MUHARRIRGA MAKTUB

Dunyoning ishlari qiziq bo‘larkan. Shunisi bilan ham hayot rang-barang-da! Masalan, birovga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsangiz, boshqasi qolib ketarkan. So‘rasa, qo‘lingizdan kelsa, unga ham ko‘mak berishga intilarkansiz. Bunday paytda xalq “Yaxshilik qil, suvga ayt — boliq bilar, boliq bilmasa — Xoliq bilar”, derkan. Siz ham shunday ish tutishga harakat qilarkansiz. Shu zaylda umr o‘taverarkan, kimgadir nafingiz tegsa, ko‘nglingiz yumsharkan, yashashdan qoniqish hissi paydo bo‘larkan.

 

Yoshi ellikka borib qolgan jurnalist-muallimning hayotiy tajribalari asosida yozilgan “Talaba qizimga maktublar” turkumidagi maqolalar sohamizning qadrli nashri bo‘lib qolgan “HURRIYAT” gazetasida chop etilgandi. 

Biroq birovga yaxshilik qilaman, deya boshqasini o‘ksitib qo‘yishingiz ham hech gapmas. Otalar negadir qizlarini ko‘proq erkalaydilar. Kamina ham shunday qilgan. Kunlarning birida xat oldim, boshini o‘qiboq xijolat chekdim. Maktublarimni otasiz o‘sgan qizlar o‘qisa nima bo‘ladi, deya o‘ylamagan ekanman. Shunday qizlardan birining armonini, qalbidagi dardini eslatib qo‘yganimdan dilim xijil tortdi. Maktubdan bir parcha (“HURRIYAT”da e’lon qilingan):

“O‘n olti yildirki, otasiz voyaga yetmoqdaman. Ularning hayotimizdagi o‘rni hamisha bilinib turadi. Ayniqsa, qiz bola uchun ota mehri, tarbiyasi juda muhim ekan. Har yili tug‘ilgan kunimda qiladigan niyatim – dadamning tabrigini eshitish edi. Barcha dadalar kabi pandu nasihatlar berib, men haqimda qayg‘urishlarini, quvonchli kunimda esa men bilan faxrlanishlarini istar edim. Nega “edim” deb yozayotganimga hayron bo‘layotgandirsiz?! Bilasizmi, maktubda yozilgan satrlarni o‘qib mendagi bo‘shliq qisman qoplandi. Avvallari, otam menga qanday gapirar ekanlar, qay holatda suhbatlashar ekanlar, deya o‘ylashga, hatto tasavvur qilishga juda qo‘rqar edim. Siz sabab o‘sha ko‘p yillik qo‘rquvni yengdim. Ilk bor ota mehrini his qildim”. 

Maktub yakunida ko‘ngil biroz yupangandek bo‘ldi. Keyinroq uyushtirilgan uchrashuvlarda ayrim talaba qizlar ko‘z yoshlari bilan o‘zimni ham rosa yig‘latishdi. Odamzod naqadar mehrga zor. Mehrimizni bir-birimizdan ayamaylik. Mehrga munosib bo‘lib yashaylik, deyman doim.

Yaqinda kutilmagan yana bir maktub oldim. Bu gal talaba-jurnalist yigitdan. Qizlardan farqli o‘laroq ismini yozmabdi. Siz ham bir o‘qib ko‘ring.

“Assalomu alaykum, dadajon domla!

O‘g‘il bola bo‘lsam-da, sizning “Talaba qizimga maktublar” nomli mo‘’jazgina risolangizni atay o‘qib chiqdim. O‘zingiz aytasiz-ku, jurnalist hamma voqea-hodisalardan xabardor bo‘lish kerak deb. Qolaversa, buning boshqa sababi ham bor. Yaxshi ko‘rganim, taqdirimni bog‘lamoqchi bo‘lgan qiz ham jurnalistika fakultetida tahsil oladi. Bir kuni kitobingizni mutolaa qilganini, ba’zi joylarini o‘qiganda, hatto yig‘laganini aytdi. O‘gitlaringizga amal qilyapti. Tahririyatga musahhih bo‘lib ishga ham kirdi. Xullas, o‘qishdan, ishdan bo‘shamay qoldi. U o‘zgardi, ba’zan o‘zimni uning hayotida ikkinchi o‘ringa tushib qolgandek his eta boshladim... 

Xullas kitobingizni o‘qib chiqdim...

