“03”DA BIR KUN
27 Yanvar 2012 22:34
“To‘satdan ukamning tobi qochib qoldi. Aksiga olib uyda ota-onam yo‘q edi. Nima qilishni bilmay boshim qotdi. Birdan “03 ga qo‘ng‘iroq qilsammikan?..” degan fikr tug‘ildi. Shundan so‘ng ularga qo‘ng‘iroq qilib, intiqlik bilan kuta boshladim. Oradan ko‘p o‘tmay, oq xalatli shifokor kirib keldi. Ochig‘i, ularning bunchalar tez kelishiga ishonmagandim...” to`liq
14 marta o`qilgan
|
SPORT — KATTA MAS’ULIYAT, JASORAT HAMDIR
27 Yanvar 2012 22:22
Oksana Chusovitina, Bahodir Qurbonov, Dilshod Oripov, Aleksandr Dokturashvili, Dilshod Mansurov, Go‘zal Xubbieva, Vadim Menkov, Vladimir To‘ychiev... To‘g‘ri angladingiz, bular – nufuzli xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan taniqli sportchilarimizdir. Yana bir e’tiborli jihati shuki, ular O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi sport maktablarida saboq olgan, kamolga yetgan. to`liq
10 marta o`qilgan
|
“BEHISHTING HAM, DO‘ZAXING HAM — RO‘ZG‘ORING”
12 Yanvar 2012 22:11
Har bir buyuk inson ortida buyuk ayol turadi, degan hikmat bor. Bu hikmatni biroz o‘zgartirib har bir baxtiyor va mustahkam oila ortida dono ayol turadi, deyish ham mumkin. Yigirma yildan buyon “Jarqo‘rg‘on” gazetasiga yetakchilik qilib kelayotgan Sharof Muhammadiev “Baxtim – taqdir menga aqlli ayolni ro‘baro‘ qilgani bo‘ldi”, degan gapni ko‘p takrorlaydi. to`liq
19 marta o`qilgan
|
OILA BEKATIDAN REPORTAJ
12 Yanvar 2012 21:13
— Mening ismim — Aziza. 20 yoshdaman. Turmush qurish, sevish-sevilish — har bir yigit-qizning orzusi. Bu haqdagi tuyg‘ular, his-hayajon menga ham tinchlik bermaydi. Kelajakda taqdirimni qanday yigit bilan bog‘layman? O‘sha, “oq ot mingan suvoriy” kim? Dunyoqarashi qanday? Axloq-odobi-chi? Shu savollarga javob topish yosh jonimni qiynaydi. to`liq
24 marta o`qilgan
|
ORZULARIMIZ QANOT YOZMOQDA
04 Yanvar 2012 21:17
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholining turmush farovonligini yaxshilash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, barkamol avlodni tarbiyalash singari buyuk maqsadlar sari dadil qadamlar tashlandi. Ko‘zlagan niyatimizga erishish uchun Yurtboshimiz rahnamoligida o‘tgan davr mobaynida ulkan islohotlar amalga oshirilib, bemisl yutuqlar qo‘lga kiritildi. Vaholanki, bundan yigirma yil oldin bu maqsad-muddaolarga erishishi barcha-barchamizning qalbimizdagi bir orzu edi. to`liq
20 marta o`qilgan
|
SOG‘LOM TURMUSH TARZI — SALOMATLIK GAROVI
01 Dekabr 2011 17:13
1981 yilda birinchi marta ro‘yxatga olingan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligi bugun butun dunyo muammosiga aylandi. Hozir bu kasallik kirib bormagan hududning o‘zi qolmadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha OIV infektsiyasi bilan yashayotganlar 33,3 million nafarni tashkil etadi. to`liq
41 marta o`qilgan
|
«O‘TIB KETMAYOTGAN» DARD
10 Noyabr 2011 11:43
Oshqozon osti bezining maxsus to‘qimalarida hosil bo‘luvchi insulin gormonining yetishmasligi natijasida organizmda moddalar almashinuvining buzilishidan vujudga keluvchi qandli diabet qondagi qand miqdorining me’yordagi 5,26-6,00 mmol/l o‘rniga 8,3-11,1 mmol/l gacha oshib ketishi tufayli sog‘lom odamni bemorga aylantirishi fanda tasdiqlangan. to`liq
62 marta o`qilgan
|
G`ALABALAR YURTI BU!
