Shu Vatanga men ham fidoman

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini gazetadan o‘qib, qalbimda faxru g‘urur jo‘sh urdi. Undagi har bir so‘z, barcha yurtdoshlarimiz sidqidildan bajarishi lozim bo‘lganmas’uliyatli va sharafli vazifalar menga ham daxldor ekanini angladim.

 

Biz yoshlar bugunning qadriga yetishimiz uchun Vatanimizning yaqin o‘tmishdagi tarixini chuqur bilishimiz kerak. 

Esimni taniganimdan beri, men O‘zbekiston farzandiman degan bir nido menda g‘urur uyg‘otadi: “Men o‘zbekman, adolatga qilich bo‘lgan, o‘zligini yo‘qotmaydigan o‘zbekman”, — deya yashagan xalq bu mening ajdodlarim, ota-bobolarim, deb jar solgim keladi. Va o‘z tengdoshlarimga qarata shunday murojaat qilishni istayman: 

— Do‘stlarim, biz Vatanni qanchalik sevsak, onamizdek ardoqlasak, yurtimizdagi tinch zamonga shukrona qilsak, bun-yodkor zamondoshlarimizning mehnatiga kamarbasta bo‘lsak, bugunimiz yanada farovon, kelajagimiz porloq bo‘ladi. Ota-bobolarimiz eslaganda ko‘zlariga yosh oladigan mudhish va ayanchli, suronli, biz ko‘rmagan, ammo katta avlod vakillaridan eshitgan o‘sha  yillarni  yuragimiz bilan his etib, yana bir bor esga olaylik. Uni bugungi baxtli va farovon kunimiz bilan qiyoslaylik. Ana o‘shanda oq va qoraning, yaxshi va yomonning, ezgulik va yovuzlikning, mutelik va ozodlikning farqiga boramiz. Allohga shukur, bugun biz tinch va farovon hayotda yashayapmiz, Vatanimga men nima berdim deb orqamga qarab qo‘yaman va albatta tarixni unutmagan holda o‘z bilim va salohiyatim bilan “Men O‘zbekiston farzandiman. Buyuk allomalar, ulug‘ ajdodlarim xoki poyi haqqi men shularning izdoshiman. Bolam deb qo‘lini cho‘zib turgan, har onini yoshlarga bag‘ishlaydigan “Yurtboshimning farzandiman”, — degim keladi.  

Bunday tinchlik, to‘kis va farovon hayotga jasur va dovyurak Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning o‘zi, sabr- matonati, ma’naviy qudrati, vatanparvarligi bilan erishdi. 

Biz avvalo vatanparvarlikni ulug‘ ajdodlarimizdan o‘rganishimiz kerak. Bizning tomirimizda ularning qoni oqmoqda. Yurtboshimiz “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” kitobida aytilgan ushbu fikrlarni unutmaylik: “Eski tuzum davrida biz o‘z tariximizni bilmas edik. Ko‘zimiz bamisoli ko‘r edi. Butun olam yuksak hurmat va ehtirom bilan tilga oladigan ota-bobolarimizni bilmas edigu, soxta “dohiylar” hayotini – qachon, qaerda tug‘ilgan, nima karomatlar ko‘rsatgan – bilar edik, to‘g‘rirog‘i, yodlab olgan edik. Ularni bobomiz, otamiz deb sig‘inar edik. Bu aynan istibdod va qullik davri edi. Nafaqat moddiy jihatdan nochor edik, eng yomoni, or-nomusimiz toptalgan, qadriyat va an’analarimiz oyoqosti qilingan edi. Bir so‘z bilan aytganda, qornimizga emas, qadrimizga yig‘laydigan davr edi”.  

Bugun Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy kabi  ma’rifatparvar, vatanparvar yurt o‘g‘lonlarining  xalq dushmani deya qatag‘on qilingani, qatl ettirilgan yoki bo‘lmasa otib tashlanganliklari voqealarini muallimlarimizdan dahshatli ertakdek tinglaymiz. O‘sha kunlar aslo qaytib kelmasin.  

Yulduz ABDURASHIDOVA,

Qiziltepa qurilish va uy-joy 

kommunal xo‘jalik kolleji o‘quvchisi

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

May 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

.