AXBOROT BOZORI: NAVQIRONLAR G‘AYRATI. Internet nashrlar faoliyatiga nazar

 

Jahon media makonida yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar mamlakatimiz axborot maydonida o‘z aksini topib borayotirki, quvonmay ilojing yo‘q. Mazkur jarayonda, ayniqsa, texnik jihatdan zamonaviy shakldagi ommaviy axborot vositalarining dadil odimlayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Milliy jurnalistikamizning zamon talablari darajasida faoliyat yuritishi uchun ham huquqiy, ham iqtisodiy jihatdan qulay sharoit yaratilayotgani o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.

Read more...

JURNALISTIKAMIZDAGI MUHIM VOQEA

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazishga oid muhim vazifalar belgilab berilgan.

Read more...

Savod “G‘OVLAB” ketganda yoki faoliyati tugatilgan nashriyot va soxta bosmaxona xususida

Bugungi kunda “savod” juda o‘tkir masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, ko‘plab xususiy gazetalar va nashriyotlarning  “savodsizlik” avj olishiga yaxshigina hissa qo‘shayotgani kishida qattiq taassuf uyg‘otadi. Vaholanki,  ularning asl vazifasi tilimiz sofligini asrash, odamlar savodxonligini oshirishdek ezgu amallardir. Har bir kitob, har bir ommaviy axborot vositasida, har bir asarda, har bir yozishmamizda bunga jiddiy e’tibor qaratishimiz shart.

Read more...

JURNALIST SURISHTIRUVI

Milliy matbuotimizning eng muhim vazifalaridan biri shuki, u jamiyatning demokratik institutlaridan biri sifatida demokratik taraqqiyotga xizmat qilishi, faqat asosli, tekshirilgan axborotlarni tarqatishi, kamchilik va nuqsonlarga murosasiz bo‘lishi, har qanday holatda ham xolis va adolat printsiplaridan chekinmasligi, jamiyat rivojiga xizmat qilmaydigan shov-shuv ko‘tarmasligi, odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmasligi, insoniy his-tuyg‘ularini hurmat qilishi, ayrim kuch va doiralarning g‘arazli minbariga aylanib qolmasligi kerak.

Read more...

“YANGILIKLAR IMPERIYASI”DA unutilmas uch kun

Bugungi kunda dunyodagi eng mashhur teleradiokorporatsiya umumiy mavzudagi 17 ta telekanal, Shotlandiya uchun BBC Alba — axborot-ko‘ngilochar telekanali, 3 ta (BBC World News, BBC Arabic Television,  BBC Persian Television) xalqaro telekanallar, ma’lum bir mavzuga ixtisoslashgan 6 ta umummilliy telekanallar (BBC Three — yoshlar telekanali, BBC Four — madaniy-ma’rifiy kanal, CBBC va CBeebies bolalar uchun mo‘ljallangan kanallar, BBC News — yangiliklar kanali, BBC Parliament — parlament kanali, turli xil yo‘nalishlardagi 46 ta radiostantsiya (hududlar bilan umumlashganda 14 ta yo‘nalishda),  umumiy mavzuda efirga chiquvchi 6 ta hududiy,  28 ta tilda, shu jumladan, o‘zbek tilida ham efirga chiquvchi 17 ta xalqaro radiostantsiyalar, musiqaga bag‘ishlangan BBC Radio 6 Music  va BBC Radio 1Xtra, sportga yo‘naltirilgan  BBC Radio 5 Live Sports Extra, o‘tgan yillarning voqealariga bag‘ishlangan  BBC Radio 4 Extra va muhojirlar uchun  BBC Asian Network  efirga chiqadi. O‘ziga xos bo‘lgan  BBC Red Button telematnlar kanali va bbc.com domeni ostida  onlayn TV va onlayn radioni o‘z ichiga olgan 29 sayt faoliyat yuritadi.

Read more...

MAHORAT — ASTOYDIL MEHNAT MAHSULI

Tezkor davr shiddatini hech bir ta’rifu tavsiflarga sig‘dirib bo‘lmasligini bugungi kunning bir-biridan qiziqarli turli voqea-hodisalari isbotlab turibdi. Odatdagi har bir kunimiz yangi-yangi tafsilotu, biri ikkinchisini takrorlamaydigan voqealar bilan boshlanadi. O‘tayotgan har bir kun xilma-xil voqealarga boy bo‘lsa-da, ma’lum vaqt o‘tmasdanoq, ular ham o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Hayot shunisi bilan qiziq bo‘lsa, ne ajab...

Read more...

TAHRIRIYATLARDAGI KO‘HNA AKSIOMA yoki eski hammom, eski tosdan qachon va qanday qutulamiz?