Ilk taassurotim shuki, risolada jurnalistika sohasini qiziqib-qiziqmay tanlagan barcha talabalarga foydasi ko‘p ma’lumotlar bor ekan. Maktublarda bitgan fikrlaringizning aksari yigitlarga ham asqotadi. “Sen shu xalqning yutug‘i, dardi, orzusi haqida yozadigan jurnalist bo‘lmoqchisan. Buning uchun jurnalist siyosatchi, mafkurachi, iqtisodchi, diplomat va hokazo sifatlarga ega bo‘lishi zarurkim, yuqoridagi fanlarni ongli tarzda o‘zlashtirish evazigagina haqiqiy ijodkor darajasiga erishishing mumkin”, deb yozasiz va buning uchun ko‘pgina fanlar zaruratini bir necha misollarda ko‘rsatib berasiz: “Jurnalistikaning xalqaro huquqiy asoslari va etikasi fanidan huquq hamda burchlaringni o‘zlashtirasan. Shu asnoda dunyoda bo‘layotgan voqea-hodisalarni tahlil qilib, ba’zi mamlakatlar ommaviy axborot vositalarida bu majburiyatlarning ongli tarzda bajarilmayotganini anglab yetasan. Axborot tarqatishdagi bir yoqlamaliklarning guvohi bo‘lasan”, deysiz-da, axborot xurujlariga qarshi kurashish immuniteti, jurnalistning grajdanlik pozitsiyasi, “yomon jurnalistika” kabi tushunchalar haqida qisqacha ma’lumot berasiz. Bular jurnalist yigitlarga ham asqotishi aniq-ku. O‘zim siyosiy sharhlovchi bo‘lishni niyat qilganim bois ana shu mavzularning alohida-alohida maktublarda kengroq, chuqurroq ochib berilishini istardim. 

Darvoqe, ishga joylashish haqidagi maslahatlaringiz biz – yigitlar uchun ham o‘rinli deb bilaman. 

Qisqasi, maktub yozishimdan maqsad, ishonmasangiz ham aytaman – bunday munosabat, maslahatu nasihatlarni o‘g‘il sifatida men ham otamdan eshitgim keldi... 

Hurmat bilan talaba o‘g‘lingiz”.

Masalaning ba’zi jihatlarini hisobga olmaganda uning gaplarida jon bor. Ba’zi jihatlari esa... Amaliyotimda duch kelgan muammolar shunday ish tutishga majbur etgandi. Masalan, an’anaga ko‘ra, jurnalistika fakultetida o‘qish yakunida aksar qizlar turmushga chiqadi. Bu tabiiy hol. Xudo bersa, uning hayotida bunday tabiiy hollar ketma-ket yana kelaveradi. Deylik, homilador bo‘ladi, farzand ko‘radi, ba’zilari bolasi ikki yoki uch yoshga to‘lgach, qizi bo‘lsa o‘g‘il, o‘g‘li bo‘lsa qiz xohlaydi. Turmush o‘rtog‘ining da’vati, qaynonasi yoki onasining “Yoshligingda tug‘ib-tug‘ib olgin”, degan maslahati ham bunga turtki beradi. Qisqasi, u oiladan ortib ishga chiqaman deguncha kamida besh-olti yil o‘tib ketadi. Tahririyatga ish so‘rab borganida undan qachon universitetni tugatgani, qaerlarda ishlaganiyu qaysi mavzuda yozgani tilga tushganini so‘rashadi. U esa “O‘qidim, turmushga chiqdim, diplomim bor”, deydi xolos. Bu gaplarni eshitib, qaysi rahbar uni ishga oladi? Kadrga ehtiyoj bo‘lsa-ku, yaxshi: bir necha oy sinov muddati belgilanadi. Agar u talabalik davridanoq yozib, o‘z mavzusini topmagan va yozish uslubini o‘zlashtirmagan bo‘lsa, sinovning oxiri nima bilan tugashi sizga ma’lum. Maktublarni bitishdan maqsad talaba qizlarni turmushga chiqquncha bo‘lgan fursatdan maksimal darajada foydalanishga chaqirish edi. O‘g‘il bolalarning esa yo‘rig‘i boshqa.

Shunday bo‘lsa-da, talaba-jurnalist o‘g‘lonning takliflarini inobatga olgan holda yana maktublar bitish niyati tug‘ildi – yigitning so‘zi ham yerda qolmasin! 

 

Ehtirom bilan,

Halim SAYID,

“Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-89.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-92.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: gd-jpeg, libjpeg: recoverable error: Premature end of JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: imagecreatefromjpeg() [function.imagecreatefromjpeg]: 'images/-93.jpg' is not a valid JPEG file in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 699

Warning: Division by zero in /home/uzhurriy/public_html/plugins/system/sjcore/core/ytools/ytools_image.php on line 252

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.