Beshinchi ummon

HAYOTNING PAYDO BO‘LISHI
27 Yanvar 2012 22:44
Dunyo olimlari yerning yoshini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli usullar yordamida o‘rganib, taxminan 4,5-4,6 milliard yil deb belgilagan. Unda hayotning paydo bo‘lgan davri haqida esa, shu soha mutaxassislari — poleontologlar “bir ovozdan” bundan 3,5 milliard yil oldin yerda hayot paydo bo‘lgan, degan fikrda to‘xtalganlar.
to`liq
20 marta o`qilgan
TASALLI BERA OLING
27 Yanvar 2012 22:31
Dono xalqimiz «Bemorga malhamdek hayot bag‘ishla, chorasiz qolguncha najot bag‘ishla», degan naqlni bejizga aytmagan. Binobarin, kasallik bilan kurashayotgan bemor uchun dori-darmon, parvarish bilan birga e’tibor, shirin so‘z, g‘amxo‘rlik ham juda zarur.
to`liq
13 marta o`qilgan
YERNING MANZILI
18 Yanvar 2012 19:50
Planetamizning cheksiz Koinotdagi o‘rni va uning paydo bo‘lishi, tuzilishi va boyliklari bilan qiziqmagan odam bo‘lmasa kerak. Planeta bo‘ylab sayr qilmoqchi bo‘lgan kishi uchun uning mamlakatlari va undagi shaharlarni bilish qanchalik zarur bo‘lsa, Koinot bo‘ylab «sayr» qilmoqchi bo‘lgan kishi uchun ham uning tuzilishi, relefi, ehtimol tutilayotgan suv zahiralari, o‘rmon va tabiiy boyliklari, atmosferasi va ular orasidagi bog‘lanishlardan xabardor bo‘lish shunchalik muhim.
to`liq
36 marta o`qilgan
HAR SHEVADA MING JILO
12 Yanvar 2012 21:21
Tilning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq. Davrlar o‘tishi bilan u boyib boradi. Ayni paytda dunyodagi xalqlar 2976 tilda gaplashadilar. Shundan 200 xilining har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan ziyod, faqat 13 tilning har birida esa 60 millionga yaqin kishi so‘zlashar ekan.
to`liq
26 marta o`qilgan
“QARZLAR KITOBI”GA BIR NAZAR
04 Yanvar 2012 21:19
Qadim-qadimdan har bir xalq o‘z taqvimiga ega bo‘lgan. Faqat ular bir-biridan oyning necha kundan iboratligi va foydalanish usulining har xilligi bilan tafovutlanadi. “Kalendar” lotincha “kalendarium” so‘zidan olingan bo‘lib, “qarzlar kitobi” degan ma’noni bildiradi. Qadimgi Rimda qarzdor kishilar o‘z qarzlarining ma’lum foizini, odatda, har oyning birinchi kunida to‘lashgan.
to`liq
45 marta o`qilgan
LAHZANI «USHLAB QOL»
04 Yanvar 2012 21:15
Aksariyatimiz saharlab uyg‘onamiz-u, nonushta qilib ishga jo‘naymiz. Shom qoraygach, uyga qaytamiz. Soat tungi o‘n ikkiga bong urganida uyimiz devorida osig‘liq turgan taqvimning navbatdagi varag‘i «eskiradi» va umrimizning sakson olti ming to‘rt yuz soniyadan iborat yana bir kuni ortda qoladi. Million-million lahzalardan iborat hayotimiz shu zaylda o‘taveradi-o‘taveradi...
to`liq
39 marta o`qilgan
BEBAHO TUHFA
21 Dekabr 2011 21:04
Jahon tasviriy san’ati tarixida musavvirlar tomonidan yaratilgan har bir asarda go‘zallik, nafosat, ezgulik va mehr-muhabbat uyg‘unligini va beg‘ubor tuyg‘ular timsolini ko‘ramiz. Xususan, bugungi kunga qadar portret san’atining eng noyob namunasi bo‘lgan Leonardo da Vinchining “Mona Liza” (“Jakonda”) asari go‘zallik timsoli sanalsa, benazir iste’dod sohibi Rafael Santi nomini abadiylikka muhrlagan “Sikstin Madonnasi” kartinasi onaning farzandga bo‘lgan cheksiz muhabbatini tarannum etadi.
to`liq
48 marta o`qilgan
OLAM VOLIDALARI QO‘SHIG‘I
01 Dekabr 2011 18:25
