GO‘ZALLIK VA NAFOSAT BAHSLARI

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan yuksak baholanmoqda. Xususan, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli mamlakatimiz atletlari xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilib kelyapti.

 Bugun nafaqat shaharlarda, balki olis va chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualariga ko‘zingiz tushadi. O‘zbekistonda bolalar va yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha uch bosqichli tizim shakllantirildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada”, musobaqalari nafaqat yetuk sportchilarni tayyorlash balki jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omiliga aylandi.

O‘zbekistonda gimnastikaning barcha turlarini rivojlantirish borasida alohida dastur ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, badiiy gimnastika sportiga bolalarni, ayniqsa, qizlarni bog‘cha yoshidan jalb etish ko‘zda tutilgan. Negaki, ushbu sport turi insonning jismonan sog‘lom bo‘lishidan tashqari, unda eng yaxshi fazilatlarini rivojlantiradi, irodasini chiniqtiradi. Shu o‘rinda gimnastika bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarni ham ta’kidlab o‘tish joiz. To‘g‘ri, shahar hududlarida sportning ushbu turi bo‘yicha alohida maxsus maktablar, to‘garaklar bor. Endilikda gimnastika bilan shug‘ullanish uchun qishloqdan shaharga yoki tuman markazlariga borishning hojati qolmadi. Chunki, qishloq hududlarida barpo etilayotgan sport ob’ektlarida ham maxsus gimnastika zallari qurilgan. Ana shu zallarda malakali murabbiylar yuqori natijalarni qayd etish mumkin.

 O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi dasturiga binoan ushbu sport ob’ektlaridan unumli foydalanish va olimpiya zahiralarini tayyorlash maqsadida sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirayotir. Shuningdek, joylarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi turnirlar va respublika musobaqalari muntazam o‘tkazilayotir.

 O‘zbekiston vakillarining gimnastika sport turlarida xalqaro arenalarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan mamlakatimiz terma jamoasi Osiyoda yetakchilar sifatida e’tirof etilayapti. Qit’ada Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya jamoalariga yetarlicha qarshilik ko‘rsatadigan avlod voyaga yetgani yurtimizda gimnastikaga berilgan e’tibor samaralari desak aslo xato qilmagan bo‘lamiz.

 Shu kunlarda poytaxtimizda gimnastika bo‘yicha nufuzli turnir o‘tkazilmoqda. Xalqaro gimnastika federatsiyasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xalqaro «Heppy Caravan – 2016» turniri hamda  kattalar o‘rtasida  Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent shahrida boshlangan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida 80 nafarga yaqin dunyoning eng kuchli gimnastikachisi, Osiyo chempionatida esa  160 nafar sportchi arg‘amchi, xalqa, to‘p, bulava, tasmada mashq bajarish hamda ko‘pkurash bo‘yicha o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etmoqda.

 Dastlab Osiyo chempionatiga start berildi. Unda,  O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand, Qozog‘iston davlatlaridan kelgan atletlar  g‘oliblik uchun kurash olib boryapti.

Qit’a birinchiligida vatanimiz sharafini shaxsiy bahslarda Maftuna Quvondiqova, Yelizaveta Nazarenkova, Jasmin Yusupova va Sabina Toshkenboeva singari gimnastikachilarimiz himoya qilishdi. Guruh bahslarida esa Komila Rustamova, Farangiz Shodieva, Matluba Rashidova, Karina Tog‘aeva, Omina Qosimova va Anna Tendan iborat jamoamiz ishtirok etmoqda.

Osiyo chempionatida bahslar qizg‘in va murosasiz davom etmoqda. Vakillarimiz qit’a chempionati bosh sovrini uchun bor mahoratlarini namoyish etyaptilar. Bugun shaxsiy va jamoaviy bahslarda sovrindorlar nomi aniqlanadi.

Shundan so‘ng jahon kubogi bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi   xalqaro «Heppy Caravan – 2016» turniriga start beriladi. Musobaqalar 16 mayga qadar davom etadi.

 

Jobir XO‘JAQULOV, 

«Hurriyat» muxbiri

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Yigitlarning sarasi

2018-08-15 07:13:13

Qanot juft bo‘ladi

2018-08-15 07:04:49

Kasbning nufuzi ustasiga bog‘liq. Xira ...

2018-08-15 07:16:32

Davlat xizmatlari: ishonch ...

2018-08-15 07:20:05

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

August 2018
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.