AFSHONAGA SAFAR

“Toshkent — Buxoro” tezyurar “Afrosiyob” poezdining shinam, zamonaviy jihozlangan kupesida sheriklar bilan chaqchaqlashib ketdik.

Read more...

«Qobusnoma» asarida yoshlar tarbiyasi

Yurt taqdiri, ravnaqi yoshlar ta’lim-tarbiyasiga chambarchas bog‘liq. Ularning har tomonlama barkamol bo‘lib yetishishi mamlakat kelajagining barqarorligini ta’minlovchi asosiy omildir. Turli madaniyatlar va mafkuralar kurashi ketayotgan bugungi vaqtda mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan, endigina oqni qoradan ajrata boshlagan farzandlarimiz o‘zligini to‘liq idrok etib olishiga, o‘z to‘g‘ri yo‘llariga tushib olishlarida, asosan  katta yoshdagi yoshi ulug‘ insonlarning hayotiy tajribasi  juda qo‘l keladi.

Read more...

Tabarruk qadamjolar

«Yaqinda Buxoro viloyatida safarda bo‘lganimizda, mashhur Mir Arab madrasasini ko‘rib, to‘g‘risi, ancha xijolat bo‘ldim. Necha zamonlardan buyon xalqimizga, dinimizga xizmat qilib kelayotgan, nafaqat yurtimiz, balki musulmon dunyosida shuhrat qozongan qanchadan-qancha ulamolarni kamolga yetkazgan bu muqaddas dargoh achinarli ahvolga tushib qolgani, albatta, afsuslidir. Bugungi kunda mazkur diniy o‘quv maskanining nufuzi va maqomini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bu yerdagi qadimiy binolarni tubdan ta’mirlash, yon-atrofdagi hududni obodonlashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda».

Read more...

Go‘zal axloq targ‘ibotchisi

Bugun yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan asrash hamda yot g‘oyalarga berilib ketmasligi uchun ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rgatish hamda ularni azaliy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash muhim masalaga aylangan. Bu jarayonda yurtimizda yetishib chiqqan ko‘plab yetuk olimu ulamolar, buyuk zotlarning boy merosini o‘rganish va hayotga tatbiq etish har bir ma’rifatli kishining burchi hisoblanadi. Bu esa yoshlarimizning kelgusida yetuk insonlar bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Read more...

Buyuk fiqhshunos olimlar

Yosh bo‘lsa-da tajribali  kishilarday harakat qilayotgan bolani ko‘rsak, «Qonida bor-da» deymiz. Masalan, duradgorning farzandi yog‘ochni san’atga aylantiradi. Cho‘ponning bolasi hali atak-chechak odimlasa-da, tayoqni kiftida o‘ynatadi. Dehqon qo‘lidagi urug‘ bexos tuproqqa tushib ketsa ham, hosil beradi. Bobolarning  endigina olamni anglab borayotgan nabiraga yetti pushtining ismini yod oldirishi, otalarining kasb-hunarini o‘rgatishi bejiz emas. Shu ma’noda o‘ylab qaralsa, bugungi yoshlarning shu tuproqda tug‘ilib voyaga yetgan, jahon ilm-fan va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganishi ham qarz, ham farzdir.

Read more...

ABDURAHMON JEVACHI — erk va ozodlik kurashchisi

Mustaqillik yo‘li uzoq va mashaqqatli bo‘lib, xalqimizning zo‘ravonlik, zulm va mutelikka qarshi isyonlari davomli ravishda ro‘y berib turgan. Ana shunday ozodlik uchun kurashlardan biri 1916 yil Jizzaxda bo‘lganini barcha yurtdoshlarimiz yaxshi bilishmasa kerak. Chor Rossiyasi mustamlakachilarining jabr-zulmidan azob chekkan xalqning ko‘chaga chiqishi tarixda Jizzax qo‘zg‘oloni nomi bilan qoldi.  Uning tarixiy ahamiyati shundaki, u ezilgan xalqning erk va ozodligi, haq-huquqi uchun mardonavor kurashchilarni maydonga chiqardi. Jafokash elning ongu tafakkurida mustamlakachilik va zulmga qarshi birlashib kurashish orqaligina ozodlikka erishish mumkinligi haqida umid  uyg‘otdi.

