MEGAYURTDAGI MEDIATURDAN MEGATAASSUROTLAR

Zamonaviy qo‘l telefonlarini taraqqiyot barometri deyish mumkin: kecha kimningdir qo‘lida ko‘rgan eng so‘nggi modeldagi planshetingiz bugun “eskirib”, o‘rnini uning yanada ko‘proq vazifalarni bajaradigan, qulayroq turi egallaydi. Hozirgi mediamakondagi vaziyat ham shunga o‘xshaydi: har kuni bir yangilik guvohi bo‘lasiz. Aslida yuz berayotgan voqea-hodisalar mohiyatan o‘sha-o‘sha, biroq unga yondashuv, ommaga yetkazish yo‘llari har xil. Kim o‘z faoliyatida muntazam yangilikka intilsa, marra uniki. Bu borada jahonning ilg‘or ommaviy axborot vositalari tajribasini o‘rganish beqiyos ahamiyatga ega.

Read more...

HAQ YO‘LNING FIDOYILARI

O‘tgan asrning 30-, 40-, 50-yillarida sobiq sovet hukumati o‘z mavqeni mustahkamlash, O‘zbekistonda barcha sohalarda o‘z bilganicha ish olib borish, ayniqsa, davlat idoralariga mahalliy kadrlarni qo‘yish masalasida qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Bu masalada markaz bilan kelisha olmagan millat ziyolilarini turli bahonalar bilan qatag‘on qildi. Hokimiyat o‘z maqsadini amalga oshirish uchun oddiy xalq ko‘z o‘ngida sinfiy dushman qiyofasini shakllantirish maqsadida “Qosimovchilar sudi”, “Munavvar qori Abdurashidxonov va Salimxon Tillaxonovlar ishi”, “Narkompros ishi” degan sud jarayonlarini tashkil etib, xalqimizning asl farzandlarini asossiz ravishda, yuridik jihatdan ruxsat etilmagan turli-tuman qiynoq usullari bilan jabrlab “ayblariga iqror” qildirmoqchi bo‘ldilar. Hokimiyat xalqimizni qo‘rqitish va siyosiy bosim ostida ushlash uchun otish, surgun qilish, ko‘chirib yuborish, surgunda muddatni o‘zgartiraverish kabi usullardan foydalandi. Sho‘rolar so‘nggi hamlasi — “Paxta ishi” bilan asfalasofilinga ravona bo‘ldi, ya’nikim, yitib bitdi.

Read more...

Soha jurnali — mahorat maktabi

 

Matbuotimiz tarixiga nazar solsangiz, o‘tmishda Turkistonda tashkil etilgan talaygina bosma nashrlar asr bilan yuzlashayotganiga guvoh bo‘lasiz. Ularning qatorida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-siyosiy jurnal — “O‘zbekiston matbuoti” ham bor.

Read more...

Quyosh huzuriga yo‘l

 

Yurtimizning har bir go‘shasida ko‘plab tarixiy obidalar, madrasalar, muqaddas qadamjolar va istirohat bog‘larini uchratish mumkin. Har biri necha ming yillik tarixga ega. Asrlar davomida jahonni hayratga solib kelgan ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash, ularni asl holida kelajak avlodga yetkazish hammamizning burchimiz.

Read more...

NOSHIRLIK – BIZNES EMAS, balki ma’naviyat-ma’rifat ishi bo‘lmog‘i kerak

Respublikamizning jadal taraqqiyoti, bugun har bir soha xodimlaridan zamonga mos tarzda faoliyat yuritishni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, yangilanishlarga muvofiq ishlashni taqozo etmoqda. Zero, bugun barcha jabhalar kabi bevosita matbuot, ommaviy axborot vositalari hamda noshirlik va matbaachilik, axborot kutubxona va kitob targ‘iboti sohasida ham bir qator o‘ta muhim hujjatlar qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Read more...

