“Oshiq Buxoriy qissalari”

Qog‘oz va qalamni doimiy hamrohi deb bilgan Jo‘ra Fozil uzoq yillar “Romitannoma” gazetasining bosh muharriri sifatida gazetani sifatli, o‘qishli, qiziqarli, mazmunan boy tarzda chop etilishiga bosh-qosh bo‘lib kelayapti. Shunisi tahsinga loyiqki, Jo‘ra Fozil gazeta yumushlaridan ortib, badiiy ijod bilan ham sidqidildan shug‘ullanib kelayotir.

 

 Xususan, muallif o‘tgan yillar mobaynida “Muhabbatning bayramlari”, “Barqut mavsum”, “Buxoro elchisi”, “Ayriliq ostonasi”, “Buxoriyning qaytib kelishi”, “o‘oziyon zindoni”, “Tiyramoh armonlari” , “Baxt yulduzi”, “Mening qizil gulim”, “Bolalikning yolg‘iz yodgori” kabi kitoblarini adabiyot muxlislariga tuhfa etdi. 

Yaqinda “Yangi asr avlodi” nashriyotida Jo‘ra Fozilning “Oshiq Buxoriy qissalari” nomli kitobi nashr qilindi. To‘plamdan Buxoroi sharifning olis va yaqin tarixi haqidagi “Buxoro malikasi”, “Ibtido va intiho”, “Qizil quyun” qissalari, shuningdek, “Boyqo‘ng‘ir lolalari” asari, hamda “Sevish huquqi” hikoyasi, “Sahrodagi yolg‘iz daraxt” essesi o‘rin olgan. 

Kitob muallif so‘zi bilan ochiladi. Unda shunday fikrlar bayon etilgan: “Aziz kitobxon! Har bir yozuvchining, u qaysi mavzuda qalam tebratmasin, ochilmagan o‘z qo‘rig‘i bo‘ladi va u ana shu qo‘riqni ochishga intiladi. Buxoroi sharif mavzusi men uchun ochilmagan qo‘riq bo‘lsa, ajab emas. 

Endigina qo‘limga qalam olib, mashq qilayotgan paytlarimdayoq     Buxoro tarixi meni behad hayajonga solar, ruhlantirardi. Ayni paytda ona shahrimiz tarixini yaxshi bilmasligimiz, ayrim biryoqlama talqinlar, noxolis baholar benihoya qiynar edi. Bu tarix shunchalar jozibali va murakkabki, bu haqda birgina asarda muxtasar so‘z aytish mushkul. “Oshiq Buxoriy qissalari” uch qissadan iborat turkum. Qissalardagi voqealar turli asrlarda, turli zamonlarda ro‘y bergan bo‘lsa-da, ularda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biridan juda yiroq odamlar bo‘lsalar-da, qahramonlarni yagona manzil — Buxoro birlashtiradi. Va, bu asarning bosh qahramoni ham Buxoroi sharifdir!

Asarni yozish jarayonida tarixiy hujjatlarni, tarixiy shaxslarning xotira va esdaliklarini voqealar rivoji bilan bog‘lashga harakat qildim...”

Taniqli jurnalist va adib Jo‘ra Fozilning “Oshiq Buxoriy qissalari” to‘plami keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

 

Abdulla AYIZOV

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.