Savob izlasang, ostonangni obod qil!

Yurtimizning har bir qarich yeri tabarruk. Bu ta’rif uning qadimiyligi, betakror tarixiy-madaniy obidalarga boyligi yoki beqiyos ko‘rkamligi uchungina emas, balki Vatanimizning ko‘plab hikmat sohiblari — olimu fozillarga beshik bo‘lgani, ularning qadami yetgan muqaddas yurt bo‘lgani uchun berilgan, desak xato bo‘lmaydi.

 

Olam ahli tomonidan sharafli deya ulug‘lanuvchi Buxoro ana shunday maskanlardan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin viloyatdagi muqaddas qadamjolarga munosabat tubdan o‘zgardi. Ularga berilgan yuksak e’tibor tufayli bu ko‘hna va azim diyor yanada chiroy ochib, milliy madaniyatimizga havasmand insonlarni o‘ziga tobora ko‘proq chorlay boshladi. Xususan, Abdulxoliq o‘ijduvoniy ziyoratgohining ham qayta rekonstruktsiya qilinishi majmua qiyofasining yanada go‘zallashishiga, ziyorat qiluvchilarning ortishiga sabab bo‘ldi. 

Sharqning mashhur tariqat piri, xojagon-naqsh¬bandiya silsilasining asoschisi  Xoja Abdulxoliq o‘ijduvoniy 1103 yili Buxoro viloyatining o‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Manbalarning guvohlik berishicha, uning otasi Imom Abduljamil taqvodor kishi edi. Imom Molik avlodidan bo‘lgan bu inson o‘z davrining ulug‘ donishmandlaridan bo‘lib, zohiriy va botiniy ilmlarda dong taratgan. 

Boshlang‘ich ta’limni o‘ijduvonda olgan alloma 9 yoshidayoq Qur’oni Karimni yod bilgan. Keyin tahsilni Buxoro shahrining mashhur madrasalarida davom ettiradi.

22 yoshli Abdulxoliq o‘sha davrning dongdor shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048 — 1140) bilan Buxoroda uchrashib, unga shogird tushadi. Xojai Xizr uning saboq piri bo‘lsa, Xoja Yusuf suhbat va xirqa piriga aylanadi.

Allomaning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati yangi bir tariqatga asos solgani bilangina belgilanmaydi. Xojagon tariqati vositasida u tariqatni Muhammad alayhissalom sunnatiga muvofiqlashtirdi, uni turli bid’atlar va botil qarashlardan tozaladi. Shariatga amal qilish, undan chekinmaslikni asosiy qoi¬daga aylantirdi. Tarki¬dunyo¬chilik, xilvatni rad etib, jamoat bilan birga bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Olloh muhabbati deb dunyodan kechmaslikka da’vat qildi. Luqma ha¬lolligi — har kim o‘z mehnati bilan kun ko‘rishi zarurligini tariqatning asosiy talabi qilib belgiladi. Bu tariqat taqvo deb haddan oshishni ma’qullamaydi. Axloq masalasi qat’iy qilib qo‘yildi. Bularning barchasi tasavvuf taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xalq ommasi – oddiy raiyat bilan yaqinlashish va ularning diniy e’tiqodiga xizmat qilish xojagon tariqatining asosi edi. Tasavvufning boshqa tariqatlaridan farqli o‘la¬roq o‘ijduvoniy so‘¬fiylar uchun maxsus xonaqohlar qurish va ularda yashashni ma’qullamas edi.

U o‘z ta’limotining sakkizta asosiy yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqdi. o‘ijduvoniyni tushida ko‘rib, tasavvufdan g‘oyibona ruhiy ta’lim olgan va uni o‘ziga ustoz deb bilgan Bahouddin Naqshband (1318 – 1389) bu sakkizta yo‘l-yo‘rig‘ini to‘laligicha qabul qilib, ularga o‘zi yana uchta qo‘shib, jahon miqyosida shuhrat qozongan Naqshbandiya tariqatiga asos soddi.

