Yangi yil yarmarkalarida

Yangi yil arafasida barcha dehqon bozorlarida aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bardavom bo‘lmoqda.  Unda sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, dehqon hamda fermerlar respublikamiz aholisiga sifatli mahsulotlarini taklif etayotir. Shu kunlarda respublikamizning qay burchida bo‘lmang, ana shunday savdo yarmarkalariga duch kelasiz.

 

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda respublikamizda ko‘plab yangi zamonaviy bozorlar bunyod etildi. Avvallari aksariyat tumanlarda savdo-sotiq tartibsiz olib borilardi. Endilikda, yurtimizning deyarli barcha bozorlari yangicha ko‘rinishda. Bozorlar atrofi obod, rastalari tartibli, qaerda qaysi mahsulot sotilishi ham aniq. Tez buziladigan go‘sht, sut, tuxum, baliq mahsulotlarini sotish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bozorlar nafaqat aholiga xizmat ko‘rsatishi, balki ozodaligi va ko‘rkamligi bilan ham ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.  Shu sabab yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning qadimiy qadamjolarimiz qatorida bozorlarimizga ham qiziqishi baland. Asosiysi, bozorlar faoliyatini yaxshilash, ularda narx-navoning asossiz oshirilishining oldini olish, sifatli mahsulotlar bilan savdo qilinishini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Chindanda, mustaqillik yillarida bozorlar infratuzilmasi tubdan o‘zgardi. Ular faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi. Birinchi Prezidentimizning “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi hamda “Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari shular jumlasidandir. Ushbu farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, sifatli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish masalasiga doimiy e’tibor berib kelinayotir. 

Xususan, necha yillardan buyon an’ana tusiga kirgan yangi yil bayrami arafasidagi savdo yarmarkalari ham ana shu izchil chora tadbirlar samarasidir. Bu kabi savdo markazlari aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash bilan bir qatorda sun’iy ravishda narx oshishining oldi olinmoqda. Qolaversa, xalqimiz bunday sharoitlardan minnatdor bo‘layotir. 

Ayni  kunda poytaxtimiz bozorlari ham xaridorlar bilan gavjum. Ana shunday bozorlarimizdan biri “Eski Jo‘va” dehqon bozoridir. Bu maskanda xaridorlarga ham sotuvchilarga ham barcha sharoitlar yaratilgan. Go‘sht deysizmi, meva-chevami, narxlari cho‘ntakbop. Ayniqsa, mevalarni aytmaysizmi?! Faslni hisobga olmasak, pishiqchilik deyish mumkin. Chunki yozda ham uzumu olmalar 3000-4000 so‘m atrofida edi. Hozir ham shu narx. Qolaversa, har joyda “terminal bor” degan yozuvlarni ko‘rib diling ravshanlashadi. Xarid qilgach, xoh naqd shaklda, xoh plastikda to‘lash mumkin. Bundan xaridorning ko‘ngli to‘lyapti, albatta. O‘ylab qaralsa, bularning bari hukumatimiz xalq manfaatlarini ko‘zlab qilayotgan sa’y-harakatlari samarasidir.

Ha, bugungi bozorlarimizni oldingilari bilan solishtirib bo‘lmaydi.

– Ayniqsa, hammayoq bayramona bezatilgani yaxshi kayfiyat ulashadi odamga, – deydi xaridor Shahnoza Toshtemirova. – Narxlardan ham mamnun bo‘ladi kishi. Oldinlari ko‘p mahsulotlarni qimmatlashib ketadi, deb qish oldidan g‘amlab qo‘yardik. Ayrim narsalar eskirib qolardi. Endilikda buning hojati qolmayapti. Xoh bayram bo‘lsin, xoh boshqa kun narxlar deyarli o‘sgani yo‘q. Albatta, bunday sharoitlarni yaratib berayotganlarga, shu ishning boshida turgan barchaga minnatdorlik bildiraman.

– Yangi yil dasturxonlari shirinliklarsiz o‘tmaydi, – deydi “Shukrona” korxonasi rahbari Jasur Murodov. – Shuning uchun biz aholiga turli shirinliklarimizni arzon narxlarda taqdim etmoqdamiz. To‘lovlar xohlagan usulda amalga oshirilmoqda. Bundan xaridorlar ham mamnun. 

Shu kunlarda bozorga tushib kim bilan gaplashmang, ularning barchasidan yuqoridagi kabi iliq fikrlarni eshitasiz. Hammaniing dilida shukronalik, bayramona kayfiyat. Bunday tinch, to‘kinchilik zamonda yashaganing sari yashaging keladi-da, a, labbay!!!

 

Bobur MUHAMMADIYEV

 
  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

November 2018
S M T W T F S
1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30

.