Gazetxonga ma’lumki, “Hurriyat” – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nashri sifatida viloyat va tumanlar gazetalari sharhini yo‘lga qo‘ygan edi. Bundan maqsad – bir-birimizga ko‘zgu bo‘lish, kamchiliklarni bartaraf etib, mushtariylar qo‘liga sifatli mahsulot yetkazib berish, ommani gazetxonlikka chorlashdan iborat. Ushbu faoliyatni davom ettirib, bugungi sonda e’tiborni Namangan viloyatiga qaratdik.

Read more...

“ZARAFSHON” gazetasi bilan 23 minginchi uchrashuv

O‘zbekistonning boy kechmishi bilan hamohang “Zarafshon” gazetasi bir asrdan ziyod davrdan buyon an’analarga sodiq holda xalq bilan hamnafas bo‘lib kelmoqda.

Read more...

ABAY buyuk qozoq shoiri va ma’rifatparvari

Qaysi xalq, qaysi millat haqida so‘z bormasin, avvalo uning ziyolilari, yozuvchiyu shoirlari esga olinadi, milliy qahramonlarining xayrli ishlariga urg‘u beriladi. Qozoq mumtoz adabiyoti haqida gap ketganda, albatta, Abayni yodga olamiz. U mazkur adabiyotning asoschilaridan biri, buyuk shoir va ma’rifatparvar edi.

Read more...

Uyimizga “Hurriyat” keldi

– Buvijon, qarang, uyimizga gazeta olib kelishdi, – suyunchiladi nabiram yugurgancha yonimga kelib. – “Hurriyat” gazetasi ekan, siz obuna bo‘lganmidingiz?

Read more...

«YOSH KITOBXON»: g‘olib qanday aniqlandi?

Read more...

PUBLISISTIKA – davr bilan hamnafas ijod. 1-maqola

Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy publitsistika kengashining navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma mutasaddilari, publitsist adiblar, olimlar va yosh ijodkorlar ishtirok etdilar.

Read more...

Jurnalistika sohasida “OLTIN QALAM” XIII milliy mukofoti

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun keng sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy-tahliliy mushohada va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Oltin qalam” XIII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

Read more...

BOLALAR qanday asarlarni istaydi

Uzoq yillar burun bolalar orasida o‘afur o‘ulomning “Shum bolasi”yu Xudoyberdi To‘xtaboevning Hoshimjoni ma’lumu mashhur edi. Buni qarangki, Qoravoyu Hoshimjon bugungi bolalar ko‘nglini ham zabt etgan. Biroq yangi qahramondan darak yo‘q. Qolaversa, bolalar adabiyotida Gulxaniydan (“Zarbulmasal”) so‘ng hayvonot olamini mufassal qalamga olgan biror ijodkor chiqmadi. Xo‘sh, nega? Ha, aytganday, hayvonot olami haqidagi bir-ikki kitobcha chop etildi. Biroq targ‘ibotning ko‘lmak suvdek tinchligi bois, uni bugun barmoq bilan sanarli odamlardan bo‘lak hech kim bilmaydi.

Read more...

O‘ZBEKISTONDA INTERNET JURNALISTIKA

O‘zbekistonda internet jurnalistika paydo bo‘lgan ilk davrda uning istiqboli mavhum tuyulgan. O‘zbekistonda tom ma’nodagi internet jurnalistika 2000 yillar o‘rtalaridan shakllana boshlagan. Bu albatta, texnik taraqqiyot bilan bog‘liq jarayon edi. O‘sha paytlarda internet jurnalistikaning o‘zbek segmentida yangiliklar saytlari barmoq bilan sanarli edi. Ularning yarmidan ko‘prog‘i muxolif saytlar edi.

Read more...

OAV — xalqning eng yaqin ko‘makchisi, demokratiya ko‘zgusi

Bugun insonlar xolis va to‘g‘ri axborotga har qachongidan ko‘proq muhtojdirlar. Jamiyat to‘g‘ri yo‘ldan dadil odimlashi uchun ham OAVning haqqoniylik va ochiqlik tamoyillari nihoyatda muhim.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasida, endilikda fuqarolarimiz har qanday davlat organi, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan huqu¬qiy axborotni hech qanday cheklovsiz olishi kafolatlanishini qat’iy ta’kidladi. Bu borada OAV xalqning eng yaqin ko‘makchisiga va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi lozimligini ta’kidlab, hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatidagi asosiy mezon bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Kecha poytaxtimizning EOAVMA mediahallida (Zarafshon kino-kontsert zali) o‘tkazilgan “Ommaviy axborot vositalari xalqning eng yaqin ko‘makchisi va demokratiya ko‘zgusi” nomli konferentsiya ham ayni shu masalalarga bag‘ishlandi. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Respublika Tovar-xom ashyo birjasi va Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir Prezidentimizning O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan jurnalistika sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshidagi ijodiy kengashlar a’zolari, OAV vakillari, jurnalistika fakultetlari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Konferentsiyani O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining raisi Akmal Saidovlar ochib berdi. Respublika Tovar-xomashyo birjasi raisi Aziz Nagaev esa ikki tomonlama hamkorlik kelgusida soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shishini ta’kidlab, OAV vakillariga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar ham bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriev bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish or¬qali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida o‘z tavsiyalarini berdi. 