Read more...

HIDOYAT YO‘LI IMOMI

Haq yo‘lga intiq, ilohiy nurga chanqoq bo‘lib turganda muqaddas Islom dinining yuzaga kelishi butun insoniyat hayotida tub burilish yasadi. Ular o‘zlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlagan Haqqa cheksiz shukronalar aytar, Qur’oni Karimda kelgan oyati shariflarga so‘zsiz amal qilar, payg‘ambarlari Muhammad alayhissalom sunnatlarini mahkam tutgan edilar. Ammo xuddi to‘g‘on ochilganda daryo suvi shiddatli shovullab, uning yuzidagi xas-cho‘plar birinchi bo‘lib oqmoqqa shaylangani kabi Islom dini Yer yuzi bo‘ylab keng tarqalayotgan bir davrda turfa adashgan guruhlar, firqalar chiqib, odamlar ongini zaharlashga, haq qolib, o‘zlarining botil yo‘llariga yetaklashga tushdilar. Bir yoqda mo‘’taziliylar (“Mo‘’tazila” atamasi arab tilidan tarjima qilinganda, “adashgan, ajralib chiqqan, uzoqlashgan” degan ma’nolarni bildiradi), bir tarafda zindiqiylar (arabcha: dinga ishonmaydigan, xudosizlar), botiniylar, qarmatiylar, xavorijlar o‘zlari hidoyatdan chetlanganlari yetmagandek, odamlar orasida ham buzg‘unchilik, johillikni yoyishga zo‘r berardi.

Read more...

Suzuk ota usta hunarmandlar piri

Islom dini rivoji va islom tarixshunosligida munosib o‘rin tutgan allomalarning aksariyati biz bilan siz yashab turgan ona zamin bag‘rida yashab o‘tgan. Muqaddas Islom dini arkonlarini o‘rganishga bo‘lgan talab, ushbu dinga e’tiqod qilina boshlanganidan buyon davom etib keladi. Chunonchi, Yassaviy, o‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Bahouddin Naqshband kabi zabardast tasavvuf ilmi namoyandalarining bepoyon ilmiy merosi  islom olamida katta mavqega ega. Bu ulug‘ zotlarni o‘rganish va ular mangu qo‘nim topgan qadamjolarni ko‘rishni orzu qiladiganlar dunyoning har yerida topiladi.

Read more...

Yulduzlarga talpingan zot

Tariximiz zarvaraqlariga ko‘z tashlasak, o‘tmishda bobokalonlarimiz yaratgan ulkan meros, ilm-fanda, qo‘yingki, barcha sohalarda erishilgan yutuqlar bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi. Asosiysi, Movarounnahrda tug‘ilgan va jahon ilm-fani, madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarimizni bugungi kunda dunyo ahli yaxshi taniyotir. Ular orasida Mirzo Ulug‘bekning nomi alohida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi.

Read more...

Sayyid Amir Kulol haqida haqiqatlar

Movarounnahr, xususan, Buxoroda Islom dini rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar ko‘p. Uning ilm nuri hamon butun musulmon olamini charog‘on etayotir. Ko‘hna va muborak bu  zaminda bir bora bo‘lishni orzu qiladiganlar dunyoning turli burchida topiladi. Ayniqsa, islom olamida mashhur buyuk avliyolar yetti pir nomini olgan tariqat va tasavvuf olamining yirik namoyandalari mangu qo‘nim topgan maskanlarni ziyorat etishni ko‘pchilik orzu qiladi.

Read more...

