YO‘L-YO‘LAKAY...

Yo‘lga chiqdingizmi, albatta, gurung beradigan biror hamroh topiladi. Mavzular — turli bo‘lsa-da, hayotga doir. Ba’zan, bahsga ham aylanib ketadi.

Read more...

O‘ZLIK SARI CHORAK ASR

Bu voqeaga ancha bo‘lgan. 1987 yilda Hindistonga borish nasib etgandi. 

...Kalkutta aeroportida qop-qora, biroq ko‘zlari yonib turgan ozg‘in bolakaylarning sadaqa so‘rab qilgan iltijolari hanuz ko‘z o‘ngimda. Nazarimda hindlar o‘z mustamlakachilari bo‘lmish inglizlarga xayrixohdek tuyuldi. Negaki, Kalkuttadagi Ashok mehmonxonasida bizga xizmat qilayotgan hind mulozimlari daf’atan restoranda inglizlar paydo bo‘lishganida ular huzuriga yugurib borishdi. Ular bizni unutishgandi, o‘sha dam.

Read more...

JAMIYATNI HALOKATDAN QUTQARUVCHI KUCH

2016 yil alohida ahamiyatga molik yil sifatida O‘zbekiston tarixida muhrlanib qoladi. Chunki bu yil xalqimizning uzoq yillar davomida orzu qilib kelgan davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilganiga yigirma besh yil to‘ladi. Ko‘p ming yillik jahon tarixi, 3 ming yillik milliy davlatchiligimiz tarixida chorak asr ummondan tomchi, arzimas muddatdek.

Read more...

TEATR: sahnada hayot haqiqati

“Hozirgi kunda jamiyat oldida turgan eng asosiy vazifalar: odamlarni hayotga aql ko‘zi bilan qarashga o‘rgatish — “ratsionalizatsiya” bilimli, ma’naviy yetuk inson bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish — “intellektualizatsiya”, shuningdek, eng muhimi — diniy aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonmay, hodisaning mohiyatini ongli tarzda tushunib yetishini — “demistifikatsiya”ni ta’minlashdan iborat” — deydi nemis sotsiologi Maks Veber.

Read more...

OFTOB

 

Urushdan keyingi yillar edi, – deya so‘ylardi momom. – Ko‘p odamlar janggohlardan yarador bo‘lib qaytgan. Qimmatchilik. Onam bir parcha non topish uchun daladan beri kelmaydi. Otam qo‘ltiqtayoqda qadam bosadi. Kechasi bilan janggohlarda birga bo‘lgan do‘stlarini chaqirib, bosinqirab chiqadi. Urushda o‘ng oyog‘idan ayrilib qaytganlari xayolidan ko‘tarilib, telbalarcha, u yoq-buyoqlarini paypaslab ko‘radi. Uyqudan ko‘zlarini ochganida esa “xayriyat-e, bu tush ekan”, deb tashqariga otiladi. Bog‘ etagiga tushib, onasidan xafa bo‘lgan boladay o‘pkasini tutolmay piqillab yig‘laydi. Shunday paytlarda u kishiga tasalli berishga hech kimning yuragi dovlamasdi. Hukumat otamni hamma bayramlarda yo‘qlab turgan bo‘lsa, hech birimiz ko‘ngillariga botadigan ish qilmasak, nega buncha siqilarkan, deb ko‘p o‘ylardim. Keyin bilsam, badbaxt urush tufayli ishga yaroqsiz bo‘lib qolganidan, jo‘jabirday jonni boqish mushtipar onam bo‘yniga tushganidan azob chekar ekan. Barcha ojizliklari, zaifliklarini yopish uchun ustachilik qilib, butun ovulning hojatini chiqarardi. O‘roqni chap tizzasiga qo‘yib peshlar, pichoq sopini esa o‘zlari yasardi. Faqat ketmonga dasta solishga biroz qiynalardi. Xuddi birov “qo‘y, bu ish qo‘ling-dan kelmaydi”, deb mayib-majruhligini yuziga solayotganday qasdma-qasdiga ishlardi. 

Read more...

Maftuningman, Samarqand!

Betakror sayqali ila ro‘yi zaminni maftun etgan Samarqand ijod ahli uchun ham tuganmas ilhom manbai hisoblanadi. 

Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek kabi o‘nlab daholarga beshik bo‘lgan bu shaharda so‘z mulkining sultoni Hazrat Mir Alisher Navoiy ham saboq olib, kamolga yetgan!

Read more...

BOLADA HAM QALB BOR yoki o‘zbek multiplikatsiyasi haqida o‘ylar

Bugun ommaviy axborot vositalari, radio-televidenieda animatsion filmlar mavzusida ko‘p gapirilmoqda, maqolalar chop etilmoqda, turli shoularu bahslar uyushtirilyapti. Ba’zan biri ikkinchisini mutlaqo inkor etadigan mulohazalar bildirilmoqda. Bu kishini bir qadar mamnun etadi, albatta. Zero, hamma zamonlarda ham san’atning biror sohasiga alohida e’tibor, kuyunchaklik bilan munosabatda bo‘lish o‘zining ijobiy samarasini bermay qolmagan, oxir-oqibat haqiqiy san’at durdonalari yaratilishiga turtki vazifasini o‘tagan. 

Read more...

Ulug‘lar sabog‘i

EZOP MASALLARIDAN

Read more...

Nazokat ramzi

Har bir shoirning “xarakteri”ni ifodalovchi o‘z so‘zlari bo‘ladi. Ularning nozik uslublarini ishoralari orqali uqib olamiz. Biroq asarning o‘ziga xosligini talqin qilishdan oldin, muallif ijodidagi yangi so‘z, ibora va tasvir vositalarini yurakdan o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.

Read more...

