Tinch va osuda hayot kafolati

Tinchlik bo‘lsa,  baxt, saodat, farovonlik va taraqqiyot bo‘lishini hammamiz yaxshi bilamiz. Buning uchun tinchlikning qadr-qimmatini yaxshi anglamog‘imiz, uni asrab-avaylamog‘imiz, himoya qilmog‘imiz lozim.

 

Hozirgi murakkab va tahlikali vaziyat, so‘zsiz, barchamizdan doimo sezgir, ogoh va hushyor bo‘lib yashashimizni talab qilmoqda. «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!»  degan  bosh g‘oya bugungi kunda qalblarga jo bo‘lgan. Yon- atrofimizda bo‘layotgan voqealarga daxldorlik hissi bilan yashash bugungi kunda eng dolzarb masala sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonimizning hech qanday harbiy blokka qo‘shilmasligi, harbiy xizmatchilarimizning mamlakatimiz tashqarisida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik siyosati bugungi murakkab vaziyatda o‘zimiz uchun eng ma’qul va to‘g‘ri yo‘ldir.

Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligini katta xursandchilik bilan nishonlashga ozgina vaqt qoldi.

O‘tgan davr mobaynida qanday qiyin, qanday og‘ir bo‘lmasin, qanday mashaqqatli sinovlarni boshimizdan kechirmaylik, o‘zimizning oriyatli, g‘urur va iftixor bilan yashaydigan xalq ekanligimizni, o‘z tariximizni, kimning avlodlari ekanimizni esdan chiqarmadik. Kelgusidagi marralarni egallashimizda ham faqat va faqat o‘zimizning kuchimizga ishonishimiz, tayanishimiz kerak. 

O‘zbekistonimiz ana shu tarixan qisqa davrda, qanday og‘ir va mashaqqatli sinovlarni boshidan o‘tkazmasin, uning bosib o‘tgan yo‘li, o‘sish sur’atlari qo‘lga kiritgan yutuq va marralari jahon miqyosida tan olingani va ko‘pchilikning havasini tortayotgani barchamizni quvontiradi. To‘yga munosib to‘yona bo‘ladi. Qalbimizda g‘urur-iftixor uyg‘otadi.

Xalqaro maydonda O‘zbekistonimizning obro‘-e’tibori oshib borayotganining hal qiluvchi  mezoni va omili avvalo mehnatsevar, mard va matonatli xalqimizning yuksalib borayotgan dunyoqarashi, ongu tafakkuri, siyosiy va ijtimoiy faolligi, hayotga qarashi tobora o‘zgarib borayotganida desak, xato bo‘lmaydi.

Qishloq joylarida qurilayotgan namunaviy uy-joylar, xal-qimiz hayot sifatini yanada yuksaltirmoqda. Bu harakat samarasi o‘laroq, qishloqqa taraqqiyot kirib bormoqda, zamonaviy axborot texnologiyalari odamlar turmush tarzidan mustahkam o‘rin egallamoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.

Yurtboshimiz esa yosh avlodimizga,  bolalarga qarata bo‘sh kelmanglar, ertangi kun bizniki, marra bizniki, deb bejiz, asossiz aytmaydilar. Zero, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega bo‘lgan, yangicha, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimizning ertangi kuni uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga, o‘zini namoyish etishga qodir bo‘lgan navqiron o‘g‘il-qizlarimizni, ko‘zlari yonib turgan bunday yoshlarimizni yana qaerda —qaysi davlat, qaysi yurtda topish mumkin?

Bugungi kunda Prezidentimiz rahnamoligida uzoqni ko‘zlagan maqsadlarimiz, vazifa va rejalarimiz aniq. Shu jumladan, mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti hajmi 2030 yilga borib ikki karra  ko‘payishi barchamizda ertangi kunimizga katta ishonch bag‘ishlaydi. Yurtimizni yanada obod qilish, hayotimizni yuksaltirish bo‘yicha dunyodagi eng taraqqiy topgan davlatlardan, erkin va ozod yashayotgan xalqlardan aslo kam bo‘lmaymiz, inshoolloh! 

Tug‘ilib o‘sgan zamin, ona yurt uchun jonni fido qilishga tayyor,  hamisha ogoh va hushyor xal-qimiz bor ekan, biz ko‘zlagan maqsadimizga albatta erishamiz. Toki, ko‘zimiz qarog‘idagi vatanga jonni fido aylaylik. Turli informatsion xurujlar orqali farzandlarimiz ongining zaharlanishiga, ulardan o‘z yurtimizga qarshi qurol sifatida foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaylik. Farzandlarimizning yuragiga Vatanga sadoqat, jonni fido aylash lozimligini singdiraylik. 

 

Muhabbat TOJIEVA,

Toshkent pedagogika

kolleji direktori

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.