BEG‘UBOR OLAM ORZULARI

Yaqinda xizmat safari bilan Sirdaryo viloyatida bo‘lgandim. U yerda bir maktab o‘quvchisining dilidagi kechinmalari aks etgan nomaga ko‘zim tushib qoldi. Unda shunday satrlar bor edi: “Esimni tanibmanki, faqat televizor orqali tomosha qilib kelganim poytaxtimiz azim Toshkentga borishni, bu go‘zal shaharni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni orzu qilar edim. Chin dildan istasang, erishasan, deganlaridek, o‘sha orzuim ro‘yobga chiqdi. 132 nafar tengdoshim bilan Shoshga sayohatga bordim va bir olam taassurotlar bilan qaytdim. Ushbu sayohatni bir umr yodimda saqlayman.”

Ha, beg‘ubor qalbli o‘smirning dilidan to‘kilgan bu so‘zlar zamirida Vatanga mehr va sadoqat barq urib turibdi. Afsuski, noma muallifi kimligini aniqlay olmadim. Sababi, unda hech qanday ism ko‘rsatilmagan edi. Shu bois viloyat xalq ta'limi boshqarmasining ma'naviy va axloqiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Zulfiya Ne'matovadan mazkur sayo­hat xususida so‘radim.

 

- Viloyat hokimligi va bir qator homiy tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tgan yilda kam ta'minlangan oilalar farzandlari va boquvchisini yo‘qotgan 132 nafar bolaning Toshkent shahriga sayohati uyushtirildi, - deya so‘z boshladi Zulfiya opa.

- Safar birinchi bo‘lib “Bunyodkor” stadionidan boshlandi. O‘quvchilarni Mustaqillik va Xotira maydonining ozoda va ko‘rkamligi, anvoyi gullar, ajib manzara kasb etuvchi turli daraxtlaru archalar hayajonga soldi. Bolalar so‘ngra Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildilar. O‘quvchilar ayniqsa, Shahidlar maydoni va Qatag‘on qurbonlari davlat muze­yida o‘rin olgan eksponatlar bilan tanishar ekan, istiqlolning naqadar aziz ne'mat ekanini yurak-yurakdan his qildilar. Temuriylar tarixi davlat muzeyiga qilingan sayohat ham o‘quvchilarni befarq qoldirmadi.

Zulfiya opadan yoshlarning yutuqlari haqida so‘raganimda shunday dedi:

- YAqinda viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida badiiy va ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov uch (insho, she'r, tasviriy san'at) yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tdi.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra “insho” yo‘nalishida Mirzaobod tumani 1-umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Madina Xolboyeva, “she'rlar” yo‘nalishida Boyovut tumani 13-umumta'lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Sitora Mamatova, “Tasviriy san'at” yo‘nalishida Sardoba tumani 6-umumta'lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Zarnigor Qayumova 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. G‘oliblar tanlovning respublika bosqichi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Sirdaryolik yoshlar shu yo‘sinda kim nimaga qodir ekanini bilimlari orqali mana shunday sinab ko‘rishadi. Safardan qaytar ekanman, ertangi kunimiz egalarining ko‘zlarida porlab turgan qat'iyat va ishonch shu'lalaridan dilim beixtiyor ravshan tort­di.

Bekmurod ABDURAIMOV

“Hurriyat” muxbiri

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.