“BIR BEDOR YURAKNING EGASIMAN MEN...”

She’riyat soxtalikni ko‘tarmaydi. She’rlarida samimiyat bo‘lishi uchun  shoirning fitratida, tuyg‘ularida  pokizalik bo‘lmog‘i lozim. Demak, shoir so‘zda samimiy bo‘lishi uchun  tili va dili bir bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Sirojiddin Rauf adabiyotimizdagi mana shunday samimiy ijodkorlardan. Uning tuyg‘ulari beg‘ubor, muhabbati, ayni paytda, nafrati ham samimiy. Shuning uchun ham shoir ularni oshkor qilishdan qimtinmaydi.

Read more...

Xalqining fidoyi farzandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev saylovoldi uchrashuvlarida “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” hikmatiga amal qilib, sobiq Ittifoq davrida O‘zbekistonda yurtning eng sara farzandlari, davlat arboblariga nisbatan garchi ular o‘zlari yashagan tuzumga xizmat qilgan bo‘lsa-da, adolatsizlik qilinganini, ularning nomini oqlash sharafli burch ekanini alohida ta’kidlagan edi. Ana shunday tarixiy shaxslardan biri Sharof Rashidov bo‘lib, u o‘z xalqiga va sobiq tuzumga sadoqat bilan xizmat qildi. Lekin uning vafotidan so‘ng qabri ko‘chirilgani, xotirasi behurmat qilingani, oila a’zolari tahqirlangani, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov sa’y-harakatlari bilan nomi oqlanganini alohida hurmat bilan aytib o‘tgan edi.

Read more...

GUNOHGA BOTMAYLIK!

Muborak Ramazon oyida ezgu amallar bajariladi, xayr-saxovatli kishilar mehr-muruvvat ko‘rsatib, yetim-esir, beva-bechoralar holidan xabar oladilar, o‘z xonadonlarida iftorlik qilib, ro‘zadorlarni mehmon qiladilar. Albatta, bu ishlar maqtovga sazovordir. Sababi hadislarning birida: “Kim bir ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga o‘sha ro‘zador ega bo‘lgan savobdan biron narsa kamaytirilmagan holda beriladi”, deyilgan. Ramazon issiq kunlarga to‘g‘ri kelgan mahalda bir ro‘zadorning savobini qo‘lga kiritish katta narsa. Lekin masalaning boshqa jihati ham borki, uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. U ham bo‘lsa, iftorlik marosimlaridagi isrofgarchilik qilish, kimo‘zarga o‘ynash, dabdabaga berilish illatidir.

Read more...

Yurtni kuylagan baxshi

Ushbu terma xalq orasida “O‘zbekiston bulbuli” deb nom olgan Qodir baxshi ijodiga mansub. U 1937 yilda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tavallud topgan. Qodir baxshi oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lib, uch-to‘rt nafar opa-singlisi bo‘lgan. U bilan bir ovulda bir muddat yashaganman, maktabda ham birga ishlaganman. Bo‘lajak baxshi qishlog‘imizdagi 30-maktabda o‘qigan. Uni maktabga onasi olib borgan. Uyga kelganda ham o‘sha xaltasini yelkasidan olmagan. Undan kitobni olib, duch kelgan joyda o‘qib ketaverar ekan. Baxshi haqidagi gurunglarning birida shogirdi Shoqul baxshi shunday xotirlaydi.

Read more...

Tug‘yonli tuyg‘ular tasviri

Halima Xudoyberdieva – o‘zbek she’riyatiga yirik tuyg‘ular, ulkan po‘rtanalarning betakror tasvirini olib kirgan shoira. U  chin ko‘ngil holatlarini tasvirlagan bo‘lsa-da, hech qachon faqat o‘z ko‘ngli bilan andarmon bo‘lib qolgan emas. Chunki uning yuragi Haq va haqiqat, degan ko‘pniki bilan mudom uyg‘unlikda urardi.

Read more...

MA’NAVIY YUKSALISH MEZONI. Taniqli shoir O‘tkir RAHMAT bilan suhbat

Muxbir: — O‘tkir aka, salkam ellik yildan buyon adabiyotimizni e’zozlab, ijod qilib kelyapsiz. Hozir bu soha ayrimlar uchun tirikchilik manbaiga aylanib borayotgan bir paytda eng oliy tuyg‘ularni saqlab qolish, haqiqiy san’at asarlarini yaratish oson emas. O‘tgan asrning yetmishinchi yillar adabiyotini tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha paytdagi navqiron avlod orasida sizning ham nomingizni ko‘ramiz. Keling, suhbatimizni insonning orzu qilish qobiliyati, xayolot dunyosi, umuman, she’riyat va qalb tarbiyasidan boshlasak...

