120 YILLIK SURAT

Yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi “Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘i orqali qiziq suratni e’lon qildi. Vashingtondagi Kongress kutubxonasida saqlanayotgan, 1895 — 1907 yillarga oid mazkur fotosuratda Samarqand ko‘chalarida tomosha ko‘rsatayotgan aktyorlar aks etgan.

 

Bizga ma’lum tarixiy manbalarda O‘zbekistonda professional teatr o‘tgan asrning 10-yillarida paydo bo‘lganligi aytiladi. Xususan, Abdulla Avloniy 1913 yilda “Turon” teatr truppasini tuzadi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi esa o‘zbek adabiyoti va milliy teatr san’atida rasman tan olingan ilk sahna asaridir. 

Uzoq okeanorti mamlakatining mashhur kutubxonasida saqlanayotgan ushbu surat esa bizni biroz o‘ylantirib qo‘ydi. O‘zbek teatrining tarixi ehtimol biz hisoblagandan ko‘ra qadimiyroqdir. Suratning 1895 — 1907 yillarga mansubligi Samarqand teatri aynan shu yillarda shakllanganini anglatmaydi, albatta. Ya’ni ko‘rinishidan, bu aktyorlar ancha yillardan beri turli tomoshalar ko‘rsatib kelayotgan tajribali san’atkorlarga o‘xshaydi. Demak, bu borada yangi-yangi tadqiqotlar, izlanishlar olib borilmog‘iga shubha qilmaymiz.

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Fikrlaydiganlar mamlakati

2018-10-03 11:42:52

Kulrang bo‘ri

2018-10-03 11:58:50

Uyushma faoliyati tobora ...

2018-10-10 07:14:59

Rostga o‘xshagan yolg‘on. Misrning ...

2018-10-10 07:03:31

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.