03 Noyabr 2011 18:47
Kuni kecha dunyo bo‘ylab chaqinday chaqnab, yashinday yarqirab bir xushxabar tarqaldi: “Nasaf” — chempion! “Nasaf” — Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi sohibi! Final o‘yinida “Quvayt SK” klubini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik futbolchilar OFK kubogini qo‘lga kiritdi!” to`liq
39 marta o`qilgan
|
O‘LIM SHOHMOTI
26 Oktabr 2011 20:04
Insoniyat yaratgan «aql mo‘‘jizasi» – shohmot necha asrlardan beri o‘zining g‘aroyib sehri, jozibasi bilan olam ahlini o‘ziga maftun etib kelmoqda. Hayratlanarlisi, bu joziba, bu maftunkorlik ortsa ortib bormoqdaki, zarracha kamaygani yo‘q. Quyida chop etilayotgan rivoyat shohmotning Sharqda naqadar keng tarqalgani haqida ma’lumot berishi bilan birga, u mehr-muhabbat, sadoqat va adolat bobida ham shohona o‘yin ekanligini tasdiq etadi. Ushbu rivoyat «Vokrug sveta» jurnalining 1915 yilgi 22-sonidan olingan. to`liq
36 marta o`qilgan
|
UMIDIMIZ NIHOLLARI GURKIRAMOQDA
26 Oktabr 2011 19:52
Bugun ommaviy axborot vositalarini kuzatar ekansiz, ularda jahon miqyosdagi turli sport musobaqalarida o‘zbekistonlik o‘g‘il-qizlarning munosib ishtirok etib, shonli g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgani to‘g‘risidagi ko‘plab xabarlarga guvoh bo‘lish mumkin. Bunday muvaffaqiyatlarning asosi bolalar va o‘smirlarimizning yutug‘i ekani esa har qanday e’tirofga molik. Bundan bir necha yil oldin Osiyo qit’asida yetakchi deya e’tirof etilgan sportchilarimizga endilikda dunyoning barcha mamlakatlari vakillari jiddiy raqib sifatida qarashmoqda. Bu quvonchli hol. Biroq bunday dadil taraqqiyotga shunchaki erishib bo‘lmaydi. to`liq
43 marta o`qilgan
|
Iqtidor qanoti
07 Oktabr 2011 15:39
“Kelajak ovozi” tanlovining viloyat bosqichida sevimli shoiramiz Zulfiyaxonim surati tushirilgan nodir kulolchilik asari e’tiborimni tortdi. Uning muallifi Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litseyning uchinchi bosqich o‘quvchisi Dilnoza asli Jizzax tumanining “Qurama” qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan.
Respublika Badiiy akademiyasi a’zosi, Buxoro kulolchilik maktabi murabbiysi Bahrom aka Go‘liyevdan olgan bilim va ko‘nikmalarini boyitib, hayotga tatbiq etayotgan Dilnozani ish ustida uchratdik. Ish jarayoni haqida esa uning o‘zi so‘zlab berdi: to`liq
50 marta o`qilgan
|
TAN VA JON KUSHANDASI
28 Sentabr 2011 21:16
Mamlakatimizda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, xalqimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xavfli OITS kasalligi tarqalishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida OIV infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini belgilashda chinakam dasturilamal bo‘ldi. to`liq
64 marta o`qilgan
|
INSON SALOMATLIGI – ENG KATTA BOYLIK
24 Sentabr 2011 15:58
Õalqimiz duoga qo‘l ochganida, niyat bildirganida tinchlik-xotirjamlik bilan birga sihat-salomatlikni tilaydi. Zero, sog‘lom insonning mehnati unumli, hayoti farovon, umri sermazmun bo‘ladi. Yurtimizda istiqlol yillarida tibbiyot sohasida olib borilgan islohotlar bugun o‘z mevasini bermoqda. Shahar va tumanlar bilan bir qatorda qishloq va ovullarda ham zamon talablariga javob beradigan salomatlik maskanlari barpo etilib, el sog‘ligini saqlash yo‘lida xizmat qilmoqda. to`liq
57 marta o`qilgan
|
KO‘Z CHAROG‘ON BO‘LGANDA...