Alla... Necha zamonlardan buyon bu qo‘shiq onaning qaynoq ehtiroslari, mehr anvorlari, qalb nidolari hosilasi sifatida sayqal topib, go‘zallashib, avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Folklorshunos olim A.Vetuxov: “Ona o‘zining tug‘ma sezgirligi bilan bola uchun faqat qo‘shiq kerakligini... Tinchlantiruvchi yorqin qo‘shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla yuzaga keldi”, deb yozgan edi.
to`liq
65 marta o`qilgan
XO‘JAILMKONI MO‘JIZALARI
23 Noyabr 2011 20:38
So‘z mulkining sultoni, ulug‘ bobokalonimiz Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonini har gal mutolaa qilganimizda fikrlarimiz yangilanadi. Asarning XXV bobida uchinchi iqlimdan kelgan musofirlar aytgan afsona bor.
to`liq
66 marta o`qilgan
EL OG‘ZIGA BOL TUTAYOTGANLAR
10 Noyabr 2011 11:31
Qadimiy manbalarning guvohlik berishicha, asalarichilikning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Yurtimiz hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida bundan 150 ming yil avval yasalgan asalari tasviri tushirilgan ko‘zachalar topilgan. Buyuk bobomiz Abu Ali ibn Sino esa asalning shifobaxshligiga yuqori baho berib, sog‘lom bo‘lish va uzoq umr ko‘rish uchun uni iste’mol qilib turishni tavsiya qilgan.
to`liq
85 marta o`qilgan
REBEKKANING O‘ZBEKISTONDAGI HAYRATLARI
03 Noyabr 2011 19:55
Buyuk Britaniyada qo‘shnilar o‘zaro oldi-berdi u yoqda tursin, hatto bir-birlarini tanishmaydi ham. Lekin men ijaraga olgan uyning yuqori qavatida yashaydigan qo‘shnim Rebekka boshqacha chiqib qoldi. Unda xalqimizga xos qo‘shnichilik, jamoaviylik qadriyatlarini ulug‘lash fazilatlari bor ekan.
to`liq
84 marta o`qilgan
MUHABBAT BEKATLARI
26 Oktabr 2011 20:00
Ular ajabtovur tasodif tufayli ilk bor “Nigoh” bekatida uchrashib qoldilar. Ko‘z ko‘zga tushdi-yu, yaqin suhbatdoshga aylanishdi. Ertasi kuni “Do‘stlik” shaharchasidan uzoq va mashaqqatli safarga otlanadigan bo‘ldilar. “Do‘stlik” shahri “Xiyonat” va “Muhabbat” shaharlari bilan qo‘shni edi. Ular “Muhabbat” shahriga borishga orzumand bo‘lib, “Orzu” bekati tomon ketishdi. “Orzu” bekati “Armon” bekatining qarshisida edi. Katta yo‘lning u yog‘i armonga, bu yog‘i orzuga yetaklardi. Ularga “Armon” bekatidagilarning tushkun holati yoqmadi. Qolaversa, u bekatda faqat peshonasiga «Afsus va nadomat» deb yozilgan poezd qo‘qqayib turardi, xolos.
to`liq
88 marta o`qilgan
DARAXTLAR HAM MEHRNI HIS QILADI
24 Sentabr 2011 16:01
Sotib olgan yangi hovlimizda ikki to‘p gilos, bir to‘p olxo‘ri, anor va qari olma daraxti bor edi. Buvam muborak bo‘lsinga kelib, bir necha kun daraxtlarni parvarishlash bilan ovora bo‘ldi. Otam esa:
— Qo‘yavering, yangi imorat soladigan bo‘lsam, baribir ularni yangilashga to‘g‘ri keladi, — deb buvamdan urinmasligini so‘radi.
— Bolam, qara, sho‘rliklar bu yaqin besh-olti yilda mehr ko‘rmaganga o‘xshaydi. Olmadan umid yo‘q. Giloslarning o‘q ildizi kasallanibdi, hademay qurib qoladi. Ol­xo‘ri bilan anorni saqlab qolsa bo‘ladi, — deb ularning atrofida parvona bo‘ldi buvam.
to`liq
113 marta o`qilgan
AXALTAKA SHUHRATI
17 Sentabr 2011 14:58
“Turkiston yulduzi” albom-kitobi nashrdan chiqdi
Odam azal-azaldan ot bilan do‘st, birodardir. U insonning hamrohi va sirdoshi ekani haqida xalq dostonlarida, badiiy asarlarda tarannum etilgan, ibratli filmlar yaratilgan. Darhaqiqat, ot aqlli jonivor bo‘lgani bois odamni tushunadi, dardini his etadi, quvonchiga sherik bo‘ladi. Shu bois u har qancha e’zoz-ehtiromga munosib.
to`liq
132 marta o`qilgan
