Harbiylar oilalariga yangi uylar

Andijon viloyatidagi harbiy shaharchalardan birida harbiy xizmatchilar uchun qurilgan 

yangi uy foydalanishga topshirildi.

 

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida milliy armiyamiz qudrati va salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

 “Adolat qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan 16 xonadondan iborat 2 qavatli uyning harbiy xizmatchilar oilalariga topshirilishi eng ulug‘, eng aziz bayramimiz shodiyonalari arafasida ular uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida o‘sib-ulg‘aygan katta leytenant Humoyun Muhammadiev va uning turmush o‘rtog‘i Mahliyo Aliqulova ulardan biri.

– Yaqinda farzandli bo‘lgan edik, – deydi katta leytenant Humoyun Muhammadiev. – Qizim Anoraning qadami qutlug‘ keldi, bugun yangi uyga ko‘chib o‘tdik. Xonalari shinam va barcha qulaylik yaratilgan. Yangi uy hududida bolalar maydonchasi va boshqa maishiy xizmat shoxobchalari ham mavjudligidan ayniqsa farzandlarimiz xursand. Bunday yuksak e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Yangi uy egalariga viloyat hokimligi hamda qurilish tashkilotining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

 

F.UBAYDULLAYeV,

O‘zA muxbiri 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

July 2018
S M T W T F S
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31

.