“OLTIN QALAM” ko‘p mamlakatlar ijod ahli uchun havasdir!”

  

Har bir inson tinch, osoyishta va farovon yurtda yashashni orzu qiladi va shunga haqli. O‘zbekiston ahli ana shunday baxtdan bahramand. Yurtingizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi, xususan, inson va uning manfaatlari ustuvorligi kishini mamnun etadi. Bugun jahonning qator davlatlarida yetishmayotgan xotirjamlik, bunyodkorlik, yaratuvchilik bu o‘lkaning har burchida hukmron.

 

Joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishining o‘zi ham davlatning xalqqa, o‘z fuqaroligiga g‘amxo‘rligini anglatib turibdi. Men bir necha yillardan buyon yurtingizda faoliyat olib boraman. Ushbu mamlakatda bosqichma-bosqich va puxta o‘ylangan demokratik tamoyillar asosida fuqarolik jamiyati barpo etilayotganiga shohidman. Demokratlashtirishning jahonda umume’tirof etilgan asoslari milliy an’analar bilan uyg‘un holda olib borilmoqda. 

Xususan, davlatingizda Prezident va hukumat mustaqil OAVni rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatayotgani ham e’tiborga loyiq. Ayniqsa, matbuotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli farmonlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, yangi veb-saytlar, mustaqil telestantsiyalar ochilayotgani, OAVning demokratik jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar soha rivoji uchun muhim omildir. Jurnalistlar malakasini oshirish, zamonaviy bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashishlari uchun turli anjumanlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinayotganidan ham xabarim bor. 

Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab har yili o‘tkazilayotgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti xalqaro tanlovi esa ko‘pgina mamlakatlar ijod ahli uchun havasdir. Mazkur mukofot milliy mediaolam uchun eng yuqori pog‘ona bo‘lish bilan birga, sohaning yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, jurnalistning fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga katta yo‘l ochib beradi, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvni shakllantiradi. Bugungi tezkor davrda hech birimiz sohadagi o‘zgarishlardan ortda qolishga haqqimiz yo‘q, mazkur tanlov esa zamonaviy fikrlovchi, faol va jonkuyar jurnalistning mehnatiga munosib bahodir.

Ko‘plab hamkasblarim qatori men ham mazkur mukofotga sazovor bo‘lganimdan mamnunman.

 

Suratda: Ahmad Al-ZUBAYDI,

“Al-Alam” telekanalining O‘zbekistondagi muxbiri, Eron

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.