Narimon Umarov maktabga kitoblar sovg‘a qildi

 Inson kamolotida kitobdan boshqa najot yo‘q. Shu bois yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov o‘zi ta’lim olgan Shayxontohur tumanidagi 40-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. 

O‘quvchilik yillarini, mehribon ustozlarni eslab aytilgan fikrlar,  bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yoshlar kelajagiga ta’siri haqidagi samimiy suhbat o‘quvchilar bilan qiziqarli savol-javobga aylandi. 

Shundan so‘ng Narimon Umarov maktab kutubxonasiga o‘z kitob javonidan kitoblar sovg‘a qildi. 

— Maktabimiz 1937 yildan buyon faoliyat yuritib, hozirda 1005 o‘quvchini o‘z bag‘riga olgan, — deydi maktab direktori Dilfuza Nizomova. — Ushbu ta’lim dargohini O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik, O‘zbekiston Qahramoni — Turg‘un Azlarov, akademik Shavkat Ayupov, professorlar Nosir o‘ofurov, Tal’at Agzamxodjaev, Saidakbar Agzamxodjaev, Alisher Fayzullaev, taniqli san’atkorlardan o‘ulomjon Yoqubov, To‘xtamurod Azizov singari ko‘plab bitiruvchilari mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqdalar. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan kitob hadya qilish aktsiyasida sobiq bitiruvchilarimiz qatori o‘quvchilarimiz, ota-onalar ham maktab kutubxonasiga tafakkur durdonalaridan tuhfa qilishmoqda.

Darhaqiqat, “Toma toma ko‘l bo‘lur”, “Birniki — mingga, mingniki — tumanga” deganlaridek, ushbu tashabbus tufayli yuzlab maktab kutubxonalari minglab kitoblar bilan boyimoqda. Albatta, bu ezgu sa’y-harakatlar yoshlar ma’naviyati, ularning kamoloti uchun xizmat qiladi. 

O‘z muxbirimiz. 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

Vatanga askarday fidoyi qalam

2019-05-15 14:36:53

Yaxshi ot

2019-05-15 14:39:05

Meni mutolaa ulg‘aytirgan Usmon AZIM, ...

2019-05-08 15:20:46

Mubtalo bo‘lmay desangiz...

2019-05-08 15:17:28

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

May 2019
S M T W T F S
1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31

.