Ko‘hna Shosh bag‘ridagi javohir

Ko‘hna Shosh bag‘rida tarixning necha ming yillik sirlari yashirinib yotibdi. Bugungi yorug‘ kunlarga yetguncha uning qanchadan-qancha xalqparvar, vatanparvar farzandlari, ulug‘ allomalari mehnati, ularning buyuk xizmatlari ham ana shu tarix qatida edi. Xalqimiz o‘z erki, istiqloliga erishgach, ajdodlardan qolgan madaniy-ma’rifiy merosni tiklash, yuzaga chiqarish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Read more...

ULUG‘ MUHADDIS

Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Imom Termiziy xalqaro tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda ta’kidlanganidek, Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning merosini ilmiy asosda o‘rganish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida Surxondaryo viloyatida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.

Read more...

ILMNI MAYOQ BILGAN AJDODLAR

Mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion sohalarni yanada rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy ishlarni tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sohani tubdan isloh etilishida muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Read more...

SHAYXNING G‘ALABASI

Tarix Vatan uchun jonini ham ayamagan chinakam jasorat egalari nomini o‘z sahifalariga abadiy muhrlab qo‘yadi. Toki ularning timsoli, boshqalarga ibrat bo‘lsin.

Read more...

ILM IZLAGANGA ILMDIR DUNYO

Istiqlolning ilk yillaridan boshlab, ulug‘ bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishga kirishildi. Jumladan, benazir alloma Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy asarlari har tomonlama tadqiq etilib, keng jamoatchilikka taqdim qilinayotir. Inchunun, hazratning shoh asarlari “Al-Jome’ as-sahiyh” (4 jildlik) va “Al-adab al-mafrad” to‘lig‘icha kitobxonlarga tortiq etildi. Toshkent islom institutiga Imom Buxoriy nomi berilgan. Qolaversa, bir necha jome’ masjidlari buyuk muhaddis nomi bilan ataladi.

Read more...

POYTAXT KO‘KSIDAGI YOQUT

Har bir inson tinch va obod yurtda yashashni istaydi. Tinch elda bunyodkorlik, yaratuvchilikka imkon, inson qadri yuksalishiga ishonch bor. Bu jihatdan bizga havas qiladigan davlatlar, xalqlar bisyor.

Read more...

Peshtoq bitiklari mazmuni

“Qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, biz qurdirgan binolarga boqing” degan so‘zlarni bugun barchamiz faxr bilan tilga olamiz. Darhaqiqat, yurtimizning har bir go‘shasida g‘ururlanishga arziydigan me’morchilik namunalari bor. Ammo, sohibqiron bobomiz bu gapni baland-baland va mustahkam imoratlar qurdirgani uchungina aytmagan, nazarimizda. Bu fikr zamirida tarixiy obidalarimizning yuksak san’at darajasida bezatilgani, betakror naqshlar orasidagi har bir bitik xalqning boy ma’naviyati mahsuli ekaniga ham ishora qilinganday.

Read more...

Ko‘kaldosh madrasasi

Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz tilga olinganda, albatta, yurtimizdagi ko‘plab muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlarning obod qilingani, mustabid tuzum davrida qarovsiz qolgan maqbara va madrasalarning ta’mirlangani, yangilari bunyod etilgani e’tirof qilinadi.

Read more...

MA’RIFATGA INTILGAN ZOT

Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, ayniqsa, ulug‘ ajdodlarimiz nomlarini xalqqa tanishtirish borasida ibratli va salmoqli ishlar amalga oshirildi. Zotan, dunyo ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan vatandosh allomalarimizning qimmatli meroslarini o‘rganish, ularni kelajak avlodlarga yetkazish bizlar uchun ham qarz, ham farzdir. O‘tmishda qadim Termiz tuprog‘idan ham ko‘plab allomalar yetishib chiqqan bo‘lib, shulardan biri Al-Hakim At-Termiziydir.

Read more...

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

MDH: AMALIY HAMKORLIK INSTITUTI

2017-10-18 12:31:15

Mo‘jizalar izlab Misrdan ...

2017-10-18 12:29:50

Olovli sahifalar

2017-10-04 09:26:07

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

October 2017
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.