QORABOG‘TEPA O‘Z SIRLARINI OCHMOQDA
06 Avgust 2011 14:20
Surxondaryo ilk ibtidoiy odamlar makon topgan zamin sifatida ta’riflanadi. Boysun tog‘ tizmalari bag‘rida o‘rta poleolit davriga mansub manzillar qoldiqlarining topilgani fikrimiz isbotidir. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, o‘sha topilmalar bundan qariyb bir million yil avvalgi davrga to‘g‘ri keladi.
to`liq
195 marta o`qilgan
XALQ DONISHMANDLIGI — BOQIY QADRIYAT
08 Iyul 2011 17:11
Adashgan tuyalar karvoni sahroda bir necha kundan beri yo‘l yurar, meshlardagi suv tugagan, tepadan quyosh olov purkar, atrofda esa poyonsiz qumlik. Tashnalikdan sillasi qurigan yo‘lovchilarning gapirishga ham qurbi yetmasdi. Bunday safarlarning ko‘pini ko‘rgan keksa karvonboshigina o‘zini tetik tutib, atrofni sinchiklab kuzatar, nigohi bilan nimanidir izlardi. Nihoyat bir manzilga yetishganda, u hamrohlariga bir joyni qazishni buyuradi.
to`liq
213 marta o`qilgan
DILGA OROM FAVVORA
02 Iyul 2011 11:53
Navbatdagi ish kunim poyoniga yetgach, Alisher Navoiy nomidagi opera va balet akademik katta teatri yonidagi odamlar bilan gavjum maydon tomon yurdim. Shu payt yoqimli va tanish musiqa sadolari qulog‘imga chalindi. Sehrli ohang og‘ushida manzilga yaqinlashganim sayin kuy avjlanar, unga favvoraning mayin jilvasi qo‘shilib, ajib manzara hosil qilardi...
to`liq
210 marta o`qilgan
SOCH TOLASI YUZ MINGTAGA BO‘LINADI
01 Iyul 2011 12:10
Ko‘pchilik yurtdoshlarimiz «Mahallada duv-duv gap» filmini miriqib tomosha qilishgan. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha filmda shunday epizod bor: Toshkentda ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlariga odamlarni lift atalmish uskuna «lip» etib olib chiqishini eshitgan onaxon: «Voy, tinib-tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o‘ylab chiqarishmaydi-ya?!.» deya hayratga tushadi. Hatto bir kuni baland binolarning «surat»ini chizuvchi arxitektor qizni izlab qurilish maydoniga kelganida yuqori qavatlarga olib chiqilishi lozim bo‘lgan beton plita ustiga o‘tiradi. Bundan bexabar kranchi plitani yuqoriga ko‘taradi, ammo onaxon bundan sira qo‘rqmaydi...
to`liq
193 marta o`qilgan
TARIXGA TAYANCH TOSHBITIKLAR
01 Iyul 2011 11:34
Ko‘pchilikka ma’lumki, Jizzax shahridan chiqishda Morguzar va Nurota tog‘lari tutashgan joyda Ilono‘tdi darasi ko‘pming yillik tarix sukunatini shimib yotibdi. Har gal bu yerdan o‘tayotganimda moziyning bizga ayon va noayon hodisotlarini his qilaman. Ulkan toshqoyalar orasida shovullab esayotgan shamol xayolimda o‘tmishdagi otlar dupuri, qilichlar jarangini jonlantiradi.
to`liq
151 marta o`qilgan
KUYLA, CHANQOVUZIM!
01 Iyul 2011 11:07
Chanqovuz navolarini ko‘p eshitgansiz. O‘sha paytda ko‘nglingizdan nimalar kechgan? Siz ham men kabi o‘ylaringiz ipiga o‘ralib, yaxshi-yomon kunlaringizni, quvonchu tashvishlaringizni bir-bir ko‘z o‘ngingizdan o‘tkazgandirsiz. Zotan, g‘iyng, g‘iyng, g‘iyng, g‘iyng” deya tilga kirayotgan chanqovuz navosi insonga ajib tuyg‘ular tuhfa etishga qodir.
to`liq
134 marta o`qilgan
Sahifalar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

Hurriyat Copyright

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo

gzt.uz

press-uz.info



Sizga saytimizning qaysi bo'limi ma'qul bo'ldi?











Natijalar

GISMETEO.RU: ïîãîäà â ã. Òàøêåíò

Ïîäðîáíåå íà www.nbu.com -->





Hosting by UZINFOCOM