15 Sentabr 2011 18:02
Bir tasavvur qiling-a: ko‘zga chang yoki g‘ubor qo‘ndi. Shu zahoti odamning tinchi yo‘qoladi, behalovat bo‘la boshlaydi. Yana bir qiyos. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, inson nega farzandi, jondan aziz yaqinlari, qimmatbaho, qadrdon buyumlarini ko‘z qorachig‘idek asrashga harakat qiladi? Chunki ko‘z inson uchun g‘oyatda muhim a’zo hisoblanadi. to`liq
59 marta o`qilgan
|
YUZ YOSH CHEGARA EMAS
09 Sentabr 2011 11:50
yoki tabibning o‘ttiz yildan keyingi xulosasi
Sariq jildli qalingina daftarga bitilgan minnatdorlik so‘zlarini o‘qish maroqli. Ularda kutilmaganda uzoq yillik dard qiynog‘idan forig‘ bo‘lgan odamlarning e’tiroflari aks etgan.
Hamma narsaning qadri qo‘ldan ketgach bilinadi, deganlaridek, tishlarimiz sog‘ligida bor-yo‘qligini sezmaymiz. Ularning bittasi og‘riq bersa-chi? to`liq
89 marta o`qilgan
|
ULTRAMEHR SOHIBI
06 Sentabr 2011 21:17
So‘nggi yillarda tibbiyotda zamonaviy texnologiyalar asosida bemorlarni tez va og‘riqsiz tekshirish usullari nihoyatda ko‘payib bormoqda. Xususan, umumiy amaliyot shifokorlari faoliyatida ultratovush diagnostikasi bemorlarga erta va aniq tashhis qo‘yish, malakali tibbiy yordam ko‘rsatishda qulaylik va yengilliklar tug‘dirmoqda. to`liq
63 marta o`qilgan
|
TASVIR OLAMI JILOLARI
06 Sentabr 2011 21:05
O’tayotgan yigirma yil oralig‘ida o‘zbek milliy tasviriy san’atida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi va bu jarayon qanday kechdi? Avvalo, shuni e’tirof etish kerakki, har bir rassom o‘zi istagan uslubda ijod qilish erkinligiga ega bo‘ldi. Tasviriy san’atga ma’no, mazmun va mavzu erkinligi kirib keldi. Vaholanki, sobiq ittifoq davrida tasvir ob’ektining o‘ziga qarab ishlashdan salgina chekingan asar hay’atning nazoratidan o‘tib, ko‘rgazma zaliga qo‘yilishi amrimahol edi. to`liq
69 marta o`qilgan
|
BIR QATIM NUR...
11 Avgust 2011 15:07
Mirkomil kasb-hunar kollejini tamomlab katta tashkilotning bir uchastkasiga mutaxassisligi bo‘yicha ishga kirdi. Ammo ertalab zo‘r ishtiyoq bilan ketgan bola kechki payt tushkun ahvolda — tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib kirib keldi. Buni ko‘rgan onasi tashvishlanib, uni so‘roqqa tutdi. Mirkomil oldiniga hech narsa aytgisi kelmadi. Onasi holi-joniga qo‘ymay so‘roqlayverganidan so‘ng, yorildi: “Ayajon, u yerda oddiy insoniy munosabatlar yo‘q, odamlar so‘kinib gaplashar ekanlar. Siz menga boshqacha tarbiya bergansiz”, dedi o‘kinib. to`liq
67 marta o`qilgan
|
BOLALAR MILLIY O‘YINLARI
11 Avgust 2011 14:25
Qoraqalpoq milliy o‘yinlari tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Xalqimizning o‘ziga xos an’ana va urf-odatlari jo bo‘lgan qadriyat zamirida ma’naviy va jismoniy tarbiyaning ko‘plab muhim jihatlari mujassam. Masalan, “Suv tashish”, “Qacharman to‘p”, “Shullik”, “Asiq”, “Iloq” (ko‘pkari), “Qozan”, “Kim birinchi?”, “Besh tosh” kabi o‘yinlar bolalarni mehnatsevarlik, ezgulik va shijoatli bo‘lishga undaydi. to`liq
88 marta o`qilgan
|
QIRQ YILDAN KEYINGI QO‘NG‘IROQ
11 Avgust 2011 13:58
2010 yilning kuzi. Aniqrog‘i, 3 oktyabr. Komiljon kundalik yumushlarni bajarib yurganida birdan uy telefoni jiringladi. Go‘shakni ko‘tardi. U tomondan «Komiljon aka To‘ychiev siz bo‘lasizmi?» degan titragan ovoz eshitildi. Savolga javob olingach, ovoz sohibasining hayajoni yanada zo‘rayib: «Siz mening otam ekansiz...» dedi va yig‘lab yubordi. Komiljonning ham ko‘zlariga yosh keldi. to`liq
72 marta o`qilgan
|