“Hurriyat” – ENG KO‘P O‘QILADIGAN gazetalar safida

Faoliyati zamon talablari asosida tobora takomillashib borayotgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan qiziqarli statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.

Milliy kutubxonamizning Adabiyotlarni berish va dispetcherlik xizmati adabiyotlar berish kafedralarida joriy yilning olti oyida foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p mutolaa qilingan kitoblar, gazeta va jurnallar aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, foydalanuvchilar talablarini o‘rganish maqsadida berilgan buyurtmalar tahlil qilindi.
Aholining vaqtli matbuot nashrlariga qiziqishining tobora ortib borayotganini gazetalarga berilayotgan buyurtmalardan ham ko‘rish mumkin. O‘tgan yarim yil mobaynida mamlakatimizning bosh kutubxonasi xizmatidan foydalanuvchilar tomonidan jami
613045 nusxa gazeta-jurnal olib o‘qilgan.
Shundan 392450 nusxasi — gazetalar.
Eng ko‘p – 251168 marta so‘ralgan besh nomdagi gazeta  umumiy buyurtmalar sonining qariyb 64 foizini tashkil etdi.
 “Hurriyat” mustaqil gazetasi mazkur beshlikdagi to‘rtinchi o‘rinni oldi.
Birinchi o‘rinni – “Xalq so‘zi” (Narodnoe slovo),
ikkinchi – “O‘zbekiston ovozi”,
uchinchi – “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”,
beshinchi pog‘onani esa “Ishonch” gazetasi egalladi.
Jurnallarga jami 220595 buyurtma berilgan.
Joylar esa quyidagicha taqsimlangan:
“Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “O‘zbek tili va adabiyoti”, “Mushtum”, “O‘zbekiston matbuoti”.
Ma’lumot uchun aytish kerakki, O‘zbekistonda hozir chop etilayotgan gazetalarning soni yetti yuzdan oshadi.  

Qodir QODIROV

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.