Read more...

Xonandaning burchi — samimiylik

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar aniq va qat’iy maqsadlarga qaratilgan. Ya’ni odamlarni rozi qilish, ularning ertangi kunga ishonchini mustahkamlash, ongu tafakkurini o‘zgartirish, Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish – ustuvor vazifalarimizdan biridir.

Read more...

MUBORAK RAMAZON OYINING MOHIYATI

Mustaqillik ne’mati bois, alhamdulillah, yurtimizning har bir go‘shasi kundan-kunga yangicha chiroy ochmoqda. Hur diyorimiz musulmonlari mana yigirma olti yildirki, mustaqillik sharoitida erkin nafas olayotganliklaridan Alloh taologa cheksiz minnatdorchilik izhor qilib, doimiy ravishda hamdu sanolar aytmoqda. Vatanimiz mustaqilligi yildan-yilga mustahkamlanib, O‘zbekistonimiz xalqaro miqyosda o‘zining munosib o‘rnini egallab, xalqimizning turmush darajasi, el-yurt farovonligi yanada ravnaq topmoqda. Ayniqsa, hukumatimiz rahbariyati musulmonlarning diniy marosimlarini, ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun lozim bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

Read more...

KITOBDAN YAXSHI DO‘ST BO‘LMAS

Joriy yilning 25-27 may kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida respublika “Kitob bayrami” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Read more...

Daxldorlik hissi

Ayni kunda Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilanishlardan har birimiz faxru g‘ururga to‘layapmiz. Keng ko‘lamli bu bunyodkorlik, obodlik va farovonliklar albatta, butun xalqimiz, inchunun, har birimizning hayotimizga bevosita daxldor, aloqador desak yanglishmaymiz. Alalxusus, yaqinda mamlakatimiz janubiy darvozasi sanalgan Termizga borib, u yerdagi ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, ko‘ngildan shu gaplar kechdi.

Read more...

OLTIN TAXTNI O‘ZIMIZ YARATAMIZ

Rivoyat qilishlaricha, jannatda bir oltin kursi bo‘lib, u eng yaxshi qaynonaga atalgan emish. Biroq, qarangki, odamzod paydo bo‘lgandan buyon bu kursiga munosib qaynona topilmabdi. Hatto Havvo onamiz, payg‘ambarlarning, avliyolarning, solih bandalarning onalari ham bu oltin kursiga ega bo‘lisholmabdi.

Read more...

MA’NAVIYATIMIZ UCHUN ENG KERAKLISI...

Til – millatning  ruhi, hech kimga o‘xshamagan o‘zligi va ma’naviy mulki. Dunyoda shunday tillar ham borki, allaqachon tarixga aylangan. Xususan, lotin, sanskrit tillaridan faqat yozma yodgorliklar qolgan. Bizning ona tilimiz esa ming yillar qa’ridan yetib kelib, bugun ham bizga xizmat qilmoqda. Uning juda boy va go‘zalligi haqida istagancha gapirish mumkin. Zero, bu tilda ifodalab bo‘lmaydigan fikr yoki tuyg‘uning o‘zi yo‘q.

Read more...

Azaliy rasm-rusumlarda hikmat bor

Har bir xalqning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari bor, ular turli vositalar bilan kelajak avlodga meros qilib qoldiriladi. Urf-odat, an’ana va udumlar bizga ota-bobolardan qolgan ana shunday ma’naviy merosdir. Bunday tushunchalar yillar mobaynida ajdodlarimizning dunyoqarashi, hayotining negizi sifatida vujudga kelib, ongu shuuridan chuqur joy olgan qadriyatlardir. Ularni qanchalik asray olyapmiz yoki ularga qay darajada amal qilyapmiz, buni bugungi hayotimiz aks ettirib turibdi.

Read more...

