TINCH VA MUSAFFO SAMO LOCHINLARI

Bolaligimizda samoda biror samolyot yoki vertolyotning guvillagan ovozini eshitib, qolsak ko‘kka boqib: “Ey samolyot, meni olib ket” deya shodon qichqirardik. Ularda parvoz qilayotgan odamlarga havas qilardik. Ayniqsa uchuvchilarga. Yoshligida uchuvchi bo‘lishni orzu qilmagan bolalar kam bo‘lsa kerak. Bu niyatga yetishish uchun inson avvalo matonatli mard va bilimli bo‘lishi kerak. 

Read more...

SOG‘LOM FARZAND — YURT KAMOLI

Abduvohid bobo o‘n to‘rt yashar nevarasi Shamsiddin Gretsiyaning Xalkidiki shahrida shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z tengdoshlari orasida g‘olib bo‘lganini eshitib, ko‘zlari quvonch yoshlariga to‘ldi. Nafaqat Shamsiddinning, balki istiqlol havosidan nafas olib ulg‘ayayotgan tengdoshlarining vujudidan yog‘ilib turgan kuch-g‘ayratni, yuksak parvozga shaylanayotgan burgutning chaqnoq ko‘zlari kabi o‘t-olovni ko‘rib, ko‘ngli ezgu orzulardan yorishib ketdi.

Read more...

BEBAHO NE’MAT SHUKRONASI


Mamlakatimiz mustaqilligini, fuqarolar tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish  davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Insonning muqaddas huquqlaridan biri bu — tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdir. Tarixdan ma’lumki, har qanday davlatning mustaqilligi, xalqning erki va tinchligi uning o‘z armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinadi. O‘z mustaqilligini, tinchligini asray olgan davlatgina bar­qaror rivojlanadi, gullab-yashnaydi.

Read more...

XAYRLI ISHLARIMIZ BARDAVOM BO‘LADI

Mamlakatimiz mustaqilligining yigirma beshinchi yili nishonlanadigan 2016 yilni xalqimiz katta umid va ko‘tarinki ruhda qarshiladi. Bir-birlariga ezgu-tilaklar, niyatlar bildirildi. Yangi yil tantanasi to‘kin dasturxonlar tevaragida, oila davrasida quvonch bilan nishonlandi. Ayniqsa, bolajonlarning shodligi shu kunlarda ichiga sig‘maydi. Nega desangiz, ular yangi yilda ajoyib sovg‘alar olish bilan birga, yana bir yoshga ulg‘ayadilar.

Read more...

TABIAT — ONAMIZ

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida 1,5 million hayvon va 500 mingga yaqin o‘simlik turlari mavjud ekan. O‘zbekistonda ular 4230 dan ortiq. Shulardan 770 tasida dorivorlik xususiyati bor. Ko‘rinib turibdiki, tabiatning o‘zi ulkan «dorixona»dir.

Read more...

TINCHLIGIMIZ, FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI

Mana, oradan yillar o‘tdi. Ha demay milliy armiyamiz tashkil etilganiga ham 24 yil bo‘ladi. Buni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlaymiz.

Read more...

SOG‘LOM AVLOD KELAJAGI O‘Z QO‘LIMIZDA

Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999 yilni Ayollar, 2000 yilni Sog‘lom avlod, 2001 yilni Ona va bola yili deb e’lon qilingani bejiz emas. Zotan, o‘tgan yillar mobaynida mamlakatimizda bolalar ta’lim-tarbiyasi, salomatlikni muhofaza qilish, onalik va bolalik masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ayniqsa, yoshlarimizga oila mas’uliyatini anglatish, homilador ayollarni e’zozlash, moddiy ta’minotini tashkil etish davlat va jamiyatimizning muhim yumushiga aylandi. 2016 yilning "Sog‘lom ona va bola" deb nomlanishi ham ayni shu maqsadlarga xizmat qiladigan sa’y-harakatlarning izchil davomidir. Xotin-qizlarimizning salomatligi, ma’naviyati qancha yuksak bo‘lsa, barkamol avlodni tarbiyalash shuncha oson kechadi. Haqiqatdan ham sog‘lom bolani dunyoga keltirish avvalo onaga bog‘liq. Qaerdaki, ayol e’zozlanib, sog‘lom bola haqida g‘amxo‘rlik qilinsa, shu joyda farovon va baxtli hayot kechirishga intilish kuchayadi. 

