Jahon demokratik matbuoti tajribasi

Assalomu alaykum, dunyo bilan bo‘ylashayotgan farzandim!

Maktublarimdan birida sobiq sovetlarning yetmish yillik mustabid jamiyatidan qolgan og‘ir asoratlar sabablari haqida fikrlashamiz degandim.

 

Bilasizlar, dunyoda davlatlar ko‘p: siyosiy tutumlari ham turlicha, iqtisodiy asoslarida ham farq bor. O‘tgan asrda ularning ikkitasi – kapitalistik va sotsialistik tuzumlar bir-biri bilan raqobatlashdi. Kapitalizm bozor qoidalari bilan faoliyat yuritadigan demokratiyani asos sifatida olgan bo‘lsa, sotsializm ijtimoiy tenglik deya totalitarizm yo‘liga o‘tdi. Ularning farqiyu o‘ziga xosliklari haqida tom-tom kitoblar bitilgan. Tahlil ob’ekti sifatida ularning kerakli jihati shuki, o‘sha davlatlarning matbuoti jamiyatlari talablaridan kelib chiqqan.

Bu kabi masalalar xususida fikr yuritishdan avval demokratik qadriyatlarga tayanadigan dunyo mamlakatlari tajribasiga murojaat etamiz. Avvalo, o‘arb olimlari, bugungi kunda ularning aksar fikrlarini qabul qila boshlagan Rossiya, Ukraina, Boltiq bo‘yi mamlakatlari olimlari ham dunyo jurnalistikasini to‘rt asosga, boshqacha aytganda to‘rt nazariyaga ajratmoqdalar.

Bu bo‘linish, ular orasidagi farqlar Fred S.Sibert, Uilbur Shramm, Teodor Piterson muallifligida chop etilgan “Matbuotning to‘rt nazariyasi” kitobida (– M.: Vagrius, 1988. 222-bet) ham aks etganki, uni quyida birga ko‘rib chiqamiz.

Kitob mualliflari matbuot nazariyasini avtoritar, libertarian, ijtimoiy mas’uliyat va sovet totalitar nazariyasiga bo‘ladilar. Ularning qisqacha mazmuniga e’tibor berishingni istardim.

Avtoritar nazariya XVI-XVII asrlarda Angliyada keng tarqalgan va hanuzgacha joriy etilmoqda. Qirol, uning hukumati yoki ikkala hokimiyatning mutlaq hukmronligi uning asosi hisoblanadi. Amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlash va uning siyosatini yurgizish hamda davlatga xizmat qilish mazkur nazariyaning bosh maqsadi hisoblanadi. Qirolning patenti va shu kabi ruxsatnoma olgan har kim OAVdan foydalanish huquqiga ega. Hukumat patentlari, gildiyalar, litsenziyalash, ba’zan tsenzura orqali nazorat qilinadi. Siyosiy mashina va amaldorlarni tanqid qilish taqiqlangan. Mulk turi xususiy yoki ijtimoiy bo‘lishi mumkin. OAV hukumat mulki bo‘lishi shart emas, lekin davlat siyosatini yurgizishga xizmat qiladi. Boshqa nazariyalardan sezilarli farqi shunda. 

Libertarian nazariya 1688 yildan keyin Angliyada va AQShda qabul qilingan. Milton, Lokk, Millning ishlari va ratsionalizm hamda tabiiy huquqlarning umumiy falsafasi asosida ishlab chiqilgan. Axborot berish, ko‘ngil yozish, pul topish, lekin, asosan, haqiqatni topishga va hukumatni nazorat qilishga yordamlashish uning bosh maqsadidir. Mablag‘i bo‘lgan har bir kishi  OAV tashkil etish huquqiga ega. “o‘oyalarning ozod bozori”da “haqiqatga qaytish jarayoni” va sudlar vositasida nazorat qilinadi. Tuhmat, axloqsizlik, noshoyon xatti-harakat, harbiy vaziyatda hukumatga qarshi targ‘ibot taqiqlanadi. Bunda mulk turi asosan xususiydir. Boshqa nazariyalardan hukumatni nazorat qilish va jamiyatning boshqa ehtiyojlarini qondirish vositasi ekanligi bilan farqlanadi. 

Ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi XX asrda AQShda boshlangan. Nazariyaning asosi Xoking ishlari, matbuot va amaldagi jurnalistlar ozodligi komissiyasi, OAVning axloq kodekslari hisoblanadi. Bosh maqsad axborot berish, ko‘ngil yozish, pul topish, lekin, asosan, muammoni muhokamaga olib chiqishdan iborat. Aytadigan gapi bor har bir kishi OAVdan foydalanish huquqiga ega. Jamoatchilik fikri, iste’molchilar harakati, kasb axloqi yordamida OAV nazorat qilinadi. Inson huquqlari va hayotiy zarur ijtimoiy manfaatlarga jiddiy xalaqit berish taqiqlanadi. Mulk turi esa agar hukumat jamiyat manfaatlarini ta’minlashni o‘z qo‘liga olishga majbur bo‘lmasa xususiydir. Boshqa nazariyalardan sezilarli farqlari: OAV ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak, aks holda, ularni kimdir shunday bo‘lishga majbur etishi lozim.

Sovet totalitar nazariyasi Sovet Ittifoqida, shuningdek, ayrim elementlari natsistlar va italiyaliklar tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan. Marks-lenin-stalin ta’limotining Gegel va XIX asr rus falsafasi bilan qorishmasi uning asosini tashkil etadi.

Mazkur kitobda o‘arb olimlari o‘z yurtlari bosib o‘tgan nazariyalarni ketma-ketlikda (“avtoritar-libertarian-ijtimoiy mas’uliyat”) berib, “yo‘ldan adashgan” (sovet totalitar) nazariyani alohida ko‘rsatadilar. Ular o‘zlarini ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi asosida faoliyat yuritayapmiz deb hisoblaydilar.  

O‘zbekiston tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, vaqtli matbuotning boshlanishi XIX asrning ikkinchi yarmi, milliy matbuotning boshlanishi XX asrning ilk yillariga, ya’ni Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatini yuritgan davrga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, u paytda Rossiyada avtoritar nazariya hukmron edi. 

o‘arb olimlarining fikricha, matbuotning avtoritar nazariyasidan libertarian, undan so‘ng ijtimoiy mas’uliyat nazariyasiga o‘tdi. Bizda esa, ya’ni mustamlaka O‘zbekistonda matbuot XX asrning 20-yillaridan Chor Rossiyasi davridagi avtoritar nazariyadan sovet kommunistik matbuot nazariyasiga o‘tildi. 

Bugun yurtimiz ozod, dunyoda o‘z o‘rnimizga egamiz. Tenglar ichra teng bo‘lib, rivojlangan davlatlardan kam bo‘lmasdan yashashni orzu qilyapmiz, shu maqsad sari intilyapmiz. Yuqoridagi fikrlar jarayonida navbatdagi savollar kelib chiqadi: sovet totalitar matbuot nazariyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ya’ni libertarian nazariyadan sakrab) ijtimoiy mas’uliyat nazariyasiga o‘tish mumkinmi? Boshqacha aytganda, tanqidga ko‘nikish, yangi fikrni eshitish, agar o‘rinli bo‘lsa, qabul qilish bizda nega juda mashaqqat bilan kechmoqda? Bundan tashqari, mazkur nazariyalar yaratilgan muhitning, aniqrog‘i, jamiyat yoki davlatning iqtisodiy salohiyati ham asosiy o‘rinda turadi. Ommaviy axborot vositasi ijtimoiy mas’uliyatni zimmasiga olishi uchun, birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlashi, birovning sadaqasiga ehtiyoj sezmasligi darkor. Zarur mablag‘ni, avvalo, raqobatdosh korxonalarning bozorlarda xaridorini kutayotgan mahsulotlarini reklama qilish evaziga topishi kerak. Hozircha ana shu darajaga chiqish uchun harakat qilayotgan ekanmiz, xohlaymizmi yoki yo‘qmi, rivojlangan o‘arb bosib o‘tgan yo‘lni (qisqa fursatda bo‘lsa-da) o‘tishga majburmiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, libertarian nazariya elementlari bugun hayotimizga kirib kelganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, mazkur nazariyaning maqsadini yana bir bor takrorlasak, fikrimizni dalillaydi: “Axborot berish, ko‘ngil yozish va pul topish, lekin, asosan, haqiqatni topishga va hukumatni nazorat qilishga yordamlashish uning bosh maqsadidir”. Bugungi OAV axborot beryapti, ko‘ngil yozish uchun alohida tele va radio dasturlar mavjud, hatto ko‘plab nashrlar chop etilyapti, haqiqatni topishga, ijtimoiy nazorat o‘rnatishga harakat qilyapti (avvalgi maktubda yurtimizning Birinchi Prezidenti ana shu jarayonning sust ketayotganini tanqid qilgan fikr berilgandi).

