muammolardan deb biladi. Va albatta, insoniyat hayotiga raxna soluvchi unday illatlarni tag-tugi bilan yo‘qotish, bu borada aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, samarali ijro etish ham kun tartibidan tushmaydi.

Read more...

O‘YLAMAY GAPIRGAN...

Ko‘pning huzurida gap aytishdan avval kishi xo‘p mushohada qilishi, aytajak gaplarini tillo tarozida bir-bir tortishi kerak. To‘g‘ri, ayrim amaliy holatlarda ikkinchi bir jo‘yali yo‘l topilmasa, tavakkalchilik ham ish berib qolishi mumkin. Ammo gapni tegsa boshiga, tegmasa yonboshiga tarzida tavakkal gapirib bo‘lmaydi. Nega endi bo‘lmas ekan, deb so‘rashingiz, e’tiroz bildirishingiz ham mumkin. Unda yig‘in, davralarda o‘ylab-netib o‘tirmasdan, tavakkaliga gapirib ko‘ring-chi, qanday bo‘larkan!

Read more...

“KEP QOLING, KEP QOLING, SIGARETA KONFETLAR BOR”

– Buvajon, menga pul bering. Atigi uch ming so‘m, — dedi sakkiz yoshli  nevara yalinchoqlik bilan.

– Xo‘sh, uni nimaga sarflaysan? Bilsam bo‘ladimi? – so‘radi bobo sinchkovlik bilan.

– Sigaret-konfet olaman.

– Qanaqa konfet? Nima deyapsan o‘zi? Sigaret-konfet deganing nimasi?

– Sigaretdaqa sigaret-da!

Bobo bilan nevara yetaklashib do‘konga ketishdi.

Siz ham bu suhbatni o‘qib, hayratlangandirsiz, albatta. Nahotki, bolalarimiz aqlini tanib-tanimay, bobosidan sigaretga pul so‘rashsa? Shuncha shirinlik turib, nega bola aynan sigaret-konfetga ruju qo‘ymoqda? Nahotki, uning ko‘rinishi bolani shunchalik rom etgan bo‘lsa? Uni kimlar ishlab chiqar­yapti? Nima maqsadda?

Albatta, bunday savollarning  paydo bo‘lishi tabiiy.

Keling, ularga javob topish uchun bobo va nabiraga ergashib, ko‘chadagi do‘konlarni aylanamiz.

Buni qarangki, shahrimizdagi ayrim savdo markazlari, do‘konlar va qandolat mahsulotlari sotiladigan ulgurji savdo rastalarida bu singari sigaretnusxa konfetlarni istagancha sotib olishingiz mumkin. Narxi ham arzongina. Ammo 200, 300, 500 so‘mda narxlangan “tamaki”lar qaerda xaridorgirroq bo‘lsa, o‘sha yerda qimmatroq sotilayotgan ekan. Xayriyatki, bu – biz o‘ylagandek o‘sha zararkunanda emas, tamaki ko‘rinishidagi vitaminli shirinlik ekan. Vitamin, xolos!

Ammo bizni endi uning tashqi ko‘rinishi tashvishga soldi. Nega deysizmi? Sigaret ko‘rinishidagi bu uzunchoq, ichida mayda bo‘lakchalardan iborat shirinlik — “555 – Yan Tang” va “555 – Ajom” nomli vitaminlar bolalarning sevimli shirinligiga aylanib ulguribdi. Jumladan, maktab o‘quvchilarini kuzatganimizda, qo‘lida vitaminni xuddi tamaki tutatayotgan kishidek ushlab yurishibdi. Axir ularning yoshi kattaroq akalari, amakilari, otalari ham sigaretni shunaqa tutatishadi-da! Lablari orasiga qistirib, o‘rnak bo‘lishgan-da!

Mutaxassislarning fikricha, inson umri davomida egallaydigan bilimning ko‘p qismini yetti yoshgacha olar ekan. Bugun o‘yinchoq sigaretani labiga qistirib, o‘yin bilayotgan bolakay, ertaga tamaki chekishni tabiiy qabul qilishi aniq-ku! Chunki uning miyasida buni qanday ushlash haqidagi axborot allaqachon shakllanib ulgurgan bo‘ladi.

Mahsulotini shu yo‘l bilan ommalashtirmoqchi bo‘lgan “bilimdon” tadbirkor, nahotki, masalaning bu tomonini o‘ylab ko‘rmagan. Aslida, bu “uchar tadbirkor” kim? Savolga aniqlik kiritish uchun avval mahsulotning yorlig‘ini qidirdik. Afsuski, biror joyida na fabrika manzili va na uning tarkibi yozilgan. So‘ng iste’molchi sifatida mahsulotni keltirib beradigan odamlarni surishtirdik. Bilganimiz, bozordagi ulgurji savdo do‘kon sotuvchisining javobi bo‘ldi: “Taxminan, Olmazor tumani tomonlarda ishlab chiqarishadi...”

Bugun nima iste’mol qilayotganimiz, ularning sog‘ligimizga foyda-ziyoni qanday, degan savollar har bir xaridor va ishlab chiqaruvchi uchun birday muhim, albatta. Farzandlar salomatligi esa eng birlamchi masalalardan biri. Shu bois ularning to‘g‘ri ovqatlanish ratsionini bilish, to‘g‘ri tashkil etish mas’uliyat talab qiladi kishidan. Zero, bolalar oziq-ovqatidagi me’yordan ortiq gazli ichimliklar, fast-fud va qandolat mahsulotlari tarkibidagi shakar miya faoliyatini sekinlashtiradi. Miya faoliyatidagi aminokislotalarni parchalaydi. Biz tilga olgan “vitaminlar”ning esa tarkibi ham noma’lum. Balki, ular farzandlarimiz hayoti va sog‘ligi uchun zararlidir. Qolaversa, mahsulotning ancha arzonligi ham shubha tug‘diradi kishida.

Mamlakatimizda har xil ko‘rinishdagi sanitariya-gigiena talablariga mos keladigan shirinliklar ishlab chiqarilmoqda. Narxi biroz qimmat bo‘lsa-da, sifati kafolatlangan mahsulotni xarid qilish xaridor uchun ham, tadbirkor uchun ham foydadan holi  bo‘lmaydi. Ammo bu mahsulotlar ham sifati, ham qoldiradigan noxush taassuroti bilan biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq, nazarimizda...

Bugun butun insoniyat kashandalikka qarshi kurashayotgan bir paytda ayrim kishilarning o‘ylamay (balki o‘ylab!) qilayotgan ishlariga kim chora ko‘radi? Nahot, bu “egasiz” mahsulot bozor rastalarida bemalol tura­­ver­sa-yu, hech kimni bezovta qilmasa? “Hoy, bu kimniki, qaerdan keldi?” deydigan kimsa topilmasa?!  Bozorlarimiz bedarvoza emasdirov, faqat ularning e’tiborini masalaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishlariga qaratmoqchi edik, xolos.

– Kep qoling, kep qoling sigareta-konfetlar bor.

 Muhammadali MAMADALIYEV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2018
S M T W T F S
1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31

.