Mamlakatimizda madaniy-gumanitar sohalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan yili madaniyat, adabiyot va san’at, ommaviy axborot vositalari sohasiga taalluqli 12 ta muhim hujjat qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”, 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2017 yil 15 avgustdagi “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari milliy mediamuhitda, chinakam ma’noda, katta voqea bo‘ldi.

— Bugun televidenie yo‘nalishida ham qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, — deydi tadbir ishtirokchisi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Xayrulla Nuriddinov. — Mamlakatimizda va jahonda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar markaziy telekanallarimiz orqali tezkor va xolis yoritilmoqda. E’tirof etish kerak bo‘lgan yutuqlarimizdan biri qator davlat idoralari vakillarining shaxsan o‘zi televidenieda chiqishlar qilib, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni boricha aytishmoqda. O‘z o‘rnida, televidenie orqali yoritilayotgan aholini qiynayotgan ayrim muammolar va bu boradagi e’tirozlar ham tegishli mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining xorijiy davlatlarga qilgan tashrifi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Aytish kerakki, yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham yo‘q emas. Hozir e’tiborimizni qaratishimiz kerak bo‘lgan eng muhim masala bu — ayrim teleko‘rsatuvlarimizning texnik sifati talab darajasida emasligi va ijodkor xodimlarning mavzuga noprofessional yondashuv holatlari kuzatilayotganidir. 

Shuningdek, konferentsiyada “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da OAV oldida turgan vazifalar keng muhokama qilinib, “Matbuot va axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni: yutuq va muammolar”, “Davlat Dasturi ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tezkor va tahliliy yoritish masalalari”, “Global tarmoqda mamlakat hayotida amalga oshirilayotgan yangilanishlar jarayoni yoritilishi: ustuvor vazifalar” mavzularida ma’ruza va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Bosma OAVning elektron nashrlar kabi ta’sirchanlik doirasini oshirish, gazetalarni o‘qishli qilish orqali obunachilar soni ortishiga erishish lozimligi to‘g‘risida taklif va tavsiyalar berildi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Respublika tovar-xom¬ashyo birjasi o‘rtasida yaqin hamkorlik munosabatlari o‘rnatilib, “Do‘stlar klubi” tuzilgan edi. Tadbir davomida ana shu klubning “Do‘st bilan obod uying” veb-sayti taqdimoti ham o‘tkazildi. Endilikda www.jurnalistlarklubi.uz yoki www.uzjk.uz elektron manzillari orqali uyushma faoliyati bilan yaqindan tanishish va ko‘plab jurnalistlarning ijod mahsullaridan bahramand bo‘lish mumkin. 

Tadbir yakunida harbiy vatanparvarlik mavzusida faol ijod qilib kelayotgan bir qator faol jurnalistlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Go‘zal MALIKOVA

SH.SHoxidoyev

olgan suratlar

 

 

 

"Rahbar bo‘lsang, KITOB O‘QI!"

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaa¬si va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida" 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qaroriga asosan O‘zbekis¬ton matbuot va axborot agentligi kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish hamda axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangan.

Read more...

PORTRET SAN’ATINING USTASI

Ulug‘ insonlar suhbatini olish, ularga shogird bo‘lish juda katta baxt. Men ana shunday baxtiyor insonlardanman. Negaki, O‘zbekiston xalq rassomlari Abdulhaq Abdullaev, Chingiz Ahmarov, Ne’mat Qo‘ziboevlardan, ko‘pchilik qatori men ham san’atning nozik sirlarini o‘rgandim.

Read more...

“NIMA,QACHON,QAYERDA ”ga javob izlab

Bugun dunyoda yuz berayotgan voqealardan xabardor bo‘lish insoniyatning zarur ehtiyojlaridan biriga aylandi. Ularni voqea-hodisalardan xolis va haqqoniy xabardor qilish talabi, o‘z navbatida, jurnalistikada yangilik janrini paydo qilgan.

Read more...

Tvda SO‘ZLASHUV MADANIYATI

Bugungi kunda elektron OAVda adabiy til me’yorlariga rioya etmaslik holatlari tez-tez uchraydi. Ayniqsa, og‘zaki muloqotga asoslangan ko‘rsatuvlarda so‘zlashuv uslubida “gaplashayotgan” boshlovchilar, ularning savollariga javob beruvchi respondentlar nutq madaniyati qoidalarini buzayotganliklariga ko‘nikib ham qoldik. Tobora odatiy tusga kirgan bu holat chuqur ilmiy tahlillar uchun mavzu bo‘la oladi.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.