KOSONNING «FASON» MANZILLARI

Meni ulg‘aytirgan ko‘chalar, murg‘ak qalbimda hayotga, ilm-fanga muhabbat uyg‘otgan maktabimni har safar ko‘rganimda yuragimning tub-tubida ajib tuyg‘ular jo‘sh uradi. Bugun ham shunday his-tuyg‘ular og‘ushidaman. Istiqlol sharofati bilan yurtimizning har go‘shasi obod, nurafshon. Biz yoshlar davlatimizning, Yurtboshimizning mehrini, g‘amxo‘rligini his etib yashayapmiz, olg‘a intilayapmiz.

 

Ana shu o‘ylar og‘ushida bolaligim o‘tgan Koson tumanida kezib yuribman. Qashqadaryoning gullab-yashnayotgani, Qarshi shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan ko‘ngil qushim shodon parvoz qilmoqda. Men ta’lim olgan maktab endilikda butunlay boshqacha ko‘rinishda chiroy ochgan. Ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yetarli.  Tumanimizda  99 ta maktab, 38 ta maktabgacha ta’lim muassasasi,  “Barkamol avlod” bolalar markazi,  bolalar va o‘smirlar sport maktabi,  musiqa va san’at maktabi singari ilm dargohlari o‘quvchi-yoshlar ixtiyorida. Ta’lim muassasalarida 42977 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 3600 nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. 

Ayrim mamlakatlar bor e’tiborini qurol-yaroqni ko‘paytirishu, yoshlarni jangarilikka tayyorlashga qaratayotgan bir paytda, yurtimizda ta’lim-tarbiyani yanada yaxshilash, sof ma’naviy muhit yaratish, o‘g‘il-qizlar qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga davlat miqyosida ahamiyat berilmoqda. Xususan, 2016 yil Investitsiya dasturiga asosan tumandagi 27- va 40-maktablarni kapital rekonstruktsiya qilish, 15- va 62-maktablarni kapital ta’mirlash hamda “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 22-, 39-, 43-maktablarda 12x24 metr o‘lchamdagi sport zallarini barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bu, albatta, yangi o‘quv yilida ta’lim samaradorligining yanada oshishini ta’minlaydi. 

Bugungi yoshlar ancha ilg‘or fikrlaydi. O‘zim shu avlod vakili bo‘lsam ham ba’zan tengdoshlarimning aql-zakovatini ko‘rib hayratga tushaman. Bunday avlodga nimanidir o‘rgatish, qiziqtira olishning o‘zi katta mahorat. Buning uchun o‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarni, kompyuterni, global tarmoqdan foydalanishni bilishi, yoshlardan bir qadam oldinda yurishi lozim. Shuni hisobga olgan holda “Dars — muqaddas”,  “O‘rgan — o‘rgat” tavsiyalari asosida darslarda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, multimedia vositalaridan foydalanish kabi mavzularda tuman miqyosida namunali, no’ananaviy darslar tashkil etilib, amaliy uslubiy seminarlar, turli xil tadbirlar bo‘lib o‘tayotgani tuman o‘qituvchilarining izlanishda ekanini anglatadi. 

— Tumanimiz o‘quvchi-yoshlari har yili umumta’lim fanlari bo‘yicha 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil qilinadigan olimpiadada faol ishtirok etadi, — deydi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va davlat ta’lim standartlari monitoring guruhi rahbari Bahodir Mo‘minov. — 2016 yil 3-4 yanvar kunlari o‘tkazilgan fan olimpiadasi tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 47 nafar o‘quvchimiz viloyat bosqichida ishtirok etdi. Huquqshunoslik fanidan 74-maktab o‘quvchisi Dilbar Sodiqova 2-o‘rinni, geografiya fani bo‘yicha 83-maktab o‘quvchisi Sanobar Sobirova 4-o‘rinni, iqtisodiy bilim asoslari fanidan 44-maktab o‘quvchisi Bunyod Saidov 4-o‘rinni, matematika fanidan 32-maktab o‘quvchisi Hoshim Xo‘jamnazarov 5-o‘rinni egallab, ta’limni respublikamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida imtiyozli davom ettirish uchun sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

Sport insonni ham jismonan, ham ma’nan tarbiyalaydi. Bu yerdagi ta’lim muassasalarida 18 ta sport turi bo‘yicha 542 ta to‘garakda 17925 nafar (shundan 7817 nafari qiz bolalar) o‘quvchilar sport bilan shug‘ullanib kelmoqda. Yutuqlar ham talaygina. 

Til bilgan el biladi, deydi dono xalqimiz. Bugun chet tilini o‘rganish, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilish zamon talabiga aylandi. Shu sababli hatto maktabgacha ta’lim muassasalarida ham ingliz tilini o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quvchi-yoshlarni, bolalarni til o‘rganishga jalb qilish, internetdan oqilona foydalanishga o‘rgatish o‘qituvchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Tumanda 206 nafar chet tili o‘qituvchisi faoliyat yuritadi. Ularning hizmatlari tufayli joriy yil 28 aprel kuni o‘tkazilgan “Ingliz tili bilmdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida tumanning bilimdon yoshlaridan iborat terma jamoasi birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichida qatnashish imkonini qo‘lga kiritgani quvonarli hol. 

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ezgu maqsad — yurt kelajagi uchun hizmat qilish yo‘lida birlashtirishda “Kamolot” YoIHning o‘rni beqiyos. Bu tashkilotning “Yoshlar dasturi” doirasida amalga oshirayotgan ishlari har bir tengdoshimizning qalbidan joy olgan bo‘lsa ajabmas. Xususan, Harakatning Koson tumani kengashi tashabbusi bilan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida faol ishtirokini ta’minlash sohasida tashkil qilingan “Deputat va yoshlar”, “Yoshlar va qonun”, “Hokim va yoshlar” loyihalari, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” targ‘ibot oyligi doirasida amalga oshirilgan tadbirlar yosh-avlodni konstituttsiyamizning, qabul qilingan qonunlarning asl mohiyatini tushunib, vatan tarqqiyoti yo‘lida bel bog‘lashga undagan bo‘lsa ajab emas. 

— “Nuroniylar e’zozimizda”, “Farzandlik burchim”, “Qadriyatlarni qadrlaymiz” loyihalari yoshlarga haqiqiy o‘zbek farzandi qanday bo‘lishi kerakligini o‘rgatmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi, — deydi Harakatning tuman kengashi tashkiliy, kadrlar va axborot tahlil hamda boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Laziza Allayarova. — Harakat doirasida yoshlarning qamrovi yildan-yilga kengaymoqda. Xususan, “"Mening biznes g‘oyam”, “Kamalak bilimdonlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yurt kelajagi”, “Yil sardori” ko‘rik-tanlovlari, “Kamolot kubogi” uchun sportning futbol musobaqalarida ishtirokchilar soni ortib borayotgani bizni quvontiradi. Ukalarimiz-singillarimizning shijoatini, intiluvchanligini ko‘rib yanayam yaxshiroq loyihalar qilishga, ular bilan faolroq ishlashga harakat qilamiz.  

Mustaqilligimiz sharofati bilan nafaqat biz so‘z yuritgan maskan, balki yurtimizning har bir go‘shasida shunday ma’naviy muhit yaratilgan. Bu kelajak avlodni komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim omildir.

 

Shohsanam KOMILOVA,

"Hurriyat" muxbiri

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.