MILLIY AXBOROT SOHASI BILAN TANISHUV

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy axborot sohasini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar jamiyatni demokratlashtirish hamda iqtisodiyotning tizimli rivojlanishi samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

 

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan seminar-ekskursiya istiqlol yillarida sohada amalga oshirilgan ishlar va ularning samaralariga bag‘ishlandi.

Tadbirda parlament quyi palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mas’ul va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I.Abdullaev va boshqalar mamlakatimizda kommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani mazkur sohaning jadal sur’atlarda rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi iqtisodiyot tarmoqlari hamda davlat boshqaruv tizimining faoliyat samaradorligiga xizmat qiluvchi o‘ziga xos lokomotiv sifatida namoyon bo‘ldi.

Axborotlashtirish sohasining rivojlanishi davlat elektron xizmatlari, elektron tijorat mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirmoqda. Bu aholi hamda davlat muassasalari, iste’molchi hamda ishlab chiqaruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangicha yondashuvlarning shakllanishiga xizmat qilmoqda. 

Tadbirda mamlakatimizda sohada erishilgan natijalar xalqaro jamoatchilik tomonidan keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. 

Seminar-ekskursiya doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyidagi eksponatlar bilan tanishdi. 

 

B.BOZOROV,

O‘zA muxbiri

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.