Bugun respublikamizda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun takomillashtirildi, shuningdek, “Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari xartiyasi”, “Bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklari jurnalistlarining axloq-odob kodeksi” qabul qilinganki, bunda masalaning huquqiy jihatlari o‘z ifodasini topgan. 

Nega muammolarimiz ko‘p, degan savolga esa qonun chiqarish yoki axloq-odob kodeksini yaratish bilangina ish bitmasligini, ana shu me’yoriy hujjatlardagi tadbirlarni, afzalliklarni amalga oshirish, axborot erkinligi hukmron bo‘ladigan hayotga birinchi navbatda auditoriya(rahbarlar va har bir fuqaro)ni sabr-toqat bilan o‘rgatish, o‘rgatganda ham mazkur ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish talab etiladi, deya javob bersak to‘g‘ri bo‘ladi. 

O‘zbekistondagi o‘zgarishlarning bosh islohotchisi davlat hisoblanadi. Shu bois mazkur masalaning bosh islohotchisi ham davlat bo‘lsa, ayni muddao. Nega? Sal avval ijtimoiy mas’uliyat nazariyasining boshqa nazariyalardan farqi tushuntirildi: “OAV ijtimoiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak, aks holda, ularni kimdir shunday bo‘lishga majbur etishi lozim”. Demak, shu “kimdir” o‘z taraqqiyotini o‘ylaydigan davlatning o‘zi bo‘lmasa, uning o‘rnini turli “beg‘araz grant”lar vositasida keladigan, birinchi navbatda, o‘z manfaatini ko‘zlaydigan “demokrat” davlatlarning turli “institut”lari yoki “instruktor”lari egallashi mumkin. Bunday tashkilot va “ko‘ngilli”larning faoliyatini dunyoning qon to‘kilayotgan mintaqalarida yoki rangli inqiloblar amalga oshirilgan davlatlarda ko‘rdik, ta’sirini bugun ham sezmoqdamiz.

O‘z xalqiga sadoqatli bo‘lib uning dardini yoritish bilan Vataniga nafrat-la munosabatda bo‘lib muammo ko‘tarishning farqi bor. O‘z qadriyatlarini hurmat qilib axborot tarqatish bilan odob-axloq pardasidan voz kechib bo‘hton urchitish o‘rtasida katta tafovut bor. Shu kabi jihatlarni hisobga olib ijtimoiy mas’uliyat nazariyasini qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etishimiz demokratik jamiyat taraqqiyotiga va, albatta, davlatimizning qudratli bo‘lishiga xizmat qiladi. 

 

Halim SAYID,

“Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Al-Xorazmiy izdoshlari

2018-02-21 07:37:40

Ulug‘larni ulug'lagan yurt

2018-02-21 07:43:01

Jurnalistika sohasida “OLTIN QALAM” ...

2018-02-21 07:51:56

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

February 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28

.