“OTASIGA RAHMAT!”

— My lovely grandmother, how are you? I love you, — deya Marjonaxon buvisining bo‘ynidan mahkam quchoqladi va ko‘chaga yugurib ketdi.

— Voy, tillaringdan o‘rgilay, buncha shirin gapirmasa, voy, bo‘ylaringga jonim qoqindiq, — dedi Rohila aya nabirasini kuzatib qo‘yar ekan, qo‘shnisiga mamnuniyat bilan qarab.

— Qo‘shni, nabirangiz nima dedi o‘zi? Ancha tushunib qolibsizmi ingliz tilini? — dedi qo‘shnisi jilmayib.

— Tushunaman-da... Sevimli buvijonim, yaxshimisiz, men sizni yaxshi ko‘raman dedi-da, o‘rgilay. Nabiramning dars tayyorlashini har kuni kuzatib o‘tiraman. Qiziqib ketganimdan ko‘p so‘zlarni o‘rganib ham oldim. O‘qituvchisi biram yaxshi-ey, biram mehribon-ey. Otasiga rahmat, qizimga alohida e’tibor berib, ancha narsa o‘rgatdi.

Ko‘cha-ko‘yda ingliz tilida “chug‘urlashib” ketayotgan qaqajonlarni ko‘rib faxrlanib ketasan kishi. Bobo-buvilar, ota-onalarning quvonchini-ku tasvirlash qiyin. Darhaqiqat, bugun jonkuyar ustozlar sharofati bilan chet tillarini biladigan, bemalol gapira oladigan yoshlar soni ortib bormoqda. Mana shunday o‘z kasbining fidoyilaridan biri Manzura Begimovadir.

Ustozlarning murg‘ak qalblarga chizgan naqshi bir umrga muhrlanadi va hayotning har jabhasida bo‘y ko‘rsataveradi. Maktab sari qo‘yilgan ilk qadamlar hayajonga to‘la bo‘ladi. Shu sababli birinchi o‘qituvchimizni doim eslaymiz, e’zozlaymiz. Qo‘llarimizdan ushlab sabr bilan o‘qishni o‘rgatgan, har qanday xarxashayu, bolalikning sho‘xliklarini o‘z o‘rnida qabul qilib, farzandidek ayagan ustozlarimizning hayotimizdagi o‘rni beqiyos, albatta.

Yosh bolaga nimanidir o‘rgatish, nimagadir qiziqtira olish juda mushkul. Endigina o‘yinchoqlaru turli o‘yinlar og‘ushidan chiqib kelgan bola, albatta, birdan intizomli, bilimli bo‘lib qolmaydi. Bu natijaga erishish uchun o‘qituvchidan katta mahorat talab etiladi. Unga o‘zining tilida gapirish, mehribonroq, shirinso‘zroq bo‘lish, bilmaganlarini sekin-astalik bilan tushuntirish uchun o‘qituvchiga anchagina matonat kerak bo‘ladi, albatta. Manzura opa ana shunday matonat egasi. Uning darsida bolalar o‘zlarini erkin, uylarida o‘tirgandek his qiladi. Darsda muloqot ingliz tilida olib boriladi.

— Chet tilini mukammal o‘rganishga ahd qilgan bolajonlarning ko‘zlaridagi ishonch menga shijoat bag‘ishlaydi, — deydi Manzura Begimova. — Davlatimiz tomonidan ingliz tili o‘qituvchilariga yaratilgan imkoniyatlarga, bildirilgan ishonchga munosib bo‘lishga harakat qilyapmiz.

Bugun yurtimizning chekka-chekka tumanlarida, qishloqlarida ham ta’lim muassasalari zamonaviy texnologiyalar bilan ta’mirlanib, o‘qish-o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Manzura Begimova ham Koson tumanidagi 85-maktabda boshlang‘ich sinf­larga dars beradi. U 1993-1998 yillarda Sa­mar­­qand davlat chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetida o‘qib, tumandagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi litsey-internatga ishga qabul qilingan. Qobiliyatli, yosh mutaxassis tez orada yaxshi o‘qituvchi sifatida tanildi. Faoliyati davomida o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishlari va izlanishlari tufayli ko‘plab fan olimpiadalariga o‘quvchilarini tayyorlab, yuqori natijaga erishdi.