Read more...

KONSTITUSIYA — AMALDAGI KAFOLAT

Ma’lumki, har qanday davlat muayyan qonunlar doirasida faoliyat yuritadi. Ularning asosi tabiiyki, Konstitutsiya hisoblanadi.  Unda jamiyatning mafkurasi, qadriyati va madaniy-tarixiy taraqqiyoti  butun borlig‘icha o‘z aksini topadi.  

Read more...

XAYRLI AMALLAR BARDAVOM

Prezidentimizning shu yil 18 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq, ulug‘ yoshli yurtdoshlarimizning hayotini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1941—1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Read more...

SOBITQADAMLIK

Mustaqillik bizga qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni chuqur idrok etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida yashash, milliy istiqlol g‘oyalarini yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbi va ongiga yanada teranroq singdirish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartini, taraqqiyotimizning kafolatini berdi. 

Read more...

AJDODLARDAN MEROS NE’MATLAR

«Mustaqil demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etish va rivojlantirish bo‘yicha biz bosib o‘tgan buyuk va shonli yo‘l milliy armiyamizning – yon-atrofimizdagi murakkab va tahlikali vaziyatda toblangan, Vatanimiz mustaqilligi, suvereniteti, uning hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayotining hamisha ishonchli kafolati bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolayotganini necha bor isbotlab bergan mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining shakllanishi bilan uzviy va chambarchas bog‘liq holda kechdi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor». Prezidentimiz Islom Karimov Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 23 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan bayram tabrigida shunday fikrlarni bildirib o‘tgan.

Read more...

MILLIY DORBOZLIK SAN’ATI ISTIQBOLI

O‘zbek milliy xalq o‘yinlari azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida e’zozlanib kelinadi. Asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongi, tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan o‘yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, jasurligi, epchillik va mardlik kabi fazilatlari  o‘z aksini topgan.

Masalan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan dorbozlik san’ati ana shunday tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu soha keyingi paytlarda yosh iste’dodlar orasida ommalashib bormoqda. Istiqlol yillarida xalq o‘yinlariga doir manbalarni to‘plash, o‘rganish va qayta tiklash jarayoni izchil yo‘lga qo‘yildi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimizning haqqoniy tarixini o‘rganish, nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish va jahon miqyosida keng tanitishga katta e’tibor qaratildi.

1997 yildan buyon Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi tomonidan muntazam o‘tkazib kelinayotgan milliy dorbozlik jamoalari ishtirokidagi “Maydon tomoshalari san’ati” respublika festivali o‘zbek xalq tomosha san’ati va milliy o‘yinlarini tiklash, dorbozlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlarning boy ma’naviy merosimiz, xalq o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda Markaz tomonidan ota-bobolarimizning mardu-maydonlik, jasorat, epchillik kabi xislatlarini o‘zida ifoda etuvchi, ko‘p asrlik tarix va boy an’analarga ega “Dor va dor osti tomoshalari san’ati” YuNYeSKOning Insoniyat Nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga tavsiya etildi. Bu ham bejiz emas. Misol tariqasida Markaziy Osiyodagi mamlakatlarni hisoblaydigan bo‘lsak, ularda dorbozlik san’ati bo‘yicha bir nechta guruhlar bo‘lsa, bizning mamlakatda yetmishga yaqin dorbozlik jamoalari va tsirk  san’ati bilan shug‘ullanadigan guruhlarimiz mavjud. Mazkur jamoalarning repertuarlarini o‘ylash, milliy an’anaviy tarzdagi sulolaviy dorbozlik san’atini yanada rivojlantirish, yoshlarni qiziqtirish maqsadida har ikki yilda “Maydon tomoshalari san’ati” respublika festivali o‘tkazilib kelinadi.

