ADOLAT — hayotimizning bosh mezoni

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraktsiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 13 iyun kuni sud organlari xodimlari bilan uchrashuvdagi “Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzusida so‘zlagan nutqidan kelib chiqib,  O‘zbekiston “Adolat” SDP fraktsiyasi oldida turgan  vazifalar muhokama etildi.

Prezidentimizning ushbu ma’ruzasi o‘zining tub maqsad- mohiyatiga ko‘ra, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi dasturiy g‘oyalariga mushtarakligi bilan partiya  deputatlari va faollarini ruhlantirib yubordi. Ma’ruzadan sud tizimida adolat tamoyillariga nechog‘li rioya qilinayotgani haqida  fikrlar asosiy o‘rinni oldi.  

Adolat xalqimiz uchun azal-azaldan tinch va farovon hayot mezoni, barcha ezguliklar manbai bo‘lib kelgan, Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Kuch – adolatda” degan hikmatga amal qilib, davlat boshqaruvini tashkil qilish, el-yurt  tinchligi va obodligini ta’minlashga erishgan. 

Ayni kunda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini  barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash  davlatimiz oldidagi eng muhim vazifalardan biri   hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, Prezidentimizning fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish lozimligi haqidagi fikrlari e’tiborga  loyiqdir. 

 

Shuhrat POLVONOV, 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraktsiyasi a’zosi:

— Davlatimiz rahbari istiqlol yillarida mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh etish borasida amalga oshirilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tish barobarida, bu borada hali o‘z yechimini topmagan kamchilik va muammolarni ham atroflicha tahlil qilib, muhim amaliy xulosalarni belgilab berdi. Ayni paytda soha rivojiga tanqidiy yondashish, hayot oldimizga qo‘yayotgan  muhim va dolzarb vazifalarni samarali hal qilish yo‘llari va mexanizmlari haqida bildirilgan aniq takliflar, amaliy tashabbuslar asosida sud idoralari, sudyalar faoliyatini butunlay yangicha asosda, samarali tashkil etish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi. 

Ayniqsa, keyingi paytda mamlakatimiz fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga bo‘layotgan murojaatlarning katta qismi aynan sud idoralari va sudyalar faoliyati bilan bog‘liq ekani bu yo‘nalishda ko‘plab muammolar mavjudligidan dalolat beradi. Bugungi kunda adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi mustahkam, yuksak kasb va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari tarkibini shakllantirish eng muhim vazifadir.  

Prezidentimizning sudya lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan sud xodimlari o‘z faoliyati yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi bilan bog‘liq amaliyotni yo‘lga qo‘yish vaqti kelgani, bundan buyon sudyalar faoliyatiga, birinchi navbatda, xalqning o‘zi baho berishi lozimligi, har bir sudya tomonidan aholi bilan joylarda bir oyda kamida bir marta ochiq muloqotlar tashkil etish, qolaversa, mahalla, korxona va tashkilotlarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish haqidagi amaliy fikr va takliflari ayniqsa, e’tiborga loyiqdir. Zero, bunday amaliyot sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda xalqning sud tizimiga ishonchini oshirishga xizmat qiladi.

O‘z navbatida “Adolat” SDP ham  huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik oldida hisobot berib borish tartibini joriy qilish, bu ishga ommaviy axborot vositalarini  keng jalb etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bu shubhasiz,  inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq sohasida rasmiyatchilikka va korruptsiyaga qarshi kurash olib borishning muhim kafolatidir.  

Yig‘ilishda Prezidentimizning ma’ruzasidan kelib chiqadigan partiya deputatlik korpusi oldida turgan aniq vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yig‘ilishda fraktsiya a’zolarining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan kelib chiqib joriy yilning may-iyun oylarida joylarda saylovchilar bilan olib borgan uchrashuvlari hamda uning natijalari ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, ushbu davrda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan respublikamizning 28 ta tumanidagi haqiqiy holat o‘rganildi. Muloqotlar joylardagi mansabdor shaxslarning mas’uliyati birmuncha oshganligini, ular o‘z faoliyatini aholining turmushidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratayotganligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu davrda deputatlar va senator tomonidan 17,5 mingdan ortiq xonadonga borildi, muloqot qilingan 70 ming nafardan ziyod fuqaro, shu jumladan, 3 558 ta tadbirkorlik sub’ekti vakillari tomonidan jami 9 700  ta masala ko‘tarildi.

Tahlillarga ko‘ra, davlat rahbarining so‘nggi oylarda qabul qilingan farmon va qarorlari, shuningdek, joylardagi xalq qabulxonalarining bevosita aholining murojaatlari bilan tizimli ravishda ishlar olib borayotganligi, mahalliy Kengashlar deputatlarining faolligi oshayotganligi, mutasaddi rahbarlarning mahalliy Kengashlar va xalq oldida hisobot berib borayotganligi muammolarning kamayishida muhim omil bo‘lmoqda.

Xususan, joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan o‘rganishlar chog‘ida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar soni fevral oyiga nisbatan qariyb 1,7  baravarga, xususan, qonuniylik va huquq-tartibot, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi muammolar soni 4,6  baravarga, pensiya va nafaqa ta’minoti sohasida 4,3  baravarga, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, plastik kartalar bo‘yicha 2,8 baravarga kamaygan. Shuningdek, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida may va iyun oylarida jami 2 434  ta masala joyida hal etildi. O‘rganishlar jarayonida Qonunchilik palatasidagi  partiya fraktsiyasi tomonidan ham joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yig‘ilishda muhokamalar jarayonida fraktsiya a’zolari joylardagi o‘rganishlar davomida partiya Saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalarning amaldagi ijrosiga e’tiborni yanada kuchaytirish hamda partiyaning quyi tuzilmalari va mahalliy kengashlaridagi deputatlari bilan hamkorlikning izchilligini ta’minlash lozimligi ta’kidlandi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

A.AZIMOV

 

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

ASL DEHQONLAR BOZORI

2017-12-07 12:23:10

YURAK DARAXTI

2017-12-07 12:56:42

“Men istagan hayot olddadir”

2017-12-07 12:51:13

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

December 2017
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
31

.