Ustoz uchun o‘quvchilarining yuksak marralarni egallayotgani, olimpiadalarda zafar quchayotganini ko‘rish katta baxt. 2015-2016 o‘quv yilida uning o‘quvchisi Sevinch Hayitova “Mitti olimpiada”ning tuman bosqichida qatnashib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Manzura Begimova nafaqat boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi, balki namunali trener sifatida ham hamkasblari orasida o‘z o‘rniga ega. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining trener-o‘qituvchilar tayyorlash kursini namunali tamomlab, sertifikatga ega bo‘ldi. U ingliz tili trener-o‘qituvchisi sifatida 2013 yil aprel oyidan to hozirgi kunga qadar yosh mutaxassislarga “Boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘qitish metodikasi”ni o‘rgatish yuzasidan trening kurslarini o‘tib kelmoqda. Uning kurslarini tuman ingliz tili o‘qituvchilari orziqib kutadi. U har mashg‘ulotda o‘quvchiga yanada samaraliroq, yanada sifatliroq dars o‘tishning yangicha metodlarini hamkasblariga o‘rgatishga harakat qiladi. O‘zi o‘rgangan, qo‘llab kelayotgan metodlarni boshqalarga ham ilinadi.

Yurtimizda hech bir mehnat, jonkuyarlik rag‘batsiz qolmaydi. Manzura Begimova o‘tgan o‘quv yilida qilgan sa’y-harakatlari va izlanishlari tufayli “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shukurki, mamlakatimizda mana shunday kamolotga yetaklovchi mehridaryo, intiluvchan ustozlar ko‘p. Demak, kelajak avlodning istiqboli porloq, ertasi charog‘on.

 Shohsanam KOMILOVA,

“Hurriyat” muxbiri

MA’NAVIY JASORAT IBRATI

 


Odatda, «jasorat» deganda biz Vatan himoyasi yo‘lida yoki turli ekstremistik qora kuchlarga qarshi kurashda favqulodda fidoyilik ko‘rsatganlarni tushunamiz. Yurtboshimiz asarlarida esa insoniy jasoratning yangi bir talqini yaratilgan. Bu ma’naviy jasorat masalasidir.

Read more...

YASHARAYOTGAN KO‘KOTA yoxud Narpay tumanida amalga oshirilayotgan savobli ishlar xususida

Ko‘kota ziyoratgohi tuman hududidan o‘tadigan Katta O‘zbek traktiga yaqin yerda joylashgan. Qishloq oralab  borar ekanmiz, ko‘chaning ikki tomonida oqlab-bo‘yalgan, darvozasi oldi anvoyi gul va rayhonlar qulf urib o‘sib turgan xonadonlar ko‘zga tashlanadi. Hammayoq saranjom-sarishta, ravon yo‘l bizni to‘ppa-to‘g‘ri Ko‘kota qadamjosiga olib bordi. Ulug‘vor masjid, uning yon-atrofida tiklangan imorat, yo‘lak, chiroyli shaklda barpo etilgan gul va maysazorlar, hali ohori ketmagan ayvon, o‘rindiqlar, tanga huzurbaxsh salqinlik beruvchi sarhovuz, yerga to‘shalgan bezakli plitalar, zamonaviy uslubda barpo etilgan devor hamda panjaralar, naqshinkor ustunlar bu yerda katta bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganidan darak beradi.

Read more...

Qiz bola — misoli oq qand

Momolarimizning shunday so‘zlari bo‘lardi – qiz bola misoli oqqand. Gard tegsa darrov bilinadi. O‘sha joyini qirsang, kemtik bo‘lib qoladi, yuvsang erib ketadi. Shuning uchun qog‘ozga o‘rabgina asrash kerak...

Read more...

ASH'ORI ESH, QOBIL IJODKOR

Anchadan beri Eshqobil Shukur haqida bir so‘z aytgim keladi, nimadir deyish, yozishga o‘zimni burchdor, qarzdor sezaman. Uning ko‘p qirrali ijodini kuzatib kelayotganimga o‘ttiz yildan oshdi, axir. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, nosir, publitsist Eshqobil Shukur allaqachon jamoatchilik e’tiborini qozongan.

Read more...

STRIT-ART YOXUD MENING KO‘NGLIM BALODIR...

