Xotin-qizlar doimiy e’tiborda

Poytaxtimizdagi “Whyndham” mehmonxonasi anjumanlar zalida “Mamlakatimiz strategik maqsadlarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni” mavzuida Respublika forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati haqidagi film bilan boshlangan mazkur anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, BMT Taraqqiyot dasturi loyiha rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda faoliyat olib borayotgan NNT vakillari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi markaziy apparati xodimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, BMT Taraqqiyot dasturi, Fridrix Ebert fondi tomonidan tashkil etilgan. Tadbirni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shoira Nurmatova ochib berdi. So‘ngra Fridrix Ebert nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari  Naylya Rezyapova so‘zga chiqib respublikamizdagi xotin-qizlar faoliyati, ularning erishayotgan yutuqlari xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. 

— 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida nodavlat-notijorat tashkilotlarning Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va ularda ishtirok etishi, xalqning istak va xohishlaridan kelib chiqib ish tutishi lozim va bu O‘zbekistonni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, — dedi  Frantsiyaning texnik hamkorlik va rivojlanish agentligining O‘zbekistondagi filiali direktori Edoardo Da Ras. 

Shundan so‘ng “Oilada ijtimoiy-ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirishda nodavlat-notijorat tashkilotlarning o‘rni” haqida Jizzax viloyati “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Nodira Alimova alohida to‘xtalib o‘tdi.  

Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi Samarali boshqaruv bo‘limi rahbari Komila Muhammadxonova, Adliya vazirligi jamoat, nodavlat-notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Umid Shodiev, Andijon viloyati “Mehrimiz sizga  ayollar va ularning oilalari ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash” markazi direktori Xolidaxon Mirzarahimova, Farg‘ona viloyati “Mehrjon ayollar va bolalar” markazi rahbari Xurshida Ibrohimova va boshqalar respublikamizda xotin-qizlarning o‘rni, ularni ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofaza qilish jamiyatda ayollarning o‘rnini yanada mustahkamlash, ular faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar xususida to‘xtalib o‘tishdi. 

Yurtimiz xotin-qizlarining eng yirik nodavlat tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining 200 dan ortiq bo‘lim va bo‘linmalari, 44 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari ijtimoiy sheriklik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Bugun jamiyatning har bir sohasida xotin-qizlarning faol ishtiroki, tashabbusi va ilg‘or g‘oyalari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu bilan birga BMT, milliy jamoat tashkilotlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tadbirlar ham ayollar manfaati va huquqlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va qaror toptirish, opa-singillarimizning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga yo‘naltirilgan. 

Anjuman davomida nodavlat-notijorat tashkilotlarning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy ravnaqidagi ishtirokini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, xotin-qizlar sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar muammolarini tahlil etish, nodavlat-notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash yo‘llari borasida fikr almashilib ular asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish belgilab olindi.

Shuningdek, mazkur forumda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi bilan O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va marifat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilariga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” nomli kitobi tuhfa qilindi. 

Mamlakatimizda ayollar masalasi bo‘yicha faoliyat olib borayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatini rag‘batlantirish va O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi bilan samarali ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotda faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi hamda kelajakda ushbu soha vakillari zimmasiga katta mas’uliyat yukladi.

 

 Shuningdek, 10-noyabr kuni O‘zbek milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Mehnat vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, «Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hozirda yurtimizning eng chekka va olis hududlarida ham tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar farovonligini yuksaltirishga e’tibor kuchaymoqda. 2016 yildan buyon Davlat dasturi doirasida o‘tkazib kelinayotgan “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” ko‘rik-tanlovi yurtimizdagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini ijtimoiy hayotga keng tatbiq etish, o‘zaro amaliyot almashish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Tadbirni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova, Markaziy banki Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish departamenti boshlig‘i Muxtor  Shonazarov va “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova ochib berdi. 

Tadbirda “Qishloq xo‘jaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” nominatsiyasi bo‘yicha 26 nafar, “Servis sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” nominatsiyasida 27 nafar va “Ishlab chiqarish sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz” nominatsiyasida 29 nafar qiz maxsus diplom, tijorat banklarining sertifikatlari, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Andijon viloyati Sanoat va kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Sanobar Tursunova ham hukumatimiz xotin-qizlarga yaratib berayotgan imkoniyatlardan keng foydalanib kelayotgan yoshlardan. Sanobar “Qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

— o‘olib bo‘lganimdan xursandman. Bularning barchasi muhtaram Yurtboshimizning yoshlarga, xususan, xotin-qizlarga yaratib bergan imkoniyatlarining samarasi, deb bilaman, — deydi Sanobar. 

Xotin – qizlarimizning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilishda ham samarali faoliyat yuritilayotgani quvonarli holdir. 

Sabohat SULTONOVA,

“Hurriyat” muxbiri

 

 

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASLNI SOXTADAN AJRATISH FURSATI KELDI

2017-12-14 12:02:58

FAXRIYLAR E’TIBORDA

2017-12-14 11:54:51

“MUSTAQIL JURNALIST” KIM O‘ZI?

2017-12-14 11:56:37

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.