Shariat andozasiga solingan, bid’at va nuqsonlardan xoli Abdulxoliq o‘ijduvoniy yo‘lining asr¬lar davomida tariqatda hujjat va barcha guruhlarda maqbul, deb e’tirof etib kelinayotgani va Turkiston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Iroq, hatto Shimoliy Afrikada keng tarqalgan xojagon-naqshbandiya tariqatining hozirgi kunda ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganligining sabablari shunda.

Buyuk mutasavvuf Xoja Abdulxoliq o‘ijduvoniy ulkan ilmiy-ma’naviy meros qoldirgan bo‘lsa-da, bizgacha uning “Risolai tariqat”, “Risolai sohibiya”, “Vasiyatnoma”, “Az guftori Xoja Abdulxoliq o‘ijduvoniy” asarlari yetib kelgan, xolos. Ularning deyarli barchasi tasavvuf va so‘fiylik odoblariga bag‘ishlangan. Bu qo‘lyozmalar dunyoning bir qancha kutubxonalarida saqlanmoqda.

Tafakkur dunyosida “hujjatul-islom” unvoni ham borki, u jahonda atigi ikki mutafakkirga nisbatan qo‘llangan. Biri — Imom o‘azzoliy, ikkinchisi — Xoja Abdulxoliq o‘ijduvoniy. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asarida o‘ijduvoniyga nisbatan “alarning ravishi tariqatda hujjatdur” deydi.

Ko‘ngil zikri yo‘lini tutgan o‘ijduvoniy zikri samo’ni inkor etmagan. U o‘z ruboiylaridan birida: “Inkor makun samo’vu maqbul mador”, ya’ni: “Mayl etma samo’ga, qilmagin ham inkor” deydi. Bu o‘ijduvoniy dunyoqarashidagi bag‘rikenglik fazilatidan darak beradiki, u ham milliy istiqlol mafkuramizdagi asosiy g‘oyalardan biri — tolerantlikka hamohangdir.

o‘ijduvoniy “Tariqat odobi” risolasida shunday deydi: “Yaxshi nomga ega bo‘lay desang, nom chiqarma. Nafsing xor bo‘lishi uchun ko‘p safar qil. Mashoyixlarning hurmatini joyiga qo‘y... Birovning maqtoviga uchma. Birov yomonlasa, xafa bo‘lma. Xalqning maqtashi yoki yomonlashi sen uchun befarq bo‘lsin. Xalq bilan chiroyli muomala qil. Doimo adab saqla. Barcha holatda yaxshiga ham, yomonga ham lutfu marhamat bilan muomala qil”.

Ma’naviyatimizning tafakkur xazinasiga o‘ijduvoniy hadya etgan g‘oya¬lar, asos solgan tariqati va asarlari bugungi milliy istiqlol mafkuramizning muhim ildizi hamda manbalaridan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Abdulxoliq o‘ijduvoniy 1179 yilda ona shahri o‘ijduvonda vafot etdi va shu yerga dafn etildi. 1433 yili Mirzo Ulug‘bek u kishi sharafiga madrasa, qabri ustiga dahma qurdirgan. Maqbara yonida quduq, chillaxona va minora bunyod etilgan. Ikki asr o‘tgach, dahma Abdulaziz ibn Ubaydulloxon buyrug‘i bilan ta’mirlangan. 

1993 yili o‘ijduvoniy tavalludining 890 yilligi nishonlandi. Allomaning 900 yillik yubileyi munosabati bilan esa 2003 yil o‘ijduvon shahri markazi va Abdulxoliq o‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlanib, atrof-hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, o‘ijduvon shahrining markazida go‘zal xiyobon tashkil etildi. Hozir bu qadamjodan ziyo-ratchilarning qadami uzil¬maydi. Mazkur shaharga kelgan mehmon borki, alloma qabrini ziyorat qilmay manziliga qaytmaydi. 

 

Go‘zal MALIKOVA, 

“Hurriyat” muxbiri