San’at odam bolasi bilan birga tug‘iladi. Botinida san’atning cho‘g‘i bo‘lmagan inson yo‘q hisobi. Bolaligimizda qo‘limizga tushgan novdami, tosh yo sopol sinig‘i bo‘lsin, ko‘cha yuzasini turli-tuman suratlarga to‘ldirib, devorlarning qo‘limiz yetmas joylargayam oyoqda tik turib, rasm chizganlarimizni eslasam, san’atga oshuftalik har murg‘ak qalbida boychechakdek mo‘ralab turishiga amin bo‘laman.

Read more...

Kiyimingiz yarashiqlimi, o‘g‘lonlar?

So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida kiyinish madaniyati to‘g‘risida ko‘plab maqolalar yozilib, ko‘rsatuv va eshittirishlar berilayotir. Ularning aksariyatida qizlarning kiyinishi “nishon”ga olinmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Bugun barcha yigitlar ham kiyinish madaniyatiga amal qilyaptimi? Ular egnidagi  libosiga bir qur nazar solib, qanday kiyim kiyayotganligi xususida fikr yurityaptimi?

Read more...

ADABIYOT — KO‘NGIL FANI

O‘ZBYEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI RAISI, XALQ YOZUVCHISI MUHAMMAD ALI BILAN SUHBAT

Read more...

SAODAT TIMSOLLARI

Jaloliddin Rumiy hazratlari aytganidek, dilga singdirilgan ilmgina kishiga yor bo‘lib, unga haq yo‘lida hamroh bo‘ladi. Aksincha, tanga singdirilgan bilim ilon kabi kishining kibrini orttirib, sohibini yo‘ldan ozdirishi ham mumkin.

Read more...

DAVR TALABIGA HAMOHANG KITOB

Xalqimizda "To‘yga to‘yona bilan" degan hikmat bor. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz Mustaqillik kunining chorak asrlik tantanalari arafasida sotsiologiya fanlari nomzodi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matiboevning yigirma beshta maqoladan iborat "Ijtimoiy hamkorlik – millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash vositasi" kitobi chop etildi.

Read more...

EVRILISH

Bir insonni fikridan qaytarish yoki o‘z haqiqati bo‘lgan shaxsning qarashlarini o‘zgartirish oson emas. Chunki inson o‘z maslagidan voz kechishi, bosib o‘tgan yo‘lini, yashash tarzini inkor etishi, men adashibman, deya osongina tan olishi hazilakam gap emas. Bu qalb va iroda bilan kechadigan jarayon. Axir, umr davomida singdirilgan mafkurani yangilashning o‘zi bo‘lmaydi-da!

Read more...

KOSONNING «FASON» MANZILLARI

Meni ulg‘aytirgan ko‘chalar, murg‘ak qalbimda hayotga, ilm-fanga muhabbat uyg‘otgan maktabimni har safar ko‘rganimda yuragimning tub-tubida ajib tuyg‘ular jo‘sh uradi. Bugun ham shunday his-tuyg‘ular og‘ushidaman. Istiqlol sharofati bilan yurtimizning har go‘shasi obod, nurafshon. Biz yoshlar davlatimizning, Yurtboshimizning mehrini, g‘amxo‘rligini his etib yashayapmiz, olg‘a intilayapmiz.

Read more...

SHUL ERUR BAXTING SENING...

Tasavvur qilaylik: bir mo‘’jiza ro‘y berib mavlono Muqimiy tirilib qolsa-da, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qo‘qon shahrini, sayohatnomalarida ta’riflagan qishloqlarni bugun bir aylansa. Qay ahvolga tushar ekan? Mashhur asardagi Ivan Grozniyga o‘xshab hayratlanib ketarmidi? Yoxud bugungi avlodlari aqlu farosatidan, bunyodkorlik salohiyatidan mamnun bo‘lib sayohatnomalarini yirtib tashlarmidi? Harqalay shunday bo‘lardi. Chunki mavlono Muqimiy sayohatnomalarida tilga olgan Ultarma, Do‘rmoncha, Roshidon, Oltiariq, Chimyon, Vodil, Yaypan, Nursux, Beshariq, Rapqon kabi qishloqlarning kamchiliklarini kuyunib yozgan, bu joylar qachon obod bo‘lar ekan, deb orzulangan.

Read more...