Bu galgi milliy dorbozlik san’atini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham ko‘p ming yillik tarixga ega milliy dorbozlik va xalq tomosha san’atiga alohida e’tibor qaratish, respublikamizda faoliyat yuritayotgan dorbozlik jamoalari faoliyatini tahlil qilish, ularning texnik xavfsizligi, ijro mahorati, sahna madaniyatini yuksaltirish, tomosha dasturlarining g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirish va milliy vatanparvarlik ruhida shakllantirish borasida amaliy-uslubiy yordam berish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. O‘zbekiston hududida qadimdan turli dor va dor osti o‘yinlari mavjud bo‘lgan va keng tarqalgan. XIX asrning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysining Asaka va Quva shaharlari dorbozlik san’atining o‘ziga xos markazlari hisoblangan. Bugungi kunda O‘zbekistonda 40 dan ortiq dorbozlik guruhlari mavjud bo‘lib, tajribali dorbozlar boshchiligidagi “Vodil chinori”, “Madamin dorboz”, “Andijon samosi”, “Qo‘qon minori”, “Kosonsoy dorbozlari”, “Chust dorbozlari” guruhlari samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Yaqinda poytaxtimizdagi Respublika estrada-tsirk kollejida «Milliy dorbozlik san’atini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi direktori Azamat Haydarov yurtimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’analarimizga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashga qaratilayotgan e’tibor va bu jarayonda Markazning ishtiroki xususida to‘xtaldi. Jumladan, “Milliy dorbozlik jamoalarining faoliyati: yutuqlar va muammolar haqida gapirib, xalq tomosha san’ati turlaridan biri — dorbozlik ko‘p asrlik tarix va boy an’analarga egaligi, mamlakatimiz hududida qadimdan turli dor va dor osti o‘yinlari mavjud bo‘lgani xususida va endilikda uni zamon talablari darajasida rivojlantirish, yanada ommalashtirish masalalari borasida fikrlarini bildirdi.

Darhaqiqat, qadimda xalq bayramlari kunlari bozor maydonlari va sayilgohlarda sozanda, qo‘g‘irchoqboz, masxaraboz va qiziqchilarning chiqishlari bilan bir qatorda dor o‘yinlari ham namoyish etilgan hamda tomoshabinlarda katta qiziqish o‘yg‘otgan. Asrlar davomida shakllanib kelgan an’anaviy o‘zbek milliy dorbozlik san’ati boshqa xalqlarning dor o‘yinlaridan o‘ziga xos an’anaviy dor qurilmasi, dor usti va dor ostidagi rang-barang murakkab mashqlari bilan farq qiladi. Dorbozlik san’ati ijrochidan epchillik,  chaqqonlik, har qanday sharoitda ham gavda muvozanatini saqlashni talab etadi. Bu san’atni rivojlantirish, ommalashtirish va yangi, takomillashgan repertuarlarni namoyish etishda oilaviy sulolalarning o‘rni katta bo‘lmoqda. Chunki bu sohada ustoz-shogird an’analari aynan oilada shakllanadi.

O‘zbek dorbozlari azaldan dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lib, o‘z mahoratlarini namoyish etib kelishgan. Chunonchi, yurtimizda bu san’at rivojida Toshkenboevlar sulolasi alohida tarixga ega. Sulolaning 150 yillik faoliyatida milliy dorbozlik an’analari nafaqat davom etdi balki, rivojlanib, boyitildi ham. Xususan, XX asrning o‘rtalaridan Toshkenboevlar tomonidan an’anaviy dorbozlik san’atiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.

2010 yildan boshlab Maydon tomoshalari san’ati Respublika ko‘rik-tanlovi telefestival sifatida o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu festivalda milliy o‘yinlar dasturini namoyish etuvchi guruhlar — qo‘g‘irchoqbozlar, askiyachilar, o‘lan va laparchilar, polvonlar, dorbozlar va masxarabozlar o‘zlarining rang-barang ijrolari bilan ishtirok etadilar. Festival doirasida davra suhbatlari, master-klasslar o‘tkazilib, o‘zaro fikr va tajriba almashiladi, mutaxassislar tomonidan dorbozlarga uslubiy tavsiyalar beriladi. Repertuari va texnik holati namunali deb topilgan dorbozlik guruhlariga o‘z faoliyatini davom ettirishi va tomoshalar ko‘rsatishiga ruxsatnoma beriladi.

Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda 47 ta dorbozlik jamoasi, 21 ta tsirk guruhi faoliyat yuritmoqda. Shulardan 10 ta dorbozlik  jamoasi, 8 ta tsirk guruhiga Madaniyat va sport ishlari vazirligi Hay’atining qaroriga asosan “Xalq havaskorlik jamoasi” maqomi berilgan. Joriy yilning aprel oyida dorbozlik jamoalari va tsirk guruhlari ishtirokida “Maydon tomoshalari san’ati” Respublika festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda hududlarda faoliyat olib borayotgan dorbozlik (katta dor, simdor va polvonlar) guruhlari ishtirok etishdi. Dorbozlar guruhlariga qo‘yiladigan dasturiy va texnik talablar asosida tomoshaning maxsus stsenariysi, ishtirokchilarning liboslari katta dor va simdor o‘yinlari, dor ustida ijro etiladigan murakkab o‘yinlar, tomosha san’ati guruhlari, jonglyor, masxarabozlik, gipnoz, illyuziya, yog va akrobatik chiqishlar namoyish etildi.

— Mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan, — deydi Toshkenboevlar sulolasi davomchilaridan biri, san’atshunoslik fanlari nomzodi Po‘lat Toshkentboev, — avlodimizning yosh vakillari Xalqaro tsirk san’ati festivallarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. 2001 yilda Belgiyaning Lej shahrida Rustam Toshkenboev rahbarligidagi “O‘zbek dorbozlari” guruhi Yevropa tsirklarining X festivalida qatnashib, «Mahorat va jasorat» kubogini qo‘lga kiritishdi. Ikki yildan so‘ng Gollandiyaning Apeldorn shahrida o‘tkazilgan «Vintertsirkus» festivalida ular uchinchi o‘rinni, 2009 yilda aynan shu festivalda ikkinchi o‘rinni egallashdi. 2007 yilda Germaniyaning Drezden shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro festivalda birinchi o‘rinni egallab, «Oltin kubok»ni qo‘lga kiritishdi. 2007 yil esa Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Birinchi Butunjahon dorbozlar chempionatida Seul o‘rtasidan oqib o‘tadigan Xangan daryosi ustida  balandligi 25 metr va uzunligi 1 kilometr masofaga tortilgan dorda qisqa vaqt ichida o‘tishlari kerak bo‘lgan talablarni bajarib, Behzod Toshkenboev dunyoning beshta eng kuchli dorbozi ro‘yxatiga kiritildi.

—Ota-bobolarimiz polvonlikka, ya’ni kuchga falsafiy nuqtai nazar bilan qarashgan, — deydi yana bir polvon Tursunali Mamajonov, — har sohada bo‘lganidek, polvonlikning ham o‘z falsafasi bor. Kuch, ruhiy, jismoniy va aqliy kuchlarga bo‘linadi. Polvonning jismoniy kuchi bo‘lsa-yu, ruhiy kuchi bo‘lmasa yoki aql bilan kuchini ishlatmasa, demak, bu kuch mukammal emas. Jismoniy va ruhiy kuchdan aql bilan foydalanilsagina polvon kamolga yetgan hisoblanadi. Har qanday sport turida ham shunday. Qadimda kurash polvoni, uloq polvoni, tosh polvonlari bo‘lgan. Tosh bilan o‘yin ko‘rsatadiganlarni sangbozlar deb atashgan. Tosh otarlar va suyak sindiruvchilar, hayvonlar bilan olishuvchilar bo‘lgan, bularni zo‘rgarlar deyishgan.

Bugungi kunda bu sohaga e’tibor qaratilayotgani bo‘lib o‘tgan anjumanning mazmun-mohiyatidan ham darakdir. Oldimizda hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p.

Anjumanning amaliy qismida milliy dorbozlik jamoalari va tsirk guruhlarining ijro dasturi namoyish etilib, malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.