Dunyo darakchilar nigohida

 

Bugun dunyoning bir chetida yuz bergan voqea zum o‘tmay narigi chetiga ma’lum bo‘lmoqda. Bu qizg‘in jarayonda matbuot ham, televidenie, radio ham, so‘nggi yillarda tobora rivojlanib borayotgan OAVning yana bir turi — internet ham faol ishtirok etmoqda. Biroq tezkorlik, xolislik, haqqoniylik printsiplariga amal qilgan jurnalistikagina jamoatchilik olqishiga sazovor bo‘lib, mediabozorda peshqadamlikni qo‘lga kiritmoqda. Bugun dunyo darakchilari nigohidagi muhim mavzular qaysi? Quyida ular bilan tanishamiz.

Read more...

Kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvida so‘zlagan nutqida ko‘rsatib o‘tilgan tanqidiy-tahliliy masalalar yuzasidan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Agentlik Bosh direktori Laziz Tangriev ochdi va olib bordi.

Read more...

Ma’naviyatga zarar yetkazganlarni ayamaymiz

Bir paytlar yosh yozuvchi yoki shoir asar yozsa, uni e’lon qilishdan oldin o‘ylanib qolarkan: “Bu yozganimni o‘qib, o‘afur o‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybeklar nima derkin. Ustozlardan baloga qolsam-chi” degan andishaga borarkan. Hozirgi maza-matrasiz maqolalar, she’ru hikoyalarni ko‘rib, xashaki yozuvchilarda uyat, insof yo‘qmikan, deb qolasan.

Read more...

SHOIRONA HAYRAT BILAN. (MirpO‘lat Mirzo badiiy publitsistikasiga bir nazar)

Mirpo‘lat Mirzo nomi o‘quvchilarga shoir, tarjimon, publitsist, dramaturg sifatida yaxshi tanish. 

Ijodkorning shu kunga qadar “Surur”, “Rayhon isi”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” nomli badiiy-publitsistik to‘plamlari nashr etilgan. Yozuvchi publitsistikasi doimo qaynoq ijtimoiy-siyosiy, adabiy hayot bilan yonma-yon yuradi, undan kuch oladi.

Read more...

Temurbek izdoshlari

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida mamlakatimiz yoshlari yana bir karra jahon maydonlarini zabt etishgani kechagiday yodimizda turibdi. Ularning mardlar maydonida ko‘rsatgan zo‘r shijoati, erishgan zafarlari sabab milliy g‘ururimiz — Vatanimiz bayrog‘i ko‘klarda mag‘rur hilpirab, madhiyamiz baralla yangradi.

Read more...

“O‘zbekiston 24” teleradiokanali efirda

O‘zbekistonda OAV rivojiga qaratilayotgan keng qamrovli e’tibor tufayli so‘nggi yillarda bu sohada ko‘plab muvaffaqiyatli ishlar amalga oshirilmoqda.

Read more...

Cho‘lpon

Otashnafas shoir, hassos adib Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon xalqimizning ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy mavzulardagi o‘tkir publitsistik asarlari bilan jurnalistikamiz rivojiga ham katta hissa qo‘shgan fidoyi farzandlaridan biridir.

Read more...

Do‘stim yayrasin desangiz…

Hayotda dilining yayrashini, qalbining bir olam quvonchlarga limmo-lim  to‘lishini  istamaydigan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak. Kamina ham yaqinda shunday ajib va zavqli tuyg‘ular og‘ushida qoldim. Buning sababi jurnalist To‘xtamurod Toshevning “Adolat” nashriyotida chop etilgan “Mehr qolur, muhabbat qolur”  kitobi bo‘ldi. “Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” deganlaridek, kitobning ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning “elga yaxshilik qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q” degan so‘zlari-yu, hazrat  tavalludining 500 yilligi bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotdan boshlangani ayni muddao bo‘libdi.

Read more...

El netib topgay biznikim...

El netib topkay menikim, men o‘zimni topmasam, deb yozganda Mir Alisher Navoiy hazratlari har bir inson avvalo o‘ziga yaxshilab boqmog‘i, o‘zligini anglamog‘i zarurligini ta’kidlaganlar.

Read more...