Maqsadlar mushtarak – yo‘llar mushtarak

Bugun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yoshlarni yurt ravnaqi yo‘lida  birlashtirish bilan birgalikda, ulardagi iste’dodni yuzaga chiqarish borasida asosiy ko‘makchiga aylanib ulgurdi. Minglab o‘zbek o‘g‘il-qizlarini atrofida jamlagan tashkilot yurtimiz bo‘ylab ijodiy loyihalar, turli ko‘rik-tanlovlar, yirik festivallarni o‘tkazib kelmoqda.

Read more...

BOQIY ASARLAR

O‘zbek Milliy akademik drama teatri o‘tgan mavsumda “Alisher Navoiy”, “Kuzgi maktublar”, “Ko‘ngil”, “Qizil olma” kabi sahna asarlarini tomoshabinlar hukmiga havola etdi. Xususan, “Alisher Navoiy” dramasi muxlisu mutaxassislar diqqat markazida bo‘ldi deyish mumkin. Buning sababi bor, albatta. Yetmish yil avval yaratilib, uzoq yillar sahnada namoyish etilgan asarning otaxon teatrimiz sahnasiga qaytishi ulkan voqeadir...  O‘tgan mavsum taassurotlari, namoyish etilgan spektakllar xususida taniqli adabiyotshunos va san’atshunos olim Shuhrat Rizaev mulohazalari bilan qiziqdik.

Read more...

Zinnura abiyning degani

– Oilamiz bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelganimizda besh yoshda edim. Bolaligim Xatirchi tumanida o‘tgan. O‘sha kezlardayoq murg‘ak qalbim bilan bu yurtning odamlari mehr-oqibatli ekanini his qilganman.

Read more...

Mening Mustaqilligim

Mustaqillik bu — avvalo huquq ya’ni o‘z yurtining egasi bo‘lish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, ozod va baxtli yashash huquqidir.

Mustaqillik bu — erkinlik. Fikrlash, so‘zlash, e’tiqod qilish, milliy ananalarni asrab avaylash, kasb tanlash, mehnat qilish va orzu-intilishlarni amalga oshirish erkinligidir.

Mustaqillik bu — o‘zlik. O‘z qadr qimmatini anglash, ajdodlarini tanish va ulug‘lush, o‘z insoniy sha’nini, or nomusini baland tutish, jahon ichra o‘z o‘rniga ega bo‘lish saodati.

Mustaqillik bu — bunyodkorlik inson mehnatini qadrlash, rag‘bat, e’tibor va yana ko‘pdan ko‘p imkoniyatlardir.

Read more...

Yolqinlanar, tovlanar atlasu adrasimiz

Bolaligimizda to‘rt tepkili atlasdan tikilgan ko‘ylak bizning shohona kiyimimiz bo‘lgan. Keyinchalik ham qizil, qora, sariq sakkiz tepkili, shuningdek, shaxmat, tovus nusxa yoxud “Xosiyatxon”, “Bargikaram” kabi kamalakdek tovlanadigan rangin atlaslardan bayramga ko‘ylak tiktirib, o‘zimizni malikalardek his qilardik. Ko‘cha-ko‘yda ayollarning bir husniga o‘n husn qo‘shadigan, tabiiy ipakdan to‘qilgan adras, beqasam kiyimlari yarashib turgan qizlar, kelinchaklarni ko‘rsak, ko‘zimiz quvnab, dilimiz yayraydi. Kelinlarning sepini ham atlassiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 

Read more...

Mumtoz navolar tarannumi

Yunus Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston xalq hofizi Eson Lutfullaev ijodiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Read more...

Olam va odam madhi

O‘zbek she’riyati hamma davrlarda ham o‘zligini namoyon etib kelgan, albatta, buning uchun yetarlicha iste’dodlar  bo‘lgan. Ayniqsa, o‘tgan asr 70-yillar adog‘ida adabiyotimizga jo‘shib, gurillab kirib kelgan  yoshlarni oladigan bo‘lsak, bu hodisaga yana bir karra guvoh bo‘lamiz.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASLNI SOXTADAN AJRATISH FURSATI KELDI

2017-12-14 12:02:58

FAXRIYLAR E’TIBORDA

2017-12-14 11:54:51

“MUSTAQIL JURNALIST” KIM O‘ZI?

2017-12-14 11:56:37

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.