 Abror MELIBOEV,

Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik

markazi bo‘lim mudiri

 

EL OBODLIGI — YURT TINCHLIGI

Mamlakatimizning eng ko‘rimli qadamjo shaharlaridan biri, dunyo sayyohlari katta qiziqish bilan intiladigan o‘ziga xos qadriyatlariga ega Urganch shahri 35 ta mahalladan iborat. Ayni paytda ularni namunaviy mahallaga aylantirish bo‘yicha qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tgan yilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2,0 milliard so‘m sarflangan edi. Mahallalarning biri ikkinchisidan ko‘rkamligi kishi e’tiborini tortadi. Masalan, "Mash’ala" mahallasidagi "Yoshlik"ko‘chasining zamonaviy me’moriy uslubini ko‘rgan ko‘z quvonadi.

Mazkur ko‘cha o‘rnida uch-to‘rt yil burun pastqam eski turar — joylar mavjud edi. Qisqa davrda uning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Bu yerda kottej tipidagi turar-joylar bilan birga "Yoshlik" sport majmuasi, Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji, bolalar bog‘chasi, 2-son bolalar musiqa va san’at maktabi, bir-biriga uyg‘un namunali turarjoylar barpo etildi. Bu yerda bunyodkorlik bosqichma-bosqich amalga oshirilyapti. "Yoshlik"ko‘chasidagi turarjoylarning aksariyati kim oshdi savdosi asosida aholiga sotildi va me’moriy loyihani o‘zgartirmaslik sharti bilan berildi. Hozir bu yerda bir yuz yigirma sakkiz oila istiqomat qilayapti. Turarjoylar ikki qavatli kottej uslubida bo‘lib, uning birinchi qavati maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari uchun mo‘ljallangan. Ularning biri savdo shoxobchasi, ikkinchisi kompyuter tuzatish ustaxonasi, boshqasi esa aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, shirin pishiriqlar do‘koni, go‘zallik, to‘y liboslari salonidan iborat. Bu shaharcha aholisi o‘zlariga kerakli barcha narsalarni shu yerdan topishlari mumkin. Shuningdek, har bir xonadon sohibining tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyati ham mavjud.

Read more...

YUZI YORUG‘ ODAMLAR

Bugungi kunda yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, odamlarning qizg‘in mehnat, yaratish zavqi bilan yashayotganiga guvoh bo‘lamiz. Yaqinda yo‘limiz Andijon viloyati, Izboskan tumaniga tushib bunga yana bir karra amin bo‘ldik.

Read more...

QASHQADARYO: YUKSAK TARAQQIYOT YO‘LIDA

Qashqadaryo navqiron Ozbekistonimizning eng gozal va betakror maskanlaridan  biridir. Vohaning saxovatli zaminidagi Kitob toglari, Yakkabogning solim boglari, Dehqonobod yaylovlariyu Koson va Nishon dala-dashtlarining tarovati ozgacha. Yozi uzun, koklami serfayz, kuzi tokin-sochin, zumrad qishining gozalligiga esa qiyos yoq. Omborlari oz doni bilan tolgan, oppoq xirmonlardan koksi oltinga tolayotgan mirishkorlarining gururi toglardek baland. Buni oz yurtini obod etib, shu yerga sadoqat bilan yashayotgan mard va jasur qashqadaryoliklarning fidoyiligida yaqqol korish mumkin.

Read more...

MUSTAQILLIGIMIZNING MUSTAHKAM ASOSI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir” nomli kitobini o‘qiyapman-u xayolimda o‘zimiz ko‘rgan, guvohi bo‘lgan, boshimizdan kechirgan hayotiy voqealar gavdalanadi. Ularni bugungi kun bilan solishtiraman.

Read more...

LAYLAKLAR QAYTGAN KUNLAR

O‘sha kuni otam hammamizni saharlab uyg‘otdilar. Mazza qilib uxlayotganimiz uchunmi, ko‘zimizni ochishimiz oson bo‘lmadi. Bu orada onam nonushta tayyor bo‘lganligini aytdilar. Sal o‘tmay xonamizga non isi kirib keldi. U na cho‘l giyohlarining, na tog‘ va na bog‘ gullarining isiga o‘xshamas, dil-dilingni yayratib yuboradigan darajada xushbo‘y va yoqimli edi. Onam tandirdan hozirgina uzilgan bir savat nonni dasturxonning bir chetiga keltirib qo‘yganlarini ko‘rib, o‘rnimdan turdim. YUvinib kelib, dasturxon atrofidagilarga qo‘shildim. YOnimdan ukalarim joy oldilar. Singlim shirchoy olib keldi. Otam muattar is taratib turgan nonning bittasini olib, hafsala bilan, taomilga ko‘ra tanovulni o‘zlari boshlab berdilar. Ko‘zlarim yashnab, men ham qo‘limga nasibamni — bir burda nonni oldim.