Zomin tog‘laridan ruh, sharsharalaridan quvvat olib

Aytishlaricha, Jaloliddin Rumiyning hayotiga ustoz Tabriziy kirib kelguniga qadar mudarrislik qilgan ekan. Rumiydagi iste’dod, iqtidor bulog‘i ustozi Tabriziy sabab “ochilib”, dunyoga betakror ijodkor tanilgan deyishadi. Chindan ham, ba’zan insonning o‘zi nimalarga qodirligini, qalb bulog‘ida ko‘milib yotgan po‘rtanani bir umr anglamasligi mumkin. Ana shunday pallalarda bunday iste’dod chashmasini kimlardir topib, elning chanqog‘ini qondiradi. Qaysidir buloqlar esa changu to‘zonlar, hayotning taloto‘plari dastidan yopilib, yo‘qolib ketaveradi. Lekin odamzod har doim chanqoq, unga mudom musaffo, shirinsuvli buloqlar, kerak...

Read more...

Jurnalist har joyda ham jurnalist

YUNESKO tomonidan o‘tkazilgan teleko‘rsatuvlar tayyorlashga oid seminar treningda jurnalistlarga mahorat darsi o‘tkazilib, unda BBS kanali mutaxassisi Jon Bell bilan soha faoliyatiga doir dolzarb masalalar haqida suhbatlashdik.

Read more...

OAV ezgulikka xizmat qilsin

Kuni kecha mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘zlarining kasb bayramlarini munosib nishonlashdi. Odatda, kasb bayramlarida ma’lum bir sohada erishilgan natijalar ko‘proq aytilganidek, bu gal ham O‘zbekiston OAVdagi yangilik va o‘zgarishlar xususida so‘z yuritildi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida sohada son va sifat jihatdan tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Xususan, ayni kunda 1500 dan ko‘proq  gazeta va jurnallar, 118 ta nashriyot, o‘nlab teleradiokanallar faoliyat yuritmoqda. Binobarin, sho‘ro davrida mamlakat telekanallarining sutkalik efir vaqti atigi 48 soatni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u 616 soatga yetdi.

Read more...

Tabiat farzandi

Mirkarim Mirsovurov ko‘p yillardan beri o‘zining turli mavzulardagi maqolalari bilan matbuotimiz sahifalarini to‘ldirib kelayotgan mahoratli jurnalistlardan biridir. Yoshlik yillarida qalamni sehrli tayoqchadek tebratib kichik esselar, qatralar, maqolalar yaratgan bo‘lsa, keyinchalik qilichdek o‘tkir qalami bilan vatanparvarlik, jasorat va yurt uchun jonini tikkan o‘g‘lonlarimiz hayoti to‘g‘risida publitsistik materiallar tayyorlagan. Bugungi kunda esa azim chinordek ildiz otgan qalami, tirgak bo‘lib tabiatni muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzi, ekologiya muammolari borasidagi yoshlarga o‘rnak bo‘luvchi fikrlarini qog‘ozga tushirib kelmoqda.

Read more...

STORITELLING zamonaviy auditoriya e’tiborini jalb qilishning yangi shakli

Bolalikda eshitgan ertagimiz bir umr yodimizda qoladi. Jon-qulog‘imiz bilan eshitgan ertak qahramonlariga o‘zimizni qiyoslaganmiz, ular orqali yaxshilik va yomonlik tushunchalari orasidagi farqni anglab yetganmiz. Chunki har bir ertak sodda, yodda qoladigan tilda yozilgan va hikoya xarakteriga ega bo‘lib, uni o‘qigan inson ertak qahramonlari olamiga sho‘ng‘iydi, ularning dardi, quvonchi va qayg‘usiga sherik bo‘lib yashaydi, yetishmagan orzulariga aynan ertak qahramonlari bilan birgalikda yetishadi.

Read more...

O‘zbekiston televideniyesi: kecha va bugun

Butun dunyo mamlakatlari ijtimoiy hayotida televideniening o‘rni katta. Zero, har bir inson bo‘sh vaqtini televizor qarshisida o‘tkazishi ham sir emas. Xo‘sh, bizda qanday? Hayotimizda uning roli qay darajada?

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

May 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31

.