QALB QUSHINING SADOSI

Ijodga oshna bo‘lgan odam hech qachon qarimaydi. Buni men jahon adabiyoti klassiklari, o‘zimizning taniqli adiblar asarlarini mutolaa qilib, ko‘p bora dildan his qilganman. Ular jismonan yoshi ulg‘aysalar-da, lekin aqlan yoshlarday navqiron ijod qilaveradilar. Bunday ijodkorlarning qalblarini hamon otash muhabbat o‘tlari «yondiraveradi», hayotning chigal muammolari qiynayveradi, kurashlarga tushayotgan polvonlarday jo‘shib-jo‘shib yozaveradilar. Aql hech qachon qarimaydi.

Read more...

Tolening kulgan davri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan «Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009—2014 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilgan tadbirlar o‘zining beqiyos samaralarini berdi. Joylarda qad rostlagan musiqa va san’at maktablari mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarning beqiyos ifodalaridan biri sifatida hammaga qadrli. 

Read more...

Shu Vatanga men ham fidoman

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini gazetadan o‘qib, qalbimda faxru g‘urur jo‘sh urdi. Undagi har bir so‘z, barcha yurtdoshlarimiz sidqidildan bajarishi lozim bo‘lganmas’uliyatli va sharafli vazifalar menga ham daxldor ekanini angladim.

Read more...

“YURTIM DEGAN YUTQAZMAS, BOLAM...”

Farg‘onada viloyat nomi bilan ataluvchi bu tumanning har bir maskani ko‘ngilga yaqin, xushmanzara va saxovatli. Bu yurt odamlari yuzidan ham ana shunday dilbarlikni ilg‘ab olasiz. Farg‘ona tumanining so‘lim va maftunkor Log‘on qishlog‘i ahli istiqlolimizning 25 yillik tantanasini yangi maqsadlar va yutuqlar bilan qarshi olmoqda. Ayni dam “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan qutlug‘ shiordan log‘onliklar ham olam-olam ma’no topmoqda. Qishloq nuroniylari esa saodatli kunlar shukronasini bugungi avlod vakillariga bot-bot ta’kidlashdan tolmaydilar.

Read more...

Vatan sog‘inchi

Mazmun-mohiyati bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan bu so‘zlar zamirida tengsiz ma’no mujassam. Inson tirikligi, barhayotligi, imonu e’tiqodi, yashashdan maqsadi — bari-bari mana shu iboralarda zohir. Zero, Vatanini,  xalqini sevgan, kindik qoni tomgan diyorini qutlug‘ orzular, ezgu niyatlar ummoniga cho‘miltirib yashagan odam baxtli.

Read more...

Tinch va osuda hayot kafolati

Tinchlik bo‘lsa,  baxt, saodat, farovonlik va taraqqiyot bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz. Buning uchun tinchlikning qadr-qimmatini yaxshi anglamog‘imiz, uni asrab-avaylamog‘imiz, himoya qilmog‘imiz lozim.

Read more...

Tafakkur sarhadlarida

O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida bugunga kelib, 70 mingdan ziyod noyob durdonalar saqlanmoqda.

Eksponatlar turiga qarab, muzeyda O‘zbekiston tasviriy san’ati, xalq amaliy san’ati, Sharq mamlakatlari san’ati va Rossiya — o‘arbiy Yevropa san’ati bo‘limlari tashkil qilingan.  Zaldan-zalga o‘tarkanmiz, ko‘nglimizda shukuh, hayrat va hayajon ortib boraverdi.  

Read more...

“Xitoy bilan do‘stona munosabatlarimizni yuksak qadrlaymiz”

Bugungi kunda Xitoy ulkan iqtisodiy, innovatsion va intellektual salohiyatga ega davlat sifatida jahon iqtisodiyoti va siyosatida haqli ravishda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. O‘zbekiston Xitoy bilan strategik sheriklik hamda o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni yuksak baholaydi va qadrlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning shu yil 21 iyun kuni mamlakatimizga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, 23-24 iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida erishilgan muhim kelishuvlar buning yana bir yaqqol tasdig‘i bo‘ldi.

Read more...

Tasvirlarda istiqlol madhi

O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi Isfandiyor Latipov bilan suhbat 

Read more...

“Tog‘ kesib yo‘llar solur chindan bu kun Farhod — vatan”

Men, yo‘l odami bo‘lsam kerak... Juda kichikligimdan – o‘n kunligimdan Samarqand tarafga safar qilganimiz haqida aytib berishgan. Yetti yoshimda og‘rib qolganimni eslayman. O‘sha zamon tibbiyoti davolashdan ojiz qolgan va kimningdir maslahati bilan meni bobolarim mangu bosh qo‘yib yotgan Samarqandga olib kelganlar. Dovondan o‘sha paytda “guruz-taksi” deb ataladigan ulovda o‘tganmiz.

Read more...

E’tiqod erkinligining toza havosi

Bugun jahondagi butun musulmon olami, shu jumladan, mamlakatimiz ahli ham mehr-oqibat, shukronalik va xayr-saxovat ayyomi sanalgan Ramazon hayitini katta quvonch bilan kutib olmoqda. Erta sahardan bayramona kiyinib, jome machitlariga yo‘l olgan mo‘min-musulmon yurtdoshlarimiz hayit namozlarini bajo keltirib, Vatanimizning tinch-osoyishtaligi va obodligi, dasturxonlarimizning to‘kinligi-yu, hayotimizning farovonligi uchun Yaratganga cheksiz shukronalar keltirdilar.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASLNI SOXTADAN AJRATISH FURSATI KELDI

2017-12-14 12:02:58

FAXRIYLAR E’TIBORDA

2017-12-14 11:54:51

“MUSTAQIL JURNALIST” KIM O‘ZI?

2017-12-14 11:56:37

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.