Read more...

OTAM, ONAM, MAHALLAM

Buvimni mahallamiz odamlari “milisa kampir” deyishardi. Uyimiz ko‘chaning boshida joylashgani uchun u kishi ko‘chaga chiqib, “o‘tganning o‘rog‘ini, ketganning ketmonini”  so‘roq qiladilar, “qaerga ketyapsan, qaerdan kelyapsan, bolalaring yaxshimi, ro‘zg‘oring tinchmi?” deb hol-ahvol so‘rayverardi. Bu bizga erish tuyulib, “sizga nima, hadeb savol-javob qilavermang desak, “dardini borib begonaga aytsinmi, ro‘zg‘orida biror kamchilik bordir, er-xotin o‘rtasida gap qochgandir bu eshitgan quloqqa yaxshimas. Mahallamiz sha’niga to‘g‘ri kelmaydi,yordamimiz tegib, mushkuli oson bo‘lsa, boshqa qishloqdagilar oldida uyatga qolmaydi” deyaverardi. Biror tansiqroq ovqat pishirsak, darrov qo‘shniga bir kosa ilinardi “taomni hidi chiqqan bo‘lsa, tomog‘i tushadi” derdi. 

Read more...

VATANGA MUHABBAT — SADOQAT VA FIDOYILIK RAMZI

Bu dunyoda o‘z yurtini, kindik qoni tomgan otamakonini sevmaydigan, Vatandan uzoqlarga ketganida uni intiqib sog‘inmaydigan inson bo‘lmasa kerak. Inson qalbidagi sadoqat, fidoyilik tuy­g‘ulari ham o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbatdan paydo bo‘ladi. 

Read more...

DORILAMON KUNLAR SHUKUHI

Bugun butun O‘zbekiston ajib tarovat, o‘zgacha go‘zallik og‘ushida. Mamlakatimizning qaysi bir hududiga bormang, Vatanimiz istiqlolining 24 yillik tantanalari ustidan chiqasiz. Darhaqiqat, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz - Mustaqillik kunini har yili munosib yutuqlar bilan keng nishonlash muhim ijtimoiy-siyosiy voqyeaga, qutlug‘ an'anaga aylanib qoldi.

Prezidentimizning 2015 yil 17 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorida ta'kidlanganidek, mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va an'analarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo‘yicha ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan beqiyos imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Mamlakatimiz o‘zi tanlab olgan yo‘l - taraqqiyotning “o‘zbek modeli” asosida qat'iy va og‘ishmay olg‘a intilgani uchun ham endilikda biz dunyoning eng rivojlangan, ilg‘or demokratik davlatlari qatoridan o‘rin egalladik.

Albatta, bu dorilamon kunlarga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Juda ko‘p og‘ir sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tib, nihoyat, mus­tahkam oyoqqa turib oldik. Endilikda yurtimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar biz uchun oddiy voqyelikka aylandi. Vaholanki, istiqloldan avvalgi davr­da bir kichik inshoot qurish uchun ham kimlarningdir ruxsatini olishimiz shart edi.

Mustaqillik davrida esa, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi, zamonaviy uylarda, ko‘rkam hovli-joylarda yashash baxti nasib etdi. O‘zbekiston - baxtiyor odamlar mamlakatiga aylandi. Bu jihatni jumlai jahon e'tirof etdi. Jahon iqtisodiy forumi tomonidan e'lon qilingan reytingda keyingi uch yilda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlar orasida mamlakatimiz 5-o‘rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSH­ning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e'lon qilingan “Butunjahon baxt indeksi”da esa, Vatanimiz 158 ta mamlakat ichida 44-pog‘onani, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida 1-o‘rinni band etgandi. Haqiqatan ham, kelajagi buyuk davlat ekanimizga shu misollarning o‘zi kifoya.

Mamlakatimizda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli ravishdagi izchil islohotlar yuqori samaralarni bera­yot­gani barchamizga ayon. Huquqiy-demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi dadil odimlarimiz ham baralla bo‘y ko‘rsatmoqda.

Mustaqil taraqqiyot yillarida “Inson manfaati - har narsadan ulug‘”, “Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari - eng oliy qadriyat”, “Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun”, “Hamma narsa - inson uchun, uning kelajagi uchun”, degan hayotiy tamoyillar asosida ish ko‘rganimiz namunasini, bugunga kelib, fuqarolarimizning baxtiyor chehralarida, farovon, to‘kin-sochin turmush tarzida, mamnuniyat aks etgan izhorlarida yaqqol ko‘rmoqdamiz. Binobarin, biz erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan marralarning negizida turgan asosiy omil - inson ekanligini har birimiz chuqur va teran anglab yetdik.

Zero, Muhtaram Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidan joy olgan ma'ruza va nutq­larda mustaqillikka erishish arafasidagi og‘ir va suronli yillarda ham inson, uning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma'naviy yuksalishi respublikamizda istiqbolda amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart, deya kun tartibiga qo‘yilgan talab bugun hayotimizda o‘z aksini topgani ayni haqiqat.

Ha, mamlakatimizda hukm surayotgan tinch va osuda, bunyodkorona hayot, millatlararo totuvlik va hamjihatlik qo‘lga kiritayotgan va butun dunyoda havas uyg‘otayotgan ulkan muvaffaqiyatlarimiz omilidir desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shunday ekan, tarixan qisqa vaqt ichida barcha soha va tarmoqlarda erishgan olamshumul yutuqlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, iftixor aylasak arziydi.

Ta'bir joiz bo‘lsa, istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston avvalo o‘zining mustaqil davlat sifatidagi barcha haq-huquqlarini qayta tikladi, o‘z moddiy va ma'naviy boyliklarining, o‘z manfaatlarining haqiqiy egasi, qudratli himoyachisiga aylandi. Ushbu huquq o‘zligimizni anglash, saxovatli zaminimiz boyliklarini, xalqimizning ulkan yaratuvchanlik va intellektual salohiyatini Vatanimiz ravnaqi, hech kimdan kam bo‘lmay yashashimiz, buyuk orzularimiz ro‘yobi yo‘lida safarbar etish imkonini berdi.

Inchunun, istiqlol sharoitida kechayotgan umrimizning har yili o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshida O‘zbekiston tanlagan milliy taraqqiyot yo‘lining naqadar to‘g‘ri va xalqchil ekanini isbotlash bilan birga, mamlakatimiz, xalqimiz bu yo‘ldan aslo og‘ishmay, Prezidentimiz rahbarligida o‘zining buyuk kelajagi sari dadil qadam tashlayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Mustaqillik davrida jamiyatimizda amalga oshirilgan tub islohotlarning har biri o‘ziga xos tarixga, mazmun-mohiyatga ega. Jumladan, milliy davlatchilik asoslarining yaratilishi, yangi demokratik tizimning shakllanishi, yoshlarga oid davlat siyosati, ta'lim, sog‘liqni saqlash sohasidagi yangilanishlar, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizning tiklanishi, inson sha'ni, qadr-qimmatining ulug‘lanishi, qo‘yingchi, barcha-barcha sohalardagi katta hajmli sa'y-harakatlar ro‘yobi bizni yanada yangi marralar sari ilhomlantirmoqda.

Hozirgi kunda yurtimizda 30 million nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning birortasi ham o‘zini o‘tgan asrning 90-yillaridagi kayfiyat bilan yurgan inson, deb bilmaydi. Shu ma'noda, ma'naviyat sohasida erishilgan eng katta yutug‘imiz - xalqimizning ongu tafakkuri butunlay o‘zgarib, odamlarimizda Vatan taqdiriga daxldorlik, qat'iy fuqarolik pozitsiya shakllanganidir. Bu fikrimizni hayotimizning barcha jab­halarida, odamlarimizning qalbida, ongu shuurida namoyon bo‘layotgan mehr-oqibat, muruvvat, bag‘rikenglik kabi yuksak insoniy fazilatlar va yurtdoshlarimizning ertangi kunga tobora kuchayib borayotgan ishonchi, umidi to‘la tasdiqlaydi.

Shu bois mo‘'tabar qariyalarimiz, ota-onalarimizning hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yish, bir-birimizga mehr-oqibat va muruvvat ko‘rsatish, kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish, jamiyatimizda hech kim yolg‘iz emasligi, hech kim e'tiborsiz va qarovsiz qolmasligi kabi xalqimizning azaliy fazilatlari ham yanada sayqal topib, rivojlanib bormoqda. Huquq va manfaatlarimiz ro‘yi-rost yuzaga chiqmoqda.

Yurtboshimiz e'tirof etganlaridek, Mustaqillik - bu avvalo huquqdir.

Mustaqillik - erkin va baxt­li yashash huquqi, inson huquq va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini ta'minlashning bosh omilidir.

Mustaqillik - ozod va obod Vatanning har bir farzandi o‘zligini, o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini teran ang­lashi uchun cheksiz va buyuk imkoniyat.

Mustaqillik - biz kimlarning, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanimizni chuqur idrok etish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida yashash, istiqlol g‘oyalarini yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbi va ongiga yanada teran sing­dirish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishning eng asosiy va muhim sharti, milliy taraqqiyotimiz kafolati, demakdir.

Mustaqillikning 24 yili - tarixan qisqa, ayni chog‘da mazmun jihatidan har bir kuni asrlarga tatigulik davrdir.

Istiqlolni qo‘lga kiritish millat uchun katta bir yutuq bo‘lsa, uni asrab-avaylash, mus­tahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslarini yaratish, jamiyat hayotini tamomila yangitdan izga solish va rivojlantirish, yangi jamiyatning yangi a'zolarini tarbiyalashdek muhim vazifalarni xuddi shunday g‘alabaga mengzash mumkin. Buning boisi shuki, tarixda jangu jadallar bilan mustaqillikka erishgan, ammo beparvolikka yo‘l qo‘yib, hamjihat bo‘lmay, yagona maqsad yo‘lida birlashmay, uni qo‘ldan boy bergan mamlakatlar, xalqlar haqida misollar ko‘p. Ne baxtki, xalqimiz tarixning bu achchiq saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mus­taqillikni, mamlakatdagi tinch-totuv hayotni, millatlararo ahil-inoqlikni saqlab qoldi. Milliy mahdudlikka berilmadi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini keng miqyosda yo‘lga qo‘ydi. Turmush tarzimizda, ong-shuurimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi o‘z ifodasini topdi.

Demak, xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqargan, har bir fuqaroga o‘z orzu-umidlariga mos ravishda munosib hayot kechirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bergan mustaqilligimizni mustahkamlash, uni turli xavf-xatarlardan, xurujlardan himoya qilishimiz, millat taqdiriga, mamlakat kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini his etishimiz, atrofida kechayotgan voqyea-hodisalarga befarq bo‘lmasligimiz lozim.

Ana shundagina, bugungidek Vatanimizning to‘ylarini zo‘r shodu xurramlik bilan bayram qilish nasib etaveradi. Ana shundagina qishloq va shaharlarimiz, ozod va obod yurtimiz qiyofasi kundan-kun barq urib chiroy ochaveradi. Ana shundagina iqtisodiyotimiz bar­qaror sur'atlar bilan rivojlanaveradi. Ana shundagina mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, xotirjamlik hukm suraveradi. Ana shundagina bundan ham yuksak marralarni zabt etib, jumlai jahonni hayrat va havasga solaveramiz.

Ana shundagina ko‘nglimizga bayramlar, to‘y-tantanalar sig‘averadi.

Jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 24 yilligi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin, aziz zamondoshlar! Erk va ozodlik, hurriyatimiz timsoli - istiqlolimiz mangu barqaror bo‘lsin!

Shuhrat DEHQONOV,

jurnalist, huquqshunos

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

January 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.