Konstitutsiya – yoshlar kamolotining kafolati

Milliy qonunchiligimiz asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan va sayqallanib kelgan qadriyatlari, axloqiy fazilatlari va tafakkur xazinasi o‘z ifodasini topgan.

 

Xususan, Bosh qonunimizning alohida bobi oilaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ota-onaning farzand, farzandning ota-ona oldidagi burch va mas’uliyati belgilab qo‘yilgan. Bu necha ming yillik qadriyatlarimizga mos huquqiy normadir. Zero, ota-onaga cheksiz ehtirom, mehr-muhabbat ham, farzandlarga g‘amxo‘rlik ham xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. 

Asosiy Qonunimizda komil inson ta’lim-tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan barcha huquq va erkinliklar belgilab berilgan. Zero, yosh avlodni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni nafaqat bilimli, shu bilan birga mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarashli shaxslar etib tarbiyalash, salomatligini muhofaza qilish, ularga xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish mamlakatimiz oldiga qo‘ygan yuksak vazifalardandir.

Yurtimizda har bir yosh yigit-qiz o‘z bilim va iste’dodini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Ularning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi Konstitutsiya bilan kafolatlanadi. Unda belgilab qo‘yilganidek, davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. 

 

Roziya QURBONOVA,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi

  • So'ngi yangiliklar
  • Ko'p o'qilgan

O‘ng qo‘ling berganini CHAP QO‘LING ...

2018-06-20 12:19:48

Qadimiy va BETAKROR

2018-06-20 12:31:32

Ko‘p yo‘nalishli gazeta

2018-06-20 12:22:26

AFSHONAGA SAFAR

2017-09-20 07:40:47

RASMIY SAYTLAR

REKLAMA

REKLAMA

 

 

 

 

 

 

Kalendar

June 2018
S M T W T F S
1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30

.