“Boysun bahori”da QADIM OHANGLAR JILOSI

Mustaqillik yillarida milliy madaniyatimiz, san’atimiz tarixini o‘rganish va yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar qilindi. Xalqimizning qadim an’analarini o‘zida mujassam etgan milliy folklor san’atiga bo‘lgan e’tibor ham  o‘tgan yillar mobaynida kuchaydi. Folklor va etnografik jamoalarining moddiy ahvoli yaxshilanib, ular ishtirokida turli festivallar tashkil etildi.

Read more...

Sizni sog‘indim, dadajon! (Yo‘lakdan topilgan xat)

Tashqarida yomg‘ir yog‘yapti.Turli-tuman mashinalar, avtobuslarning keti uzilmaydi. Ko‘cha to‘la soyabonlar xuddi rang-barang qo‘ziqorinlarga o‘xshaydi. Avtobuslar bekatda to‘xtab o‘tadi. Ana, yana bitta avtobus kelib, to‘xtadi. Eshik ochilib, yo‘lovchilar tusha boshladi. Hamma bir zumda atrofga tarqalib ketdi. Faqat bir shlyapali kishi shoshilmasdan ko‘p qavatli uy tomon yurdi. Tezroq yursa bo‘lmasmikin? Ivib ketadi-ku!

Read more...

Yurgan yo‘llaringda kitoblar bo‘lsa...

Yaqinda tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun Toshkent tibbiyot akademiyasiga bordim. Tushgacha tekshiruvdan o‘tib olib, ishga ham vaqtida ulguraman, deb o‘ylagandim. Ammo xayolim puchga chiqdi. Shifoxona to‘la odam — navbatning keti ko‘rinmaydi. Buning ustiga bunday talato‘pda navbat talashib bezor qilgan bemorlarning shovqinidan sog‘ odam ham kasal orttirishi hech gap emas.

Read more...

TOG‘ QACHON UYG‘ONADI?

Yaqinda besh yoshli o‘g‘lim hovlida o‘rgimchakni ko‘rib, hovliqib qoldi: “Oyi, oyi! Shu o‘rgimchak meni chaqsin!” Astag‘furulloh, shunaqayam sovuq istak bo‘ladimi? “O‘g‘lim, nega unday deyapsan?” dedim bu niyatning tagida bir gap borligini sezib. U “Kinoda bir yigitni shunaqa hasharot chaqadi. Keyin u “super odam”ga aylanadi. Men ham “super odam” bo‘lmoqchiman” deydi. Farzandimning bu fikridan gangib qoldim. Avvalroq bir tanishimdan o‘g‘li “Jumongning qilichini olib bering” deb bozor o‘rtasida dod solgani haqida eshitgandim. Nega zurriyotlarimiz ajnabiy o‘rgimchaklaru, Jumonglarga intilayapti? O‘zimizda havas qilsa arziydigan, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan qahramonlar yo‘qmi? Yoki biz o‘z bolalarimizga ularni tanita olmayapmizmi? Folklorshunos olim, filologiya fanlari doktori Shomirza Turdimov bilan shu mavzular atrofida gurunglashdik.

Read more...

Ot o‘rnini toy bosar...

Suratda: Zarina, Dilorom va Botir O'zbekovlar. 2011-yil

Vatan tuyg‘usini har bir inson o‘zicha anglaydi. Uning taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi har bir yurtdoshimizning yuragidan mustahkam joy olgan. Yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida jonini fido qilgan insonlarni yodga olish, ular xotirasiga hurmat bajo keltirish insoniy burchimizga aylangan. Bunday jasur o‘g‘lonlar bugun oramizda bo‘lmasa-da, ular sadoqat timsoli sifatida xalqimiz qalbida ibrat bo‘lib qoladi.

Read more...

Dabusiya shahar bo‘lgan

Zarafshon daryosi sohilida, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududida joylashgan Dabusiya qal’asi haqida keyingi paytda ko‘p gapirilmoqda. Bundan uch yil burun yaponiyalik arxeologlar bu yerda qazishma ishlarini olib bordi. Shu bois mushtariylarga bu qadim qal’a haqida yangi ma’lumotlarni berib o‘tmoqchimiz.

Read more...

QIZ QO‘SHIG‘I

Anchadan buyon “GULAG mahbuslari she’riyati” kitobini izlar edim. Sababi, bu asarda o‘zbek shoirlaridan biror kishi bormikan, degan ilinj meni tinch qo‘ymas edi. Go‘yo nazarimda Cho‘lpon yoki boshqa o‘zbek shoirlari  haqida bir narsa bordek tuyulaverardi...

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.