ISTIQLOL SHUKRONASI

 

Tinch-osoyishta yurtda umrguzaronlik qilish, farzandlar kamolini ko‘rish, sevimli kasbda ishlash inson uchun chinakam baxt. Shukrki, bugun biz ana shunday xotirjamlik hukmron, orzu-umidlarimiz ro‘yobga chiqayotgan diyorda yashayapmiz.

 

Hademay, Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ yigirma besh yilligini keng nishonlaymiz. Bu vaqt mobaynida O‘zbekistonimiz xalqaro miqyosda o‘zining munosib hamda mustahkam o‘rnini egallab, xalqimizning turmush darajasi, el-yurt farovonligi yanada ravnaq topmoqda.  Bayram tadbirlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Ularda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralari, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yoshlarimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralar alohida e’tirof etilayotir. 

Talabalar tomonidan tayyorlangan  fotoko‘rgazma va stendlarda ta’lim muassasasining kechagi va bugungi qiyofasi, moddiy-texnik bazasi, davlat va jamiyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan fidoyi o‘qituvchilar va talabalar hayoti keng namoyish qilinmoqda. 

Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ulari haqida yoshlarning fikr-mulohazalarini tinglab, yuraging shukuhga to‘ladi.  Darhaqiqat, Mustaqillik qadri, istiqlol shukronasi har birimizning qalbimizdan chuqur joy olmoqda.

Mustaqillikning xalqimiz hayotidagi qadr-qimmatini oshirayotgan, har birimizni istiqlol haqiqatan ham bebaho ne’mat ekanini teran his qilishga undayotgan bosh omil nima deb so‘ralsa, bu savolga universitet  yoshlari hech ikkilanmasdan, inson manfaati ulug‘langani, «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun», degan olijanob siyosat yuritilgani, deb javob beradi. 

— Milliy istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, — deydi magistratura bosqichi talabasi Dilafruz Parpixo‘jaeva. — Ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning butun bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini dunyoga namoyon qilish imkoniyati vujudga keldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning bosqichma-bosqich taraqqiyot yo‘lining to‘g‘ri va hayotiy ekanligini yurtimizning bugungi qiyofasi, odamlarning munosib turmush tarzida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bularning har biri, ayniqsa, dunyo jadal o‘zgarib borayotgan, ba’zi mintaqalar surunkali nizolar o‘chog‘i va qonli to‘qnashuvlar girdobida qolgan bir davrda juda ahamiyatli. 

Bu kabi yorqin fikrlarni har qadamda eshitamiz. Qolaversa, Istiqlol yillarida davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan yurt obodligi, xalq farovonligi yo‘lida sezilarli yuksalishlar ro‘y berganini dunyo e’tirof etmoqda. 

«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tatbiq etish davomida zamon talablariga javob beradigan, barcha jabhalarda mamlakatimizni izchil rivojlantirishni ta’minlash shart-sharoitlariga mos keladigan, butun dunyoda e’tirof etilgan noyob uzluksiz ta’limning milliy modeli yaratildi. 

Bugun zamonaviy ko‘rinishda qad rostlagan universitetning yangi binosida yigit-qizlar uchun sport zali, futbol maydoni,voleybol, basketbol, tennis maydonchalari, basseyn hamda 400 o‘rinlik oshxona xizmat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy kompyuter texnikalari va multimediya vositalarini bemalol boshqarayotgan talabalar xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirmoqdalar. 

Olti mingdan ziyod talaba tahsil olayotgan bu dargohda ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, o‘qitishga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, talabalarning davr bilan hamnafas yashashi, dunyo yoshlari bilan integratsiyalashishi, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor berilmoqda. 

Talabalar Frantsiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya kabi yigirmaga yaqin mamlakatning madaniyati, san’ati, milliy an’ana va urf-odatlarini chuqur o‘rganish barobarida xorijliklarni mamlakatimizning turli hududlariga oid urf-odatlar, o‘arb va Sharq xalqlarining asriy an’analari va turmush tarzini aks ettiruvchi taqdimotlar bilan qoyil qoldirishmoqda. 

Prezidentimizning 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ta’lim-tarbiya ishlarini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim asos bo‘lmoqda. Ta’lim muassasamizda ta’lim jarayonini xalqaro o‘qitish standartlariga moslashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish bilan birga, talabalarning davr bilan hamnafas yashashi, dunyo yoshlari bilan integratsiyalashishi, madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor berilmoqda.

Mamnuniyat bilan aytamizki, istiqlol xalqimiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochdi. Uning xalqimizga bergan baxt-saodatining had-hududi yo‘q. 

Yana bir e’tirofli jihat — bu, Prezidentimizning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Mazkur qaror xorijiy tillarni mukammal biladigan yigit-qizlar safini yanada kengaytirish, ularning xalqaro ko‘lamda ilm olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, xorijiy tillarni bilish darajasini yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Istiqlol xalqimizga in’om etilgan buyuk ne’mat ekanligi ta’lim tizimida erishgan yutuqlar, olamshumul muvaffaqiyatlarda ko‘zgudek namoyon bo‘lmoqda. Bundan qalbimiz hamisha faxr-iftixorga to‘ladi. Ana shu iftixor tuyg‘usi har bir o‘qituvchini yosh avlod tarbiyasi yo‘lida yanada fidoyilik bilan ishlashga, izlanishga, yangi iqtidorlarni kashf etishga undayveradi.

 

Qizlarxon JABBOROVA,

O‘zDJTU o‘qituvchisi

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yolg‘onning qurbonlari

2018-01-15 06:33:35

MA’RIFAT YO‘LIDA SOBITQADAMLAR

2018-01-15 06:45:38

Tvda SO‘ZLASHUV MADANIYATI

2018-01-15